O’simlik va Hayvonot dunyosi haqida ma’lumot




Download 254.1 Kb.
bet6/19
Sana24.03.2017
Hajmi254.1 Kb.
#1800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1.4. O’simlik va Hayvonot dunyosi haqida ma’lumot.
Qamashi tumani o’simlik qoplamining sharoitida va tarqalishida hududning geologic taraqqiyoti, geografik o’rni va hozirgi tabiiy sharoitlari asosini ahamiyat kasb etadi. O’simlik turlarining tarqalishida esa relef tuproq va iqlim sharoitlari muhim omillar hisoblanadi. Tuman florasi tarkibida maxalliy o’simlik turlaridan tashqari Eron, Avg’oniston va O’rta dengiz bo’yi o’lkalari uchun xos bo’lgan o’simlik turlari ham mavjud.

Qashqadaryo viloyatining tabiiy florasi 1200 yaqin yuksak turlaridan tashkil topgan bo’lib, ularning 106 turi oziq-ovqat va chorvachilikda yem-xashak sifatida ishlatiladi, 138 turli qimmatbaho dorivor 2,6 turli efir moyi, 61 turli asal beruvchi, 62 turi oshlovchi 138 turli qimmatbaxo dorivor, 26 turli o’simlik, 53 turli bo’yoq beruvchi, 19 turli qimmatbaxo bixli o’simliklardir. Bu turlardan tashqari tuman florasi tarkibida manzarali, vitaminli va tolali o’simliklar ham uchraydi.

Globotanik jihatdan rayonlashtirishning yangi sxemasidi muborak tumani ana shu chorvachiliklardir. Rayonlashtirishda asosiy asoslanib cho’l mintaqasida yillik o’rtacha harorat 16-18 gradus yanvarning o’rtacha harorati 0.1-3.3 gradus bo’lib, 270-320 kun davomida harorat 5,0-0 dan yuqori.

Cho’l mintaqasining o’simlik qoplamida qadimiy handun (juzgun) Shuvoq eferme chorvamuqlarning asosida asora assotsiyalar ustunlik qiladi. Relefning pastkam joylarida Shuvoqlar va Sho’rolar o’sadi.

Bu mintaqaning qumli cho’llarida ko’chma qumlarga moslashgan tamofit o’simliklar-qandim (tutun), quyonsuyak, qizilqandim mustahkamlangan qumlarda esa Shuvoq, Urg’ochi Selin, tuyamaymon o’sadi: hhududning ichki tekisliklari uchun efemer va efemeroid o’simliklardan Cherkoz, Singern, isiriq oq chitir butalardan yulg’un, qorasaksovul va boshqa o’simliklar xosdir. Bundan tashqari kam sho’rlangan joylardan pashmoq Sho’ra, tresken, dastarbosh, kuchli sho’rlangan yerlarda esa qorasho'ra, Sersazan, sho'rajriq, qizilmiya va boshqa o'simliklar uchraydi.

Mintaqaning daryo terassalarida, vodiylarida va botiqlarda ajriq va yantoq, qizilmiya kabi o’simliklar botqoq tuproqli joylarda esa qamish, lux, qiyoq, bug’doyiq, chuchukmiya kabi o’simliklar tarqalgan.

O’simliklar kislorodni yetkazib yer usti va yer osti suvlari rejimiga ijobiy tasir ko’rsatib tuproqni shamol va suv erroziyasidan saqlaydi. Bu joy tabiat uchun muhim hisoblanadi. Tumanning geografik o’rni va landshaftlarning xilma-xilligi hayvonot olami shakllanishi tarqalishiga o’z tasirini ko’rsatadi. Suvsiz qumli cho’llar tog’ o’rmonlari va daryo vodiylarining ekologik sharoitlari xayvonlarning hayot kechirishi uchun bir xil emas. Shunga ko’ra har qaysi landshaft uchun yoki bu sharoitga moslashgan hayvonlarning ma’lum turlari xosdi.

O’zbekiston hududida xususan Qamashi tumani mintaqasi turli o’lkalarning hayvonlari yozda tuproq haroratining yuqori bo’lishiga (50-60) va uzoq suvsizlikka moslashgan bu yerdagi fauna vakillarining muhitiga moslashishning yana bir belgisi ularning yer rangida yani qum chang ustida bo’lishidair. Xududddagi ayrim hayvonlar (yumronqoziq, qo’shoyoq va boshqalar), istemol qiladigan tarkibidagi ozgina namlik bilan kifoyalanadi va suvsiz hayot kechira oladi. O’simliklarning siyrakligi, ovqat va suvning taqchilligi tufayli hayvonlar tez harakatlanishi qobiliyatiga ega bo’lsada yozda kunduzi tuproq 60-70gradus qiziganda ularning faoliyati keskin susayadi. Bu xol ko’pchilik xashoratlarga, chayonlarga, kaltakesaklar, ilonlar, sut emizuvchi ayrim hayvonlarga va ba’zi bir qushlarga xosdir. Hayvonlarning hayot sharoiti qumli, sho’rxok, oshloq cho’llarining hayvonlaridan farqlanadi. Bu yerlarda yog’in sochin bo’lishi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi. Asosan efemer o’simliklar o’sadi va may oyining bu o’simliklar ham qovjirab qoladi. Hayvonlar ham o’simliklar quyosh isitishi bilan uyqudan uyg’onadilar zo’r berib oziqa bilan oziqlanadilar va ko’p o’tmay urchiy boshlaydi.

Mintaqaning umurtqali sut emizuvchilari, sudralib yuruvchilar, qushlar quruqlikda yashovchi haroratlar qisqichbaqalar, molyuskalar, chuvalchanglar va boshqa soda hayvonlar uchraydi. Bu hududga mansub bo’lgan sut emizuvchilardan shalpanquloq, tipratikan, qumquyoni, yumronqoziq, seversuv qo’sh oyog’I barak barmoqli qo’shoyoq, kata qumsichqon, bo’ri, tulki va boshqalar yashaydi.

Jazirama issiq kunlarda daraxtlarning uchlarida dasht agamasi deb ataluvchi kaltakesak ko’p bo’ladi. Umuman cho’l hududidagi ko’pgina hayvonlar endem (malum bir grafik viloyatda yashaydigan va boshqa joylarda uchramaydigan) hayvonlardir. Tumanda ham bu turlarni bir necha xilini uchratish mumkin shuningdek cho’l toshbaqasi va echkeemarni ham.

Cho’llarda kon ishlari davomida hududni florasini nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa bazi tur va navlarni yo’qolib ketishi va buzulishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa ba’zi tur va navlarni yo’qolib ketishi va buzulishiga olib kelmoqda. Turlarning yo’qolib ketishi natijasida ekologik zanjirni uzulishi kuzatilmoqda.



Download 254.1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 254.1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’simlik va Hayvonot dunyosi haqida ma’lumot

Download 254.1 Kb.