Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. - Toshkent.: «O‘qituvchi», 1982. ‒
122 b.
2. Azizova A.G., Ikramova R. To‘rtinchi sinfda ona tili darslari. – Toshkent.:
«O‘qituvchi», 1984. Abdulla Qahhor. Sarob. Roman ∕ ∕ Asarlar. Olti tomlik.
Uchinchi tom. Toshkent: “G‘afur G‘ulom”, 1967.
ALISHER NAVOIY VA BOBUR
Elonova Sitorabonu
Buxoro davlat universiteti
Pedagogika instituti o‘zbek tili va
adabiyoti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiy va Bobur hayoti qisqacha e’tirof
etiladi. Ular ijodi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ular ijodidagi o‘xshashliklar
taqqoslanadi. Maqolada bir davrda ikki uslubning qo‘llanishi yorqin asoslab
beriladi.
Kalit soʻzlar: risola, devon, oliy uslub, turkona uslub, nasr, nazm, mafkura.
Har bir shoir o‘z his hayajoni va kechinmalarini jonli hamda yorqin tarzda
aks ettirish uchun ranglardan ham foydalanadi. Talantli shoir ta’bir joiz bo‘lsa,
ranglarni gapirtiradi. Buni tinglovchini to‘lqinlantiradigan darajada aks ettiradi.
Bu ta’riflarning bari buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Bobur ijodida
81
to‘laqonli aks etgan. Ularning barcha asarlari, ruboiy-u g‘azallari kitobxonning
yuragiga ta’sir eta oladi.
Alisher Navoiyning ideal hukmdor haqidagi orzu-o‘ylari Boburning
faoliyatida muayyan darajada aks etgan.Bobur Temuriylar saltanatini qayta
birlashtirish uchun bor kuch-qudrati bilan harakat qiladi. Ammo toj-u taxt uchun
kurashda muxolifatdagi kuchlar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Keyinchalik o‘zi tuzgan
,,Buyuk imperiya’’ da islohotlar o‘tkazgan va mafkurasini mustahkamlagan.
Buning nazariy asoslarini yaratish maqsadida diniy-falsafiy asarlar , harb ishiga oid
kitoblar yozgan. ,,Mubayyin” va qator risolalari bunga dalil bo‘la oladi.
Alisher Navoiygacha ham o‘zbek yozma adabiy tili muayyan darajada
shakllangan, she’riyatda ham muayyan an’analar mavjud edi. G‘azal mulkining
sultoni Alisher Navoiy turli mavzudagi asarlari, g‘azal va ruboiylari orqali o‘zbek
adabiy tilini rivojlantirdi. U buning uchun o‘zbek shevalaridan keng foydalandi,
mavjud adabiy maktablar an’analarini o‘zlashtirib yagona o‘zanga soldi.
Navoiyning o‘zbek tilida yozish haqidagi tashviqot va targ‘ibotlari o‘z davrida u
kutgan darajada muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, ammo o‘zbek adabiyotining
bundan keying taraqqiyotida juda kata ijobiy rol o‘ynadi’’.
Zahriddin Muhammad Bobur Navoiyning ,,Oliy uslubi’’ ga taqlid
qilmasdan, u barcha asarlarini oddiy turkona ruhda yozgan. G‘azal va
ruboiylaridagi uslub ham juda sodda, kitobxonning yurak-yuragiga singa oladi,
o‘z ta’sirini namoyon qila oladi. Buning sababi Bobur qalbidagi g‘am-anduhni,
dardni to‘laqonli ochib, aniq va ravshan ifodalay olgan. Uning quvonchli
kunlaridan-da, alamli kunlari ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun ham Bobur
she’riyatida iztirob motivi yetakchilik qiladi.
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi,
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
82
Ushbu ruboiyda Bobur o‘z yurtini tashlab ketganligi xato bo‘lganini ta’kidlaydi,
diyori sog‘inchi har lahzada qiynayotganini e’tirof etadi. Quyidagi g‘azali ham
kitobxonga ilk daf’ada ta’sir ko‘rsata oladi:
G‘urbat tug‘i yopqon ruxi zardimnimu dey?
Yo hajr chiqarg‘on ohi sardimnimu dey?
Holing ne durur? Bilurmusen, dardimni?!
Holingni so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey!
Bobur o‘ziga ustoz deb bilgan Navoiy ijodini chuqur ixlos bilan o‘rgangan,
ko‘pgina g‘azallarini yod olgan. Bobur Navoiyga maktub yozib, unga o‘z ijod
mahsulini qo‘shib jo‘natadi. Intiq kutishlardan so‘ng Navoiydan javob maktubi
keladi. Ammo Boburga Navoiy bilan yuzma-yuz ko‘rishish nasib etmaydi. Bobur
va Navoiy ijodi bir davrda turli usullar mavjud bo‘lishining yorqin namunasidir.
Navoiy g‘azallari mavzu va mazmun e`tibori, voqeabandlik darajasiga ko‘ra har
xil. Bobur g‘azallari xususida ham shunday deyish mumkin.
Navoiy nimaga e’tibor qaratmoqchi bo‘lsa, asar davomida o‘quvchi
diqqatini bot-bot o‘sha nuqtaga jalb qiladi, ana shu maqsadga yetkazadigan
so‘zlardan qayta-qayta foydalanadi. Shunday holat Bobur g‘azallarida ham
mavjud. Bunga quyidagi g‘azal misol:
Quyoshim har sorig‘a azm qilsa, zarraye qolmon,
Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin, kun ko‘ra olmon.
Oningdek bo‘lmisham hayron quyosh yanglig‘ yuzungakim,
Quyoshdek nayzalar tegsa ko‘zumga ko‘z ola olmon.
Agarchi yor ishqi notavon ko‘nglimga o‘t soldi,
Vale, men notavon ul yor ishqida ko‘ngul solmon.
Ibodat vaqti bo‘lsa, har necha mehrob o‘trumda,
Qoshin naqshin tasavvur qilmag‘uncha, yerga bosh cholmon.
83
G‘azalda shoir quyosh, yor ishqi kabi so‘zlarni qayta-qayta ishlatadi. G‘azal
misralari bir-biri bilan mazmunan mustahkam bog‘langan. G‘azaldan shunday
ma’no anglashiladi:
Quyoshim (ya’ni yorim) qay tomon yurar bo‘lsa, men undan zarra ham ortta
qolmayman, nega desangiz, agar undan ayrilar bo‘lsam, kun ko‘rolmayman.
Quyosh yuzingga shunchalar hayron bo‘lamanki, quyosh nurlari go‘yo nayza
bo‘lib ko‘zimga sanchilsa ham undan ko‘z uzolmayman.Yor ishqi notavon
ko‘nglimga garchi o‘t soldi, ammo men notavon yor ishqida ko‘nglimni xotirjam
qila olmayman.
Ibodat vaqti bo‘lsa-yu mehrob qarshisida tursam yor qoshining naqshini
tasavvur qilmaguncha, sajda uchun bosh qo‘ya olmayman.
Ey Bobur, agar bu she’ring Iroq va Eronga yetib borsa, Hofiz uni yod olib,
Salmon e’zozlaydi.
Navoiyning ijodida nasr va nazm aralash tarzda bitilgan ruboiyi mavjud:
Gardun gah manga jafo-u dunliq qildi,
Baxtim kibi, har ishda zabunluq qildi,
Gah kon sari rahlamunluq qildi,
Alqissa, base buqalamunluq qildi.
Bu ruboiyda hasbi hol xususiyati mavjud. Bobur va Navoiy ijodida hasbi hol
janri ustunlik qiladi. She’r bu janrning taronayi ruboiy turiga kiradi. Ruboiyni
tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi misrada gardun deyilganda shoir nazdida taqdir
nazarda tutilgan. Taqdir har ishda unga shikast yetkazgani aytilgan. Boburning bir
ruboiysiga hamohang, ya’ni:
Har ishniki o‘yladim xatolig‘ bo‘ldi.
Ushbu ruboiyning tub mag‘zida hayotga muhabbat bor. Shoir bu ruboiy
orqali inson taqdirining buqalamunligidan ustun kela olishi lozimligi g‘oyasini
ilgari surgan.
84
Boburning ,, Koshki” radifli g‘azali bor. Lutfiy ham, Navoiy ham xuddi
shnday radifli g‘azal yozgan.
Navoiy g‘azalida:
Ochmag‘ay erdijamoling olam aro koshki,
Solmag‘ay erdi bari olamg‘a g‘avg‘o koshki
deyilgan bo‘lsa, bobur g‘azalida yangi fikr-mulohaza, o‘zgacha hissiyot- armon-
pushaymonlik hissi ifodalanadi:
Ko‘rmagay erdi jamoli olam aro koshki,
Bo‘lmag‘ay erdim bari olamg‘a rasvo koshki.
Ixtiyor et o‘zga ish, Boburki, hosil bo‘lmag‘ay
Ishqu vaslu aysh ila ishrattin illo, koshki.
Bulardan kelib chiqib Bobur ijodi Navoiy ijodiga o‘xshaydi, deb ayta
olamiz. Lekin adabiy ta’sir masalalari doirasida Navoiy va Bobur ijodi o‘rganilsa,
adabiyotshunoslikda yangilik bo‘ladigan bir qator to‘xtamlarga kelish mumkin.
|