Vitamin U qizdirilganda chidamsiz modda. Qorin yazvasi va o’nikkibarmoqli
ichak yazvasi davolashda qo’llaniladi. Yazvali kasallarda va ichak-qorin traktining
shamollagan holatida davolashda qo’llaniladi.
Vitamin B c
Vitamin B c-folat kislota. Folat kislota sariq rangli kristall modda,
suvda yomon
eriydi. Uning tarkibi pteridin, aminobenzol va glutamat kislota qoldiqlaridan iborat,
shuning uchun u pteroilglutamat kislota deb ataladi. Bu kislota neytral sharoitda
qizdirishga chidamli, nur ta’sirida tarkibiy qismlarga parchalanib ketadi.
Uning bir
necha xil vakillari aniqlangan bo’lib, ular tarkibidagi glutamat kislota qoldig’ining
soni bilan farqlanadi. Uning qaytarilgan ko’rinishi tetragidrofolat kislotaning asosiy
biologik funksiyasi bir uglerodli gruppalarining ko’chishi bilan boradigan
reaksiyalarda
koferment
sifatida
ishtirok
etishidir.
U
o’simliklarda,
mikroorganizmlarda, jumladan, ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Bu
vitamin yctishniugnnda, odamda kamqonlik kelib chiqadi. Unga bo’ lgan
sutkalik
talab 2-Л mg atrofida. U jigarda, buyrakda, o’simliklarning yashil qismlarida ko’p
bo’lishi aniqlangan.