0 ‘SIMLIKLAR TO Q IM A LA R I
(GISTOLOGIYA)
Nr'*
Deyarli bir xil tuzilgan va muayyan bir vazifani bajaradigan hu
jayralar yig‘indisi to ‘qima deyiladi. 0 ‘simliklar
organizrhi har xil
to ‘qimalardan tashkil topgan. Yosh - embrional hujayralar meri-
stema deb ataladi. Meristema hujayralari bir-biriga o‘xshash hu-
jayralardan tuzilgan va bo ‘linib hujayralar hosil qiladi. Bu hujayra
lar asta-sekin o ‘zgaradi, har xil tuzilish va shaklda bo4gan doimiy
to ‘qimalami hosil qiladi. Masalan, ovqatlanishda
xizmat qiladi-
gan to‘qimalar guruhiga assimilatsion, shimuvchi, o ‘tkazuvchi,
zaxira moddalar to'plovchi to ‘qimalar kiradi.
Himoya qiluvchi
to ‘qim alargaesa m exanikvaqoplovchi to ‘qimalar kiradi. Bu doimiy
to ‘qimalar meristemadan hosil bo‘lgan. Shu sababli to‘qimalami
meristemadan boshlab o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
11- mashg'ulot.
Hosil qiluvchi to‘qima - meristema
Kerakli asbob va materiallar: mikroskop,
tayyor mikropre-
parat, lupa, mayda asboblar, skalpel, suv, xlorgidrat, metilen k o ‘ki,
elodeya o ‘simligining o ‘suv konusi.
Umumiy tushuncha: Meristema bo‘linish yo‘li bilan yangi hu
jayralar hosil qiladigan to‘qima b o ‘lib, ular doimo bo‘linish xu-
susiyatiga ega. Bo‘linish xususiyatini doimiy saqlaydigan hujay
ralar boshlang‘ich hujayralar deb ataladi. Dastlabki hujayralaming
bo‘linishi natijasida meristema hosil b o iad i. Meristema o ‘simlik
tolasining ko‘p qismida uchraydi. 0 ‘simlik tanasida bir necha xil
meristema bo‘ladi.
Uchki (apikal) meristema, odatda, o ‘simliklar poya va ildizning
uchki qismlarida joylashgan bo‘lib, ulaming uchidan bo‘yiga
o‘sishini ta ’minlaydi, b a’zan
birin-
chi (boshlang‘ich) meristema deb
ham ataladi. Yon meristemalar - la-
terial
meristemalar
o ‘simlikning
yon organlarida
parallel joylashgan
bo‘lib, organlaming eniga o ‘sishini
ta’minlaydi yoki ikkilamchi meri
stema - kambiy deb ham ataladi.
Oraliq, interkalyar va travmatik meri
stema o ‘simlik tanasining jarohatlan-
gan yerida boshqa meristema yoki
to ‘qimalardan hosil bo‘ladi va jaro-
hatlangan joyini tiklaydi.
Meristema
hