• Genni kiritish va uning retsipient oʻsimlik genomidagi ekspressiyasi.
  • Transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen oʻsimliklarni tanlash.
  • Retsipient oʻsimlik genotipini tanlash




    Download 3.04 Mb.
    bet39/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    Retsipient oʻsimlik genotipini tanlash. Retsipient sifatida ishlab chiqarish amaliyoti talablariga hosildorligi, urug‘-meva sifati, biotic va abiotik streslarga javob beradiggan, lekin faqat birgina salbiiy belgi, masalan zararkunanda hashorotlarga chidamsiz nav yoki liniyalar tanlab olinadi. Bunday oʻsimliiklar genomiga hashorotlarnni nobud qiluvchi protoksin oqsili ekspressiyasini ta’minlovchi bt2 bateriya genini kiritish tanlab olingan navda hosildorlikni sezilarli oshishiga sabab boʻladi. Shuningdek, retsipient oʻsimlik genotipini tanlashda hujayralarning yaxlit ( fertile ) yetuk oʻsimlikka qarab regeneratsiya qilish xususiyatini ham inobatga olinadi, chunki bu belgi genotipga ham bir qadar bog‘liqdir.
    Genni kiritish va uning retsipient oʻsimlik genomidagi ekspressiyasi. Oʻsimliklar genomiga begona genlarni koʻchirib oʻtkazish muammosi begona genlarni ikki pallali va ba’zi bir pallali oʻsimliklar genomiga koʻchirib oʻtkazish imkonini beruuvchi tuproq agrobakteriyalari Agrobakterium tumefacient tarkibidagi Ti-plazmidlarning aniqlanishi bilan birmuncha yengillashdi Soʻngi vaqtlarda oʻsimlik hujayralari transformatsiyasida bioballistik transformatsiya usuli, ayniqsa bir pallali oʻsimliklar uchun keng qoʻllanilmoqda. Begona genni retsipient oʻsimlik genomiga ekspressiyasini amalgam oshirish va avlodlarga berishning nasldan-naslga turg‘un oʻtishini ta’minlash muhim masala boʻlib hisoblanadi. Kiritilgan genni ekspressiya boʻlishi bir qator sabablar: genni oʻsimlik genomiga integratsiya boʻlgan joyi, promotr qismining metillashish izchilligi, kiritilgan genning xususiyatlari va h. k. larga bog‘liq.
    Transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen oʻsimliklarni tanlash. Transformant hujayralardan yetuk oʻsimlikning regeneratsiya boʻlishi hujayralar totipotentligiga bog‘liq, ammo bu har doim ham amalgam oshavermaydi. Totipotentlik belgisi ikki pallali oʻsimliklar: tamaki, kartoshka, lavlagi, soya, raps, beda, pomidor, sabzi, karam va ba’zi mevali daraxtlarda yaqqol ifodalangan. Bir pallalilar, ayniqsa, boshoqdoshlarda bu belgi kuchsiz igfodalangan boʻlib, ularda hujayradan yetuk oʻsimlikni regeneratsiyasi jarayoni juda qiyinchiliklar bilan kechadi. Hozirgi vaqtda g‘lla ekinlariga mansub ba’zi oʻsimliklar makkajoʻxori, sholi, bug‘doy, soʻli kabilarni regeneratsiya qilish usullari ishlab chiqilgan. Shuni qayd etish lozimki, koʻplab osimliklarni regeneratsiya qilish boʻyicha yildan-yilga bir qator takomillashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda va rivojlantirilmoqda.
    Dunyodagi koʻplab seleksioner olimlarni niyati nafaqat foydali-xoʻjalik koʻrsatkichlari yaxshilangan hayvonlarni tanlash balki, genotiplarni oʻzgarish orqali oʻziga yoqqan ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan hayvon turlarini yaratish hamdir. Masalan, kimga yoqmaydi deysiz, agar kattaligi mushukday boʻlgan liliput tuyalar uyingizda chopqillab yursa, DNK ni genetik axborot tashuvchi ekanligi aniqlanguncha, rekombinant texnika asoslari yaratilmaguncha (restriktaza fermentiochilmaguncha va DNK ni klonlash usuli yaratilmaguncha) bu xom xayol koʻrinar edi va shunday boʻlib qolgan edi. Nisbatan qisqa vaqtda genomdan alohida gen ajratib olish, samarali faoliyat koʻrsatuvchi genkonstruksiyalari yaratish yoʻllari ishlab chiqildi. Keyinroq begona genlarni resipiyent hayvonlar genomiga kiritish usullari yaratildi. Shunday qilib, seleksionerlar xususiyatlari oldindan belgilab qoʻyilgan hayvonlar yaratish imkoniyatlariga ega boʻldilar. Har xil genlarni qishloq-xoʻjalik hayvonlariga koʻchirib oʻtkazishdan qoʻyilgan asosiy maqsad bir tomondan hayvonlarni hosildorligini (sut berish, yogʻ yoki goʻsht yigʻish, junlarni tez oʻstirish, va x.k.) oshirish boʻlsa, ikkinchi tomondan ularni har xil kasaliklarga chidamliligini oshirishga hamda biologik faol moddalarni koʻplab sintez qila oladigan hayvon-bioreaktorlarni yaratishga qaratilgan.Yangi, foydali (xoʻjalik nuqtai nazaridan) xossalargaega boʻlgan transgen hayvonlarDastlab, gen muhandisligini asosiy yoʻnalishlaridan biri hayvonlarni oʻsish tezligini oshirish, sut berish imkoniyatlarini va mahsulotlarini sifatini yaxshilashga qaratilgan edi.Hayvonlarni oʻsishi murakkab jarayon boʻlib, genlarni ta’siriga,
    oziqlanish sharoitlariga va atrof-muhit ta’siriga bogʻliq. Genetik nuqtai nazardan ayniqsa, oqsillarni kodlovchi, oʻstirish gormonlari toʻplami, jumladan oʻstirish gormoni (UG), oʻstirish gormonining rilizing omili (UG- RF) va insulinga oʻxshash omil (UG-IF) katta qiziqish uygʻotadi.Oʻtgan asrning 40-yillarida gipofiz bezidan olingan UGnisigirlarni sut berishiga ta’siri borligi isbotlangan edi. Ammo, bu preparatni juda ham qimmatligi uchun hamda hayvonlar gipofizidan koʻp miqdorda olishni iloji boʻlmaganligi sababli, bu preparat keng qoʻllanila olmadi.1970 yillarda gen muhandisligini rivojlanib borishi oqibatida bu preparatni mikrobiologik sintez orqali ishlab chiqarish imkoniyati tugʻildi. Mikrobiologik sintez orqali olingan UG, xuddi gipofizdan
    olinganga oʻxshab, laktasiyani hamda hayvonlarni oʻsishini kuchaytirishi tasdiqlandi. Rekombinat UG ni yirik fermalarda ishlatganda (13 mg/kun) sigirlarni sut berishi 23-31% ga oshganligi kuzatildi. Bu preparatni ta’sirini uzoq muddatga choʻzadigan shakllarini yaratish usullari ishlab chiqildi. Bu preparat hayvonlarga har 15 kunda yoki 1 oyda yuboriladi. UG qoʻzilarga, uloqchalarga, choʻchqa bolalariga yoki buzoqchalarga har kun yuborilganda (inyeksiya yoʻli bilan), ularni oʻrtacha oʻsishi 20-30% ga oshganligi va rivojlanish birligiga nisbatan oziqa miqdori kamayganligi kuzatildi. Choʻchqa bolalarini oʻsishi toʻqimalarida oqsilmiqdorini koʻpayishiga va yogʻ miqdorini kamayishiga olib kelishi va shu tufayli mahsulot sifatini oshganligi kuzatilgan. UG saqlagan birinchi sichqon 1982 yilda yaratilgan. Ularda oʻsish tezligi toʻrt marotabaga, oxirgi tirik vazn esa ikki marotaba oshganligi kuzatilgan. UG yordamida oʻsishni tezlashtirish uchun choʻchqalarni oziqasi odatdagidan koʻproq oqsil (18% gacha) va qoʻshimcha lizin saqlashi lozim. Transgen choʻchqalarni keyingi avlodlari yuqorida koʻrsatilganidek oziqlantirilganda ularni oʻrtacha sutkalik vazni 16,5% gacha oshganligi kuzatilgan (Brem G. va boshqalar, 1991). UR va UR RF saqlagan transgen qoʻylarda UR miqdori balandligi ammo oʻsish tezligi oshmaganligi kuzatilgan. Koʻpchilik olimlar UG qabul qilingan choʻchqalarda yogʻ qatlami nazoratdagi 18-20 mm oʻrniga, transgenlarda 7-8 mm boʻlganligi, transgen qoʻylarda ham yogʻ miqdori 25-30% dan 5-7% ga tushganligini kuzatganlar.Transgen liniya olish uchun ishlatilgan sichqonlarda oʻsish mahsuldorligi boʻyicha avval seleksiya ishlari olib borilgan. Koʻpincha
    choʻchqalar esa shu koʻrsatkich boʻyicha oʻn yillar davomida tanlangan avlodlardan olingan.Bunday fikrni tasdigʻi sifatida 30 avlod oʻsish tezligi boʻyicha seleksiya qilingan sichqonlarni ogʻirligi dastlabkisidan ikki barobar oshganligini koʻrsatib oʻtish kifoya. Ular, transgenlarga nisbatan juda ham kam ogʻirlikka egalar. Aytilganlar asosida begona UG ni kiritilgan sichqonlar seleksiya qilinmagan sichqonlarga nisbatan oʻsish tezligini birdaniga tezlatib yuborar ekan degan fikrga kelish mumkin. Choʻchqalarni mavjud populyasiyasida buning teskarisi, balki oʻsishni genetik potensiali, koʻtarilish potensialiga juda ham yaqin boʻlganligi sababli UG yoki uni genini kiritish oʻsish tezligiga judakam ta’sir koʻrsatishi mumkin.Tirik organizmlarga kerakli gen tizimini kiritish orqali mahsulot sifatini yaxshilash va uni tarkibini oʻzgartirish boʻyicha istiqbolli ishlar amalga oshirilishi mumkin. Masalan, laktaza fermenti genini qoʻy, echki yoki yirik shoxli hayvonlar genomiga kiritish orqali laktozasiz sut beradigan transgen hayvon yaratish mumkin. Kiritilgan gen laktaza fermentini koʻplab ishlab chiqaradi, laktaza laktozani glyukoza va galaktoza parchalaydi, oqibatda parhyez sut yetishtirish imkoniyati yaratiladi.Hayvonlarda mastitni yoʻqotadigan antitelalar ishlab chiqaradigan genlardan foydalanish ham katta istiqbolga egadir.Yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek, UG saqlagan transgen hayvonlar hujayralarida oqsil miqdori koʻpayib, yogʻ miqdori kamayadi. Bu esa olinadigan goʻsht maxsulotlarini sifatini tubdan yaxshilash imkoniyatini
    yaratadi.Mahsuldorlikni oshirish, ayniqsa mahsulotlarni sifatini yaxshilashni molekulyar usullari kelajak zootexnika fanini ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Retsipient oʻsimlik genotipini tanlash

    Download 3.04 Mb.