|
Kurs ishining dolzarbligi
|
bet | 2/10 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 25,67 Kb. | | #120484 |
Bog'liq Amaliy matematika va informatika” kafedrasi “Hisoblash usullari” (2)Kurs ishining dolzarbligi. Kompyuterning qo’llanilish sohalaridan biri matematik, mexanik va fizik jarayonlarni va obyektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo’lib qolmoqda. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va obyektlarning shu paytgacha noma’lum xususiyatlarini ochishga va shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu kurs ishining mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llanilishiga bog’liq bo’lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini yozishda algebraik va transsendent tenglamalar, ularning haqiqiy ildizlarining mavjudligi va yagonaligi shartlarini tekshirish ko’zda tutilgan.
Kurs ishining vazifalari. Algebraik va transsendent tenglamalar, ularning haqiqiy ildizlarining mavjudligi va yagonaligi shartlarini hamda sistemasini taqribiy yechish usullari o’rganiladi
Kurs ishining obyekti va predmeti. Algebraik va transsendent tenglamalar kurs ishining tadqiqot obyektidir. Ushbu ishda algebraik va transsendent tenglamalar ildizlarining mavjudligi va yagonaligi masalasi qaraladi
I BOB. ALGEBRAIK VA TRANSSENDENT TENGLAMALAR
Agar algebraik yoki transsendent tenglamaning ko’rinishi yetarlicha murakkab bo’lsa, uning ildizlarini aniq topishning har doim ham iloji bo’lavermaydi. Bundan tashqari, uning ba’zi koeffitsiyentlarining taqribiyligi ma’lum bo’lsa, ildizlarini aniq topish masalasi o’z ma’nosini yo’qotadi. Shuning uchun ildizlarni taqribiy topish metodlari va ularning aniqlik darajasini baholash muhim ahamiyatga ega.
Tenglamalaning ildizlarini taqribiy topish uchun qo’llaniladigan usullarda uning ildizlari ajratilgan, ya’ni shunday yetarli kichik oraliqlar topilganki, bu oraliqda tenglamaning bittagina ildizi joylashgan, deb faraz qilinadi. Bu oraliqning biror nuqtasini boshlang’ich yaqinlashish deb, tanlangan metod bilan berilgan aniqlikda topish mumkin.
|
| |