Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/96
Sana10.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#115114
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta`mirlash (1)
3.3-Namlab-issiqlikda-ishlov-berish, ¤збекистон республикаси олий ва ¤рта, YUKLASHGA2
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanishi. A kkum ulator raz- 
ryadlanganligining aniq belgisi, startyorning ishlamasligi yoki uni 
dvigatelning tirsakli valini yetarli aylanishlar chastotasi bilan aylan- 
tira olmasligidir. Ammo b a ’zan bunday m uam m olar ak k u m u lato r­
lar batareyasiga bog‘liq b o 'lm ag an holda boshqa nosozliklar tufayli 
ham yuzaga kelishi m um kin. Elektrolit zichligini davriy ravishda 
tekshirib turish, akkum ulator bilan bog‘liq b o ‘lgan yuqoridagi 
m uam m olarni aw alroq aniqlash va oldini olish im konini beradi.
A kkum ulatorlar batareyasining tez-tez razryadlanib qolishiga 
sabab k o ‘p hollarda a v to m o b il b o rt k u c h la n ish in in g q iy m ati 
m e’yoridan past b o ‘lishidir. S huning uchun b atarey an in g raz- 
ryadlanish hollari kuzatilsa, darhol kuchlanish rostlagichini tek ­
shirish, zarurat bolganda uni rostlash yoki alm ashtirish darkor. Ba­
tareyaning razryadlanishi generatorning nosozligi yoki generator, 
kuchlanish rostlagichi va akkum ulatorlar batareyasini o ‘zaro ulay- 
digan o ‘tkazgichlarning ulanish joylaridagi k o n taktlarning buzi- 
lishi natijasida ham sodir b o ‘lishi mum kin. 0 ‘tkazgich yoki biror 
agregat izolatsiyasining shikastlanishi natijasida o rtiq ch a to k isrofi 
oqibatida ham batareyani razryadlanish hollari yuzaga keladi. O r­
tiqcha tok sarfi quyidagicha tekshiriladi: avtom obil b arch a elektr 
iste’m olchilari o ‘chiriladi, ak ku m u lato r klem m asidan b itta o ‘t-


kazgich aj rati lad i. Ajratish vaqtida qisqich va o ‘tkazgich orasida 
u chqun hosil b o ‘lsa, bu ortiq cha tok sarf bolayotganini bildiradi.
A k k u m u la to rla r b a tarey a sin in g m e’yordan ortiq 
razryad- 
lanib qolishi sabablaridan biri avtomobilga o ‘rnatish ko‘zda tu- 
tilm agan q o ‘shim cha elektr iste’molchilarning joylashtirish yoki 
avtom obillarni og‘ir sharoitlarda (kunning qorong‘i qismida past 
tezlik bilan harakatlanganda yoki k o ‘p to ‘xtash va startyor yorda- 
m ida dvigatelni ishga q ay ta-q ay ta ishga tushirish) ishlatilishidir. 
A vtom obil to xtab turganda (y a’ni, generator ishlamayotganda) 
uzoq vaqt davom ida b a’zi iste’m olchilarni (masalan, radiopriyom - 
nik, m agnitofon va h.k.) ishlatish ham elektr energiyaning o r­
tiq ch a sarf boMishiga olib kelishi mumkin.
A k k u m u la to rla r b a ta re y a s in in g m u n ta zam rav ish d a raz- 
ryadlanishi ortiqcha energiya sarfi hisobiga sodir b o ‘layotganligi 
aniqlangan holda bu sarflar kamaytirilishi lozim. Agar bunday o r­
tiq ch a sarflarni kam aytirishning iloji bo‘lmasa, u holda akku- 
m ulatorlar batareyasi vaqti-vaqti bilan avtomobildan yechib oli- 
nishi va yaxshilab zaryadlash z aru r b o lad i. Bunday holatlarda 
ak k u m u lato rn in g holatini d o im o kuzatib borish va m e ’yordan 
ortiq razryadlanib qolishiga y o ‘l q o ‘ymaslik zarur.
A kkum ulatorlar batareyasi yaxlit qobig‘ining qayishishi ko‘- 
pin ch a akkum ulatorni o ‘ta zaryadlash sharoitida ishlashi natijasida 
elektrolit haroratini m e’yordan ortib ketishi sababli yuzaga keladi. 
Ba zida qobiqni qayishishiga akkum ulatorlar batareyasini qotirish 
m oslam alarining m e’yoridan ortiq tortilishi ham sabab b o ‘ladi.
P lastinalam ing sulfatlanishi. M a ’lumki razryadlangan bata- 
reya plastinalaridagi q o ‘rg‘oshin sulfat (P b S 0 4) tuzi tez eruvchan, 
m ayda kristalli tuzilishga ega b o ‘ladi. Akkum ulator razryadlangan 
h olda saqlansa, q o ‘rg‘oshin sulfat tuzi kristallarining bir qismi 
elek tro litd a eriydi. E lektrolit harorati ortishi bilan bu jarayon 
kuchayadi. Elektrolit harorati pasayishi bilan esa eritm adagi q o ‘r- 
g ‘oshin sulfat tuzi yana plastinalarga o ‘tira boshlaydi. Lekin bu qo‘r- 
g oshin sulfat tuzining kristallari yirik va qiyin eriydigan tuzilishga 
ega b o ‘ladi. Elektrolit haroratini o ‘zgarishi natijasida plastinalar- 
dagi qo rg'oshin sulfat tuzining mayda kristallarini erish jarayoni 
bilan p lastin alam ing yuzasiga q o ‘rg‘oshin sulfat tuzining yirik 
kristallarini o ‘tirish jarayoni ketm a-ket uzluksiz sodir b o ‘la bosh­
laydi. Vaqt o ‘tishi bilan plastinalardagi qo‘rg‘oshin sulfat tuzi mayda 
k ristallik tuzilishdan yirik kristallik tuzilishga aylanadi. Bunday 
qayta kristallanish jarayoni plastinalarni sulfatlanishi, deb ataladi.


Sulfatlanish jarayonida q o ‘rg‘oshin sulfat tuzi kristallari y u za- 
sining kattaligi ularning hajmiga nisbatan k o ‘p m arta kam ayib k e- 
tadi. Yirik kristallar elektrolitda yaxshi erim aydi va ak kum ulatorni 
zaryad qilish jarayonida kimyoviy reaksiyalarda deyarli ish tiro k
etmaydi. B undan tashqari yirik k rista llar plastinalarning y u z a
qismida joylashib, plastinaning ichki q atlam id a joylashgan m a y d a 
kristallarga elektrolitni yetib borishiga t o ‘sqinlik qiladi. S u lfatla­
nish natijasida akkum ulatorlar b atareyasining sig‘imi k am ay ad i, 
ichki qarshiligi ortadi va vo lt-am p er tavsifnom asi yo m onlashadi. 
Shu sababli startyorning ishlash qobiliyati anch a susayib, d v i- 
gatelni ishga tushirish qiyinlashadi.
Plastinalar yuzasida q o ‘rg‘oshin sulfat tuzi qanchalik k o ‘p 
b o ‘lsa, sulfatlanish jarayoni ham sh u n ch alik jadal sodir b o ‘ladi. 
Shuning uchun akkum ulatorlar batareyasini chuqur razryadlash 
va uni razryadlangan holda saqlash plastinalarni sulfatlanishiga olib 
keladi. Elektrolitning zichligi va haroratini m e ’yordan ortiq b o ‘lishi 
ham plastinalarni sulfatlanishini kuchaytiradi. Agar elektrolit sathi 
belgilangan m e’yoridan past b o ‘lsa, plastinalarning ochilib qolgan 
qismi havo tarkibidagi kislorod ta ’sirida sulfatlana boshlaydi.
