Foliy kislotasi (pteroilglyutamin kislota) o’simliklar bargida, asosan
shpinatda ko’pdir. Foliy kislota yetishmaganda suyak miyasidagi qizil qon jismlar
hosil bo'lishi buziladi va kishi o'ziga xos kamqonlik kasaliga olib keladi.
Paraaminobenzoy kislota
shpinatda, bug’doyda, o’smalarida, achiqi,
xamirturushlarda mavjud. Teri kasallarida qo’llaniladi.
V IT A M IN L A R N IN G B IO S IN T E Z I
Deyarli barcha vitaminlar o’simlik organizmida sintezlanadi. Faqat vitamin A va
D ni hosil qiladigan birikmalar — provitaminlar o’simlik to’qimalarida sintezlanib,
hayvon organizmiga o’tgandan so’ng ular o’z vitaminiga aylanadi.
O ’simlik to’qimalarida vitaminlar biosintezining borishi hanuzgacha tajribalarda
to’la aniqlangan emas.
Vitamin С (askorbin kislota) 6 ta uglerod atomli uglevodlar — geksozlarning
o’simlik to’qimalarida oksidlanishidan hosil bo’ladi.
Glyukoza, fruktoza va boshqa geksozalar ishtirokida o’simlik to’qimalarida
vitamin С miqdorining ko'payishi tajribalarda isbotlangan. Shuningdek, O-
glyukozaning - askorbin kislotaga aylanish jarayoni O- glyukuron va - gulon
33
kislotalarning laktonlari orqali ro’y berishi ham aniqlangan.
Inozit ham geksozlardan hosil bo’ladi. Inozitning biosintezi sof holdagi
geksozlarga nisbatan glikozidlar tarkibidagi geksozalar (arbutin, salitsin) va saxaroza
hisobiga jadalroq boradi.
Vitamin P ta'siriga ega bo’lgan asosiy birikmalar — flavanonlar va flavonlar
hamda katexinlar o’simlik to’qimalarida shikim kislota, oraliq birikma — prefen
kislota va asetal qoldiqlari orqali uglevodlardan hosil bo’lishi mumkin.
Vitamin В o’simlik to’qimalarida fermentlar ishtirokida tiazol va primidinning
birlashishi tufayli hosil bo’ladi.
Aminokislotalar ham vitaminlar biosintezida ishtirok etadi. Masalan, vitamin PP
(nikotin kislota) triptofan aminokislotadan, pantaten kislota esa r- alanin
aminokislotadan hosil bo’ladi. Bu biosintez jarayonlar albatta fermentlar ta'sirida va
boshqa birikmalar ishtirokida ro’y beradi.
O ’simliklar o’sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to’qimada vitaminlar
biosintezi boshlanadi. Ular miqdori o’simlikning o’sish davrida doimo o’zgarib
turadi. Bu o’zgarish juda ko’p omillarga bog’lik- Xususan, o’simlikning o’sish joyi
va iqlimi, yorug’lik, mineral va organik o’g’itlar, namlik, mikroelementlar,
tuproqdagi mineral tuzlar tarkibi va konsentratsiyasi hamda kislotali sharoit
vitaminlarning biosinteziga ta’sir ko’rsatuvchi omillar hisoblanadi.
Odatda vitamin С shimoliy tumanlarda va yuqori tog’li yerlarda o’sadigan
o’simliklarda janubiy rayonlarda hamda pastliklarda o’sadigan o’simliklarga
qaraganda ko’proq bo’ladi.
Vitamin B| esa aksincha janubiy tumanlarda o’sadigan kuzgi bug’doyda ko’proq
sintezlanadi.
Pantaten kislota va vitamin N etarli darajada o’g’itlangan sulida o’g’itlanmagan
suliga nisbatan 2,5 barobar ko’p bo’ladi. Ma'lum miqdordagi marganets va temir
mikroelementlari o’simlik tarkibidagi vitamin С miqdorini oshiradi. Bundan tashqari,
temir vitamin N, inozit va para-aminobenzoat kislota sintezini kuchaytiradi. Shu bilan
bir qatorda marganets vitamin B 2, ning, ko’p miqdordagi temir esa B|, B 2, B 6 hamda
PP vitaminlar sintezini pasaytiradi.
Yorug’lik ta'sirida vitamin С biosintezi tezlashadi, qorong’ilikda esa aksincha, bu
jarayon sekinlashadi.
Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, o’simliklar tarkibidagi karotin miqdori
oshadi. Ba'zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin B; sintezini butunlay
to’xtatib qo’yadi.
Tajribalar bilan tasdiqlab berilgan bu dalillar tashqi sharoitning.vitaminlar
biosinteziga naqadar katta ta'sir etishini ro’yirost ko’rsatadi. Shunga ko’ra, o’simlik
to’qimalaridagi vitaminlar biosintezini o’zgartirish hamda qulay sharoit tug’dirib.
ular miqdorini oshirish mumkin.
34
VITAMINLARNING O ’SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Vitaminlar o’simliklar
hyotida
katta rol
o’ynaydi.
Ular
moddalar
nlinashinuvining asosiy regulyatori — fermentlar biosintezida ishtirok etadi.
Vitaminlarning ko’pchiligi oqsillar bilan birlashib, fermentlar hosil qiladi. Ba'zi
vitaminlar aminokislotalanmasalan, vitamin H— biotin, asparagin, serin va boshqa
aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi.
Vitamin С karotin, katexinlar va flavonollar o’simlik to’qimalarida doimiy
ravishda ro’y berib turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi.
Bu jarayon davrida vitaminlar ma'lum vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi.
Vitaminlar ta'sirida o’simliklaming hosildorligi oshadi, etilishi tezlashadi va
ildizi tez rivojlanadi. Ba'zi vitaminlar (karotinoidlar) esa fotosintez jarayonida va
o’simlik gullarining changlanishida ishtirok etadi.
Vitaminlar erituvchilarda erishiga karab ikki guruhga bo’linadi':
l.Suvda eruvchi vitaminlar— B1,B2, B 6, PP, H, P, С vitaminlar,
pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar,
inozit va boshqalar.
2. Yog’larda eruvchi vitaminlar — A, D, E va Kl vitaminlar.
Mahsulot tarkibidagi vitaminlar miqdori doimo o’zgarib turib, ko’pincha
o’simliklaming gullash davrida yer ustki organlarida maksimal miqdorda to’planadi.
Mevalarda esa, ular pishib yetilgan vaqtida ko’p yig’iladi. Shuning uchun vitaminli
mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o’tilgan vitaminlarga boy davrida o’tkazilishi
kerak.
K o ’pchilik vitaminlarning o’zi turg’un birikma bo’lsa ham ma'lum sharoitlarda
(yuqori harorat, namlik, yorug’lik va boshqa faktorlar ta'sirida) oksidlanishi,
parchalanishi yoki boshqa o’zgarishlarga uchrashi mu.mkin. Natijada vitaminlar
o’zining biologik faolligini yo’qotadi. Vitaminli mahsulotlaming yuqori sifatliligini
saqqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida
ko’rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.
Vitaminli mahsulotlar havo quruq vaqtida, shudring ko’tarilgandan so’ng
yig’ilishi lozim. Y ig ’ilgan mahsulotni bir yerga to’plab qo’ymasdan, tezda soya
joyda yoki quritgichlarda (mevalar ochiq havoda) quritilishi maqsadga muvofiqdir.
So’ngra yig’ilgan mahsulotni vitamin olish yoki galen preparatlari tayyorlash uchun
tezda zavodlarga yuboriladi yoki omborlarda va dorixonalarda quruq, salqin, quyosh
nuri tushmaydigan joylarda saqlash mumkin bo’ladigan tegishli idishlarda saqlanishi
lozim.
Vitaminlarning kofermentlik funksiyasi
Vitaminlar moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hozirgi paytda
harcha reaksiyalar nie’yoriy ketishi uchun nafaqat vitaminlar, balki fermentlar bilan
35
ular tarkibidagi kofermentlar ham alohida rol o ’ynaydi
Eng muhim kofermentlar va ular tarkibiga kiruvchi vitaminlar
Vitam inlam ing
nomi
Kofermentlaming nomi
Fermentlar
katalizlaydigan
reaksiyalar
PP (nikotin
kislotasi)
N A D , NADF(nikotin-
amidadenindinukleotid;dinukleotid
fosfat)
To’qima nafas olish
jarayonida vodorod
atomini tashishda va
bir substratdan boshqa
substrat biosintezida
B2 (riboflavin)
FAD (flavinadenin-dinukleotid)
Vodorod atomini
substratdan kislorodga
olib o’tishda
B3 (pantoten kislota)
Koenzim
Asetil yoki asil
radikalini (tashishda)
olib o ’tishda (sirka va
yog’ qoldig’i)
Br (folein kislota)
Nuklein kislotalar va
boshqajarayonlar
biosintezida bir
uglerodli birikmalarni
olib o’tishda
B|(tiamin)
Tiominpirofosfat (TPF)
Kislotalarning
oksidlanib
dekarboksillanishida
(pirouzum, a-
ketoglutar).Pentoza
siklidagi glukozaning
oksidlanishida
B6(piridoksin)
Piridoksal-5-fosfat
Aminokislotalar
dekarboksillanishida
hamda aminlanishida
va boshqa bir qator
oqsillar reaksiyasida va
aminokislotalar
almashinuvida
B|2(siankobalamin)
Koenzim B l2(kobamid kofermenti)
Doim iy metil guruhlari
hosil bo'lishida va olib
o'tishda va boshqa
boisintez reaksiyalarida
36
Askorbin kislota kristall holdagi turg’un birikma bo’lsa-da, nam ta'sirida tezda
oksidlanib, oksidlangan formasi — degidro-askorbin kislotaga aylanadi. O ’simlik
to’qimalarida askorbin kislotaning oksidlanishi fermentlar ta'sirida ‘ayniqsa
askorbinaza fermenti ta'sirida juda tez boradi.
Degidroaskorbin kislota beqaror birikmadir, shu sababli, u tezda parchalanib
ketishi mumkin. Degidroaskorbin kislota biologik faol bo’lib, o’simlik to’qimalarida
askorbin kislota bilan birga uchraydi va ma'lum sharoitda fermentlar ta’sirida
qaytarilib, askorbin kislotaga aylanadi. Degidroaskorbin kislotani laboratoriya
sharoitida vodorod yordamida qaytarilib, askorbin kislotaga o ’tkazish mumkin.
|