talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa




Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/146
Sana01.06.2022
Hajmi3.2 Mb.
#22672
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Bog'liq
бошқарув психалогияси
SAKRASH VA ULOQTIRISH TURLARI, Dissotsiyalanish, Mustaqil ish mavzular 4, Hisob grafik isi 2022-1 semastr, 571178, NASIMOV O elektronika va sxema1 15-lab, 3 sinf dar isshlanma matem, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, Statistik g’ujanak, 5-ma’ruza mavzu Aralashtirgichlar. Tindirgichlar va ularning tu, 7 амалий тиббий билим, jaroxat turlari, Daily plan for a month, 100 Quotes To Read When Stressed by Lee Journey B
talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa 
narsa. Odamlar ish yuzasidan sizga bo„ysunishi mumkin, boshqa har qanday 


13 
masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang. ... 
Barchamiz yaxshi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha 
narsaga chidashi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va 
nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning 
bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib 
berish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo„g„indagi rahbarlar – u vazir 
yoki hokim bo„ladimi, idora yoki tashkilot boshlig„i bo„ladimi, odob-axloqi va 
madaniyati bilan hammaga o„rnak va namuna bo„lishi zarur.”
1
Bu boradagi amaliy ishlar sirasiga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab 
olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3755-sonli 
qarori
2
asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini 
taʼminlash, shuningdek, davlat va xo„jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat va boshqa davlat organlari, tashkilotlari tizimida ularning kasbiy 
malakasini uzluksiz oshirib borishga ko„maklashish maqsadida har 3 yilda 
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo„yicha “Taraqqiyot” respublika 
tanlovi o„tkazilishi yo„lga qo„yilgan. Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 
2018-yil 14-dekabrdagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo„yicha 
“Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari 
zaxirasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1018-
sonli qarori
3
qabul qilingan. 
Hozirda jismoniy tarbiya va sport tizimi boshqaruvida zaxira kadrlarni 
tanlash masalasi sohaga oid qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-
1
 
http://old.xs.uz/index.php/homepage/zhamiyat/item/12316-1
ва 
http://uza.uz/oz/society/ra-bar-yuksak-
manaviyatli-ar-bir-ishda-barchaga-ibrat-b-lish-29-11-2017
 (murojaat sanasi 30.10.2019-yil) 
2
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov 
asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3755-sonli qarori // 
https://lex.uz/docs/-3755274
 
3
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 14 декабрдаги “Истиқболли 
бошқарув кадрларини танлаш бўйича “Тараққиѐт” республика танлови финали иштирокчилари орасидан 
бошқарув кадрлари захирасини шакллантириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги
1018-сонли қарори // 
http://lex.uz/pdfs/4106634
 


14 
5368-sonli 
farmoni
4
da 
keltirilgan 
ustuvor 
vazifalardan 
kelib 
chiqib 
yondoshilmoqda. 2020-yilda O„zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport 
vazirligi markaziy apparatida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 
55 nafardan iborat. Shuningdek, tizimosti tashkilotlar: Qoraqalpog„iston 
Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida faoliyat ko„rsatayotgan maʼmuriy 
kadrlar soni 55 nafarni, tuman (shahar)larning bo„lim boshliqlari soni esa 255 
nafarni tashkil etadi. Jismoniy tarbiya va sport tizimi mutassaddilari orasidan 
2019-yilda tashkil etilgan “Taraqqiyot” respublika tanlovi ishtirokchilari 55 nafarni 
final ishtirokchilari esa 55 nafarni tashkil qildi
5
.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan 
takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o„rtasida sog„lom turmush tarzini keng 
targ„ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017–2021 yillarda O„zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar 
strategiyasi va O„zbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar kontseptsiyasida 
belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda “Taraqqiyot” 
respublika tanlovining keyingi bosqichiga nomzodlarni tavsiya etish soha 
mutaxassislaridan tizimlashgan seriyali ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruratini 
keltirib chiqarmoqda. 
Rahbar kadrlarni psixologik baholash, ularga zarur bo„lgan xislatlar 
majmuasini ishlab chiqish, nomzodlarni to„g„ri tanlash masalalarini o„rganish 
an‟anasi ijtimoiy psixologiya sohasida mavjud. Bu sohada amalga oshirilgan ilmiy 
tadqiqotlarning jiddiyligi hamda dolzarbligi – boshqaruv psixologiyasi deb 
ataluvchi mustaqil yo„nalishning yuzaga kelishiga sabab bo„ldi. Rahbar shaxsini 
boshqaruv faoliyatining asosiy bo„g„ini (ob‟yekti) sifatida qator fanlar – 
iqtisodiyot, mehnat sotsiologiyasi, menejment, marketing va boshqalarning – 
predmetlaridan biri hisoblanib, uning turli qirralarini har bir fan o„ziga xos usul 
hamda uslublar yordamida o„rganadi. Lekin bu izlanishlarning deyarli hammasi 
4
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-5368-sonli farmoni // 
https://lex.uz/docs/-3578121
 
5
 
http://minsport.uz
 


15 
tushuntiruvchi va modellashtiruvchi xarakter kasb etib, aslida rahbar shaxsini 
tanlash, saralash, uning faoliyatini o„zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga 
moslashtirish jarayoni ijtimoiy-psixologik tamoyillarga asoslanadi. Afsuski, 
respublikamizda bu yo„nalishda olib borilayotgan ishlar demokratik tamoyillarga 
asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish talablarini yetarlicha hisobga olmayapti.
Shu bois, o„tgan uch yil ichida Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 
bir qator farmon va qarorlar aynan ta‟lim sohasini qayta isloh qilishga qaratilib, 
“....Oliy ta‟lim tizimi o„quv jarayoniga ilg„or xalqaro tajribani keng joriy etish
yangi avlod o„quv adabiyotlarini yaratish va oliy ta‟lim tizimiga keng tatbiq etish, 
oliy ta‟lim muassasalarini zamonaviy o„quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan 
ta‟minlash”
6
kabi masalalar bosh konsiptual g„oya sifatida ularning mazmuniga 
singdirildi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda darslikning asosiy maqsadi ham 
mutaxassislarni boshqaruv psixologiyaning turli sohalari, boshqaruv ilmining 
nazariy-tarixiy asoslari, psixologiya fanidagi boshqaruv muammosi, jismoniy 
tarbiya va sport sohasida ma‟muriy boshqaruv organlari rahbarligiga da‟vogar 
imijini o„zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish konsepsiyasi, 
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ma‟muriy boshqaruv organi rahbarligiga 
da‟vogarning kar‟yerasini rejalashtirish shartlari hamda professionalizmning 
shakllanishiga 
xizmat 
qiluvchi 
boshqaruvchilar 
kompetentsiyasi 
kabi 
masalalarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo„llashga o„rgatishdan iboratdir. 
Uning vazifasi esa, boshqaruv psixologiyasi tarixi, boshqaruv muammosi, 
jumladan, ma‟muriy boshqaruv tizimi hamda professionalizmga oid yangi 
ma‟lumotlarni magistratura tinglovchilari hamda keng kitobxonlar hukmiga 
yetkazishdan iboratdir. Shu jihatdan ham oliy maktabda jismoniy tarbiya va sport 
sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonida “Boshqaruv 
psixologiyasi” fanining roli va o„rni beqiyosdir. 
Muallif 
6
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини янада 
ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-2909-сонли қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами. – 18 (778)-сон, 2017. – Б. 18-24. // 
https://lex.uz/pdfs/3171590
 


16 

Download 3.2 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa

Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish