• 1.3. Tumanning yer resurslari haqida ma’lumot.
  • Qashqadaryo viloyatinang suv omborlari haqida ma’lumot




    Download 254.1 Kb.
    bet5/19
    Sana24.03.2017
    Hajmi254.1 Kb.
    #1800
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Qashqadaryo viloyatinang suv omborlari haqida ma’lumot

    Suv omborlarining

    nomi


    Foydalanishga

    Joylashgan

    Namunaviy

    tuman


    Topshirilgan

    yil


    Mln.m.kub

    Mln.m.kub

    Chimqo’rg’on

    Qamashi

    1963

    500

    425

    Pachkamar

    G’uzor

    1968

    260

    243

    Qamashi

    Qamashi

    1972

    25

    23.8

    Sangar

    Qamashi

    1974

    7.3

    7

    Yangiqo’rg’on

    Yakkabog’

    1975

    3.3

    3

    Sho’robsoy

    Kitob

    1977

    2.0

    1.8

    Toshloqsoy

    Shaxrisabz

    1981

    7.0

    6.7

    Qizil suv

    Yakkabog’

    1982

    6.5

    6

    Talimarjon

    Nishon

    1986

    15.25

    1445

    Xisorak

    Shaxrisabz

    1987

    170

    155

    Qalqama

    Chiroqchi

    1987

    9.4

    9.3

    Dehqonobod

    Dehqonobod

    1982

    27.0

    6.0

    Hisor tizmasining eng baland tog’ yonbag’irlarida kichik-kichik muzliklar ham mavjud. Tog’lardagi qor qoplami daryolarni suv bilan taminlaydi..tekisliklarda tuproqda namlik uchun imkon yaratadi.

    1.3. Tumanning yer resurslari haqida ma’lumot.
    Tabiiy resurslar orasida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini xo’jalikning barcha tarmoqlarini rivojlantirishning va joylashganligini asosi bo’lgan yer resurslari alohida o’rin tutadi. Yer nafaqat barcha ishlab chiqarish kuchlaerini aholi qurgan sanoat korxonalarini joylashganligini hududiy asosining qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hamdir.

    Qamashi xo’jaliklari foydalanishi uchun bo’lgan kata yer fondi mavjud. 2012-yil ma’lumotiga qaraganda tumanning umumiy yer fondi: 182.651 shundan 71.785 ga qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishga mo’ljallangan. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish kata ahamiyatga ega. Shu sababli sug’oriladigan yerlarda lalmikor yerlarga qaraganda bir necha bor ko’proq hosil olinadi.Tumanda sug’orma dehqonchilik qilinadigan yerlar maydonining kengayishi Amudaryo havzasidan kanallar orqali suv olishiga bog’liq. Sug’orma dehqonchilik sharoitlarida Tabiatdan oqilona foydalanishning xususiyatlaridan biri yer resurslaridan uzviy bog’liq ravishda to’g’ri foydalana bilishdir, Chunki suv resurslaridan noto’g’ri foydalanish sug’oriladigan yerlarda ekologik iqtisodiy nuqtai-nazardan nomaqbul jarayonlarning kuchayishiga va natijada yerlarni mahsuldorliginni kamayishiga olib keladi. Sug’oriladigan yerlarni tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish tabiiy hududiy komplekslarning tubdan o’zgarishiga orasidagi muvozanatni buzilishiga olib keladi. Viloyatdagi kabi tumanning ham sug’orma dehqonchilik qilinayotgan yerlarda ham suvdan sug’orishda tejamsizlik bilan foydalanayotganligi gidrometriologiya imkoniyatlaridan sug’oriladigan maydonga 40-50 zavur to’g’ri kelishi kerak, lekin bu ko’rsatkich mezondagiga nisbatan deyarli ikki marta kamroqdir. Shu sababli mavjud zavurlar orqali barcha sho’r suvlarni sug’oriladigan yerlardan tashqariga oqizib yuborishning imkoniyati yo’q.Natijada sho’r suvlarni tashqariga oqizib yuborishda tuzlarning deyarli yarmi daryolarda qolib ketadi, buning natijasida sho’rlanish jarayoni kuchaymoqda.

    Yer resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etishda erroziya jarayonlariga qarshi o’tkaziladigan tadbirlar ham katta ahamiyatga ega. Sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududda sug’orish eroziyasi tufayli tuproq hosildorligini kamaytirish olib kelmoqda, yani har bir gaktar maydondan 0,5-0,8 tonna chiqindi, 110-120 kg fosfor, 110-115kg azot yuviladi. Hosildorlik erroziya sust bo’ladigan yerlarda 15-20% ga, kuchli bo’ladigan yerlarda esa 50-60% ga kamayish aniqlangan.Erroziya jarayonlarini oldini olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar xilma-xildir.Ular orasida ekinzorlarni exatazorlar bilan o’rash katta iqtisodiy samaraga ega.Qishloq xo’jaligida, ayniqsa sug’orma dehqonchilikda foydalanilayotgan yerlarning unumdorligi yildan-yilga kamayib bormoqda. Keyingi yillarda kata maydonlarda serxarajat mineral o’g’itlar va kimyoviy vositalarning kata miqyosida qo’llanilishi, og’ir vaznli texnika vositalaridan foydalanishi tufayli tuproqlarning tarkibi va unumdorligida mutanosiblikni saqlaydigan mikroorganizmlarga ham kata zarar yetkazilmoqda.

    Mikroorganizmlarning faoliyati natijasida o’simlik va hayvon qoldiqlarining chirishi tufayli hosil bo’ladigan chirindining miqdori tuproqlarning haydaladigan qatlamida 2-3 marta kamayadi. Shu narsani takidlash lozimki tuproqda chirindining miqdori kam bo’lgan organic o’g’itlar yetarlicha berilmaganda mineral o’g’itlarni kata miqdorda ishlatish iqtisodiy samara bermaydi, aksincha xosildorlikni kamayishiga, maxsulot sifatini yomonlashuviga, tuproq tarkibining buzilishiga olib keladi: o’tkazilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, xozirgi agrotexnika sharoitida o’g’itlarning atigi 35-40%ni o’simliklar o’zlashtiradi, qolgan 60-65% tuproqda to’planadi. Yomg’irlar yer osti suvlarini to’ldiradi.





    Download 254.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 254.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qashqadaryo viloyatinang suv omborlari haqida ma’lumot

    Download 254.1 Kb.