• Aminokislotalar Tuxum albumini Hoʻkiz qon zardobi albumini
  • -Jadval Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy koʻrsatkichlari




    Download 3.04 Mb.
    bet41/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    1-Jadval
    Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy koʻrsatkichlari
    (100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori)

    Aminokislotalar

    Tuxum albumini

    Hoʻkiz qon zardobi albumini

    Soya uni oqsili

    Achitqi biomassasi oqsili

    Triptofan

    1,6

    -

    0,4

    0,3

    Lizin

    6,4

    13,0

    5,1

    5,1

    Gistidin

    2,4

    3,9

    1,8

    1,7

    Arginin

    6,1

    6,0

    4,4

    2,3

    Asparagin kislota

    9,0

    10,2

    6,7

    4,6

    Treonin

    5,1

    5,9

    3,3

    2,9

    Serin

    3,5

    4,0

    3,3

    2,5

    Glutamin kislota

    16,0

    16,3

    8,6

    6,5

    Prolin

    8,1

    5,1

    2,9

    1,4

    Glitsin

    3,6

    2,0

    2,5

    2,2

    Alanin

    7,4

    5,3

    2,3

    3,3

    Sistin

    2,4

    -

    0,9

    0,3

    Valin

    7,3

    7,0

    3,4

    3,0

    Metionin

    3,1

    -

    0,8

    0,9

    Izoleysin

    6,6

    2,4

    2,8

    3,1

    Leysin

    8,8

    10,8

    4,4

    3,7

    Tirozin

    4,2

    4,5

    2,1

    2,3

    Fenilalanin

    5,5

    5,8

    3,1

    2,5

    1-Jadvaldagi ma’lumotlaridan koʻrinib turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi aminokislotalar miqdori va biotexnologik yoʻl bilan olinadigan biomassaning tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan aminokislotalarning miqdoriy koʻrsatkichlari juda yaqin hamda ulardan toʻla qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni koʻrsatdiki, goʻsht va sut ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qoʻllash uni texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq boʻlishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan oʻrtacha 5 marta koʻproq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5 marta va triptofan 3 marta koʻproq) boʻladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator oʻsish omillari uchraydi. Qishloq xoʻjalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g‘allani iqtisod qilish va qoʻshimcha ravishda 0,8 t choʻchqa goʻshti, 5 t parranda goʻshti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va choʻchqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qoʻshish aholi uchun 6 t sutni qoʻshimcha ravishda yetkazish imkonini beradi.


    Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari, tibbiyot va veterinariya ehtiyoji uchun kerak boʻlgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur boʻlgan biologik oʻg‘itlar, oʻsimliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonlaridan foydalangan holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qoʻshish uchun kerakli moddalar, yarim sintetik antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
    Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez yagona biotexnologik tizimdan iborat boʻlishi lozim. Bu tizim oʻz ichiga ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi shakli va miqdoriy koʻrsatkichiga qarab ketma-ket amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexnologik tizimning umumiy koʻrinishi 1-Rasmda keltirilgan. Odatda mikrob-produsentni tanlashda mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya, seleksiya va molekulyar genetikaning eng soʻnggi yutuqlari bilan qurollangan holda ishni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yoʻsinda produsent-shtammning biotexnologik jihati baholanadi va uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning samaradorligi produsent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlashda uni oʻstirishga tegishli boʻlgan eng kam harajatli tarkibga ega boʻlgan kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash variantlarini bir tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay boʻlgan variant tanlab olinadi. Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujayralarini oʻstirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan toʻliq foydalanish mumkin boʻladi. Bu narsa oʻsimlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil boʻladigan karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yoʻlga qoʻyilishi achitqili biomassani karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib ketdi.
    Hujayrani oʻstirishni ta’minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda matematik modellashtirish asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi samara beradi.
    Biotexnologik tizimning toʻliq va uzluksiz ishlashini ta’minlashning keyingi bosqichi maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va oʻz vaqtida undan foydalanilishini ta’minlashdan iborat boʻladi.
    Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yyetarli miqdorda ishlab chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoniyatlari paydo boʻldi. Ratsion tarkibida u yoki bu aminokislotaning, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalarning yetishmasligi yoki umuman boʻlmasligi organizmning oʻsishi va rivojlanishiga oʻta salbiy ta’sir koʻrsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, gistidin, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilalaninlar kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam miqdordagi ulushini qoʻshib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab chiqarilmoqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga boʻlgan talab yuqori (130 ming t) boʻlishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60 % mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar ishlab chiqarishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqtisodiy jihatdan ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining oʻzida induvidual aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yem-oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mumkin boʻladi. Bugungi kunda metionin, glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin bu uslubning kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni koʻp tonnali miqdorda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib boʻlmaydi. Odatda yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib olinadigan aminokislotalar faqat L-shaklda boʻlishi shart. Mikrobiologik uslubda ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya’ni mahsulot tarzida ajratib olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat boʻladi. Bu aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshirish ancha qimmatga tushadi. Tayyor mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning boʻlishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan oʻzlashtirilmaydi, ularning ba’zilari esa organizm uchun zaharli boʻladi. Bu qoidadan glitsin va metionin mustasno boʻlib, glitsinning optik izomeri yoʻq, metioninning har ikkala izomeri ham odam va hayvonlar tomonidan bir xil oʻzlashtiriladi.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Jadval Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy koʻrsatkichlari

    Download 3.04 Mb.