• Sanoat chiqindilari va ularning atrof muhitga keltiradigan zarari. uslubiy koʻrsatma.
  • -mavzu: Genetik modifikasiya qilingan o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosi va organizmda so‘rilish xususiyatlari




    Download 3.04 Mb.
    bet51/109
    Sana22.02.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #43169
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
    Bog'liq
    Biotexda bioxavfsizlik majmua 2022 Osimlikshunoslik
    Документ Microsoft Word, Apakxujayeva. Suv omborlari gidravlikasi, Fizikaning zamonaviy tatqiqot usullari MT, Aholi statistikasi B B Usmonov, A D Abdurahmonov Darslik Toshkent, 3333, 8-dekabr, Документ Microsoft Word, 01.2021, Manual TFP unified (2), Universitet Yoshlar ittifoqi takomillashtirish to`g`risida , 1-11, 4ma\'ruza, Izzatullayev, Toshpulatov taqriz ekologiya, эконометрика
    14-mavzu: Genetik modifikasiya qilingan o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosi va organizmda so‘rilish xususiyatlari.
    Mashg‘ulotning maqsad: Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bogʻliqdir.
    Sanoat chiqindilari va ularning atrof muhitga keltiradigan zarari. uslubiy koʻrsatma.
    Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillarga koʻra, soʻnggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga ortayotgani yer yuzidagi ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga koʻpaymoqda. 
    Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bogʻliqdir. Koʻp asrlar davomida chiqindilarni notoʻgʻri boshqarish tabiiy resurslar oʻzgarishiga, tabiat hodisalarining buzilishiga sabab boʻlmoqda. Bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini koʻrsatmoqda.Chiqindilarni qayta ishlash elektr energiyasi va suvdan foydalanishni bir necha barobarga kamaytiradi. Masalan, makalaturadan qogʻoz olish nafaqat daraxtlarning kesilishini kamaytiradi, balki elektr quvvatining sarfini toʻrtdan uch qismga qisqartiradi. Bir tonna qogʻozni qayta ishlab chiqarishga uni yogʻochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf boʻladi. Tobora koʻpayib borayotgan elektron chiqindilar ham insoniyatga xavf solmoqda. Har yili yer yuzida 2 million tonnaga yaqin elektron chiqindi paydo boʻlmoqda. Misol uchun, birgina mobil aloqa vositasi 500 tadan 1000 tagacha turli qismlardan tashkil topgan. Ularning koʻpchiligi zaharli ogʻir metallar – qoʻrgʻoshin, simob, kadmiy va boshqa xavfli kimyoviy moddalarni oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan izchil ekologik siyosat yuritilmoqda. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi 15 dan ziyod qonun, tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanish mexanizmlari va shartlari, shuningdek, davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish, turli toifadagi qoʻriqlanadigan hududlarni tashkil qilish va ularda alohida foydalanish rejimini oʻrnatish tartib-taomillari va boshqa masalalarni belgilab bergan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 21 apreldagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni hamda «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bu boradagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 
    Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarida chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, saqlash, tashib ketish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va realizatsiya qilish boʻyicha nazorat inspeksiyalari tashkil etilgan. Chiqindilarni qayta ishlovchi va utilizatsiya qiluvchi korxonalarga kamchiqimli texnologiyalarni olib kirish sohani rivojlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 300 ga yaqin korxona qogʻoz, plastik, rezina, shisha, metall va boshqa ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlamoqda. «Toshrangmetzavod» aksiyadorlik jamiyati rangli metallarni yigʻish va qayta ishlash sohasida ixtisoslashgan korxona boʻlib, zamonaviy asbob-uskunalar, ilgʻor texnologiyalar bilan ta’minlangan. Yuqori malakali xodimlar faoliyat koʻrsatmoqda. Zavod rangli metall parchalari va chiqindilarni yigʻish, rangli metallarga birlamchi ishlov berish, ishdan chiqqan qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarni toʻplash va ularni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. 2016 yilda korxona tomonidan 180 tonna elektron chiqindi qayta ishlandi.
    Atrof-muhit deganda nimani tushunamiz? Albatta ushbu savolga deyarli hamma javob berishi va unga oʻzi bilgan holda ta ‘rif berishi mumkin. Atrof-muhit — bu bizni oʻrab turgan ona tabiat. Tabiat bizni boqadi, kiyintiradi, yashashimiz uchun sharoit yaratadi. Tabiatda yaratilgan har bir obyekt inson uchun xizmat qiladi — yer, suv, havo va ulardagi barcha mavjudotlar, nabobotlar, yerosti tabiiy manbalar va hokazo, barcha, barchasi. Lekin biz bunga javoban uni asrab-avaylaymizmi? Afsuski yoʻq. Koʻpincha biz haddimizdan oshamiz. Tabiat bizning injiqliklarimizni koʻtaradi deb oʻylaymiz, undagi mavjud tabiiy resurslarni ayovsiz ishlatamiz, keragidan ortiq isrof qilamiz, tabiatni keskin ifloslanishiga sababchi boʻlamiz. Natijada atrof-muhitning tabiiy muvozanatiga putur yetkaziladi va unda koʻplab antropogen oʻzgarishlar vujudga keladi. Endi biz xohlaymizmi xohlamaymizmi, baribir tabiatda doimo antropogen oʻzgarishlarning yuzaga kelishi muqarrardir. Chunki inson yashar ekan, oʻzining xoʻjalik ish yuritishi oqibatida tabiatda doimo o ‘zgarishlar vujudga keladi. Lekin ushbu oʻzgarishlarni m e’yorida, tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir inson tarbiyani, ekologik tarbiyani oʻzidan boshlamogʻi va atrofdagini ham toʻgʻri yoʻlga solib, ularning qalbida tabiatga boʻlgan mehrini uygʻotmogʻi lozim. Shu oʻrinda ekologik tarbiya haqida soʻz borar ekan, lining oʻzi alohida bir katta mavzu ekanligini uqtirish lozim, bu toʻgʻrisida uzoq fikr yuritish mumkin. Ekologik tarbiya koʻrgan inson hech qachon tabiatga zarar keltirmaydi. U oʻz hayoti davomida doimo me’yorga rioya qiladi va hech qachon isrofga yoʻl qoʻymaydi, uning tutgan yoʻli nafaqat uyda, balki ish faoliyatida ham namoyon boladi. Bu esa tabiiy resurslarni doimo tejalishiga va atrof-m uhitni ifloslanmasligiga olib keladi. Hozirgi kunda yer aholisi oʻtgan asrning boshidan toyangi asrning shu kunigacha bir necha barobar oʻsdi. Bu esa oʻz yoʻlida ularni hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun mamlakatlarda koʻplab zavod-fabrikalarning qurilishiga, yoʻllarning solinishiga, uylarning barpo etilishiga, avtotransportlarni koʻpayishiga va shu kabi koʻplab tadbirlarni amalga oshirilishga olib keldi. Oqibatda tabiat ayovsiz ishlatildi va ishlatilmoqda va uning oʻzi turli chiqindilar bilan toʻlib 3 toshmoqda. Agar ahvol shu darajada davom etaversa, yaqin kelajakda insoniyatning yer yuzida yashashi havf ostida qoladi. Chunki, insoniyatning yashash faoliyati darajasi koʻtarilib borishi, ishlab chiqarish koʻlami kengayib borishiga, bu esa mahsulotlar turi koʻpayishiga va koʻplab ishlatilishiga olib kelmoqda, natijada atrofmuhitda chiqindilarning miqdorini ham oshib borishiga sababchi boʻlmoqda. Shuning uchun, har bir korxona sanoat tarm ogʻining qaysi sinfiga mansub ekanligidan qat’i nazar oʻzidan va maishiy turmushda ajralayotgan chiqindilarning toʻliq zararsizlantirilishiga, tozalanishiga va qayta ishlanishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim. i Buning uchun har bir ishlab turgan korxona oʻzidan ajralib chiqayotgan chiqindilarni — gazlarni, oqova suvlarni va qattiq chiqindi moddalami zararsizlantirishi hamda mavjud texnologiyalarni rivojlantirib, zamonaviylashtirib, ishlab chiqarishda ajralayotgan barcha turdagi chiqindilarni zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlash uchun maxsus kerakli inshootlami va uskunalarni oʻrnatishlari lozim. Ushbu darslikda atrof-muhitni muhofaza etish yoʻllari, chiqindi gazlar, oqava suvlar va qattiq chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va tozalash texnologiyalari, ularda qoʻllaniladigan uskunalar va ularni tanlash yoʻllari, tabiiy resurslarni samarali ishlatish choratadbirlari, sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari fani boʻyicha test namunalari, fan dasturiga kiritilgan laboratoriya ishlari va amaliy mashgʻulotlar hamda atrof-muhit muhofazasi boʻyicha uchraydigan asosiy terminlarning lugʻaviy ma’nosi uch xil tilda — oʻzbek, rus va ingliz tilida keltirilgan. Shunday qilib, sanoat chiqindilarini atrof-muhitga, biosferaga tashlanishi koʻp regionlarda ekologik holatning buzilishiga olib kelmoqda. oʻrmonlarning qirilishi, suvlarning, yer yuzasining ifloslanishi va boshqalar shular jumlasidandir. Buning oldini olish uchun sanoat korxonalaridan ajralayotgan chiqindilarga REChK(ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya) lar oʻrnatilishi lozim. Har bir korxonadan ajralayotgan chiqindi REChK dan yuqori boʻlsa u tozalanishi yoki albatta korxona texnologiyasi sozlanishi lozim. Hozirgi kunda olimlar tarafidan har bir chiqindini tozalash yoki uni zararsizlantirish uchun turli usullar ishlab chiqilgan. Har bir usul ajralayotgan chiqindining agregat holati, fizik kimyoviy xususiyati, miqdori, konsentratsiyasi, harorati, qanday manbadan ajralayotganligiga qarab tanlanadi. Inson yashar ekan atrof-muhitga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Insonning xoʻjalik ish yuritishi natijasida atrof-muhitda yuzaga keladigan oʻzgarishlarga antropogen oʻzgarish deb ataladi. Bunga misol qilib yoʻllarning, zavod-fabrikalarning, suv omborlarining qurilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida tabiatda yuzaga keladigan oʻzgarishlarni koʻrsatishimiz mumkin. Antropogen oʻzgarishlar 2 xil boʻladi: moʻljallangan va moʻljallanmagan. Moʻljallangan antropogen oʻzgarishga yuqoridagi misolni keltirishimiz mumkin. Moʻjallanmagan antropogen oʻzgarishga esa tabiatda oʻz-oʻzidan yuzaga keladigan oʻzgarishni koʻrsatishimiz mumkin. Masalan, koʻllarning achib qolishi, smoglarning hosil bolishi va shu kabilar. Buning natijasida yerda turli xil biologik oʻzgarishlar, falokatlar, tabiiy muvozanatning buzilishi kabi holatlar yuzaga keladi. Albatta ushbu muammo tortishuvli, lekin ochiq tan olish lozimki, tabiiy muvozanatni buzilishiga, turli falokatlar vujudga kelishiga insonning oʻzi toʻliq aybdor. Chunki, hozirgi kunda zavod-fabrikalar, avtomobil transporti, aholi soni yildan yilga ortib bormoqda, daraxtzorlar, yashil oʻtloqlar maydoni esa qisqarib bormoqda. Bu oʻz yoʻlida oʻsimlik barglariga yutilishi lozim boʻlgan «parnik gazlari»ni (C 0 2, CN4, N 20 parlari) atmosfera havosida toʻplanishiga sababchi boʻlmoqda. Bu esa yerdagi haroratning koʻtarilishiga sabab boʻlishi mumkin. Kuzatishlarga koʻra oxirgi 100 yil ichida atmosfera havosida uglerod 10 dioksidining konsentratsiyasi 25% ga, metanniki esa 100% ga koʻtarilgan. Keyingi yillarda bu m iqdor yana ham koʻtarilishi kutilmoqda. Olimlarning taxminiga koʻra «parnik effekti» ta’sirida oxirgi 50 yil ichida yerning oʻrtacha harorati 2—5° С ga koʻtarilishi kutilmoqda. Bu esa o ‘z yoʻlida dunyo okeani suvini 0,5—2m ga koʻtarilishiga olib kelishi mumkin. Natijada koʻplab quruqliklar suv ostida qolib ketadi. Hozirgi kunda qutbda joylashgan muzliklarning erishi kuchayganligi olimlar tomonidan kuzatilganligini aytib oʻtish joiz. Dunyo boʻyicha turli iqlimiy oʻzgarishlar namoyon boʻlayotganligi ham buning yorqin dalilidir. Dunyoning turli chekkalarida o ‘rmon yongʻinlarining oʻz-oʻzidan sodir boʻlishi (Rossiya, AQSH, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqalar) yuqorida aytib oʻtilgan ushbu holatlarning natijasidir. oʻzimizning Orol dengizining qurib borayotganligini koʻrib guvohi boʻlib turganligimiz ham hozirgi kundagi global ekologik oʻzgarishlar roʻy berayotganligining misolidir. Demak, hozirgi kunda ekologik falokatlarning oldini olish uchun tezda davlatlar oʻrtasida oʻzaro kelishuvlami amalga oshirish, davlatlar tomonidan atrof-muhit holatini yaxshilashga qaratilgan chora - tadbirlarni belgilash va uni bajarish, aholi oʻrtasida ekologik tarbiyani kuchaytirish, sanoat tarmoqlarida hosil boʻluvchi barcha turdagi tashlamalarning, chiqindilarning miqdorini kamaytirish va ularni zararsizlantirishga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy qilish, eski ishlab turgan qurilmalarni yangisiga almashtirish, tozalash inshootlarini oʻrnatish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.



    Download 3.04 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




    Download 3.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Genetik modifikasiya qilingan o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlarning biologik bahosi va organizmda so‘rilish xususiyatlari

    Download 3.04 Mb.