A kkum ulatorlar batareyasi plastin alarin in g sulfatlanganligini 
quyidagi belgilar orqali aniqlash m um kin: zaryadlash jaray o n in in g
boshida kuchlanish m e’yordan yuqori, oxiriga kelib esa past b o ‘- 
ladi va har bir banka uchun 2,7 V qiym atga erishib boMmaydi. 
Elektrolit zichligi zaryadlash jarayonida ju d a sekinlik bilan o rtad i
harorati esa tez ko‘tariladi. G az ajralib chiqishi jarayoni, y a ’ni 
elektrolitni «qaynashi» zaryad tugashidan anch a avval boshlanadi. 
Yuklama sanchqisi yordamida tekshirilganda akkum ulator k u ch - 
lanishni ushlam aydi va 5 sekund oxiriga borib kuchlanishni sezi- 
larli darajada kamayshi kuzatiladi. R azryad vaqtida sig‘im h am , 
kuchlanishi ham past bo‘ladi.
Sulfatlangan akkum ulatorlar batareyasining bankalari o c h ib
ko'rilganda sulfatlangan plastina yuzasi och-kulrang, deyarli oq 
rangdagi qatlam bilan qoplanganligi ko‘rinadi. Manfiy plastina yuzasi 
pichoq bilan chizilganda metall q atlam ning yaltirashi sezilmaydi.
K uchli sulfatlangan b atarey ala rn in g ish qobiliyatini tik la b
bo ‘lmaydi. Plastinalari qisman sulfatlangan batareyalarni b a ’zan 
quyidagi yo‘l bilan tiklash m um kin: batareya 10 soatli razryad 
rejimida, har bir bankadagi kuchlanish 1,7 V. gacha kam ayguncha 
razryadlanadi. S o‘ngra elektrolit eh tiyotlik bilan to ‘kib tashlanadi 
va uni o ‘rniga distillangan suv quyiladi. B undan keyin batareyani,


uning nom inal sig‘im ining 3 % ga teng b o ‘lgan tok bilan zaryad- 
lanadi. Zaryad jaray on i uzoq davom etib (taxm inan 60—100 soat), 
batareya kuchlanishi va zichligi 5 soat davom ida o ‘zgarmas b o ‘l- 
ganda to ‘xtatiladi. A gar zaryad oxirida batareya kuchlanishining 
qiymati m e’yordan kichik b o ‘lsa, demak, batareyani tiklashga uri- 
nish zoye ketganligini bildiradi. Agar kuchlanish m e’yorida bo‘lsa, 
elektrolit zichligi h am m e ’yoriga keltiriladi va akkum ulatorni 
tekshirish uchun razryadlash o ‘tkaziladi. Tekshirish uchun raz- 
ryadlash muvaffaqiyatli o ‘tgandan so‘ng batareyani yana zaryad- 
lab keyin ishlatish m um kin.
0 ‘zgaruvchan to k generatorlarining yangi turkum larini ishlab 
chiqarilishi, ularning q u w a ti va aylanish chastotasining oshirilishi, 
kuchlanish rostlagichlarining takom illashuvi akkum ulator plas- 
tinalarining sulfatlanish m uam m osini ancha susaytiradi. Bundan 
tashqari zam onaviy akkum ulatorlarda Separator sifatida mipor, 
miplast, shisha paxta ishlatilm oqda va ularning tarkibida sulfat- 
lanishni tezlatuvchi organik aralashm alar yo‘q.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, zamonaviy akkumulatorda 
sulfatlanish tufayli ish qobiliyatini yo‘qotish hollari nisbatan kam 
uchraydi va asosan, bu nosozlikning oldini olish ishlari vaqtida o ‘t- 
kazilmaganligi u ch u n yuzaga keladi. C hunonchi, elektrolit sathi- 
ning m e’yordan pasayib ketishi yoki akkum ulatorni uzoq vaqt 
davom ida razryadlangan holda ishlatilishi ham da saqlanishi va h.k.

Download 3,92 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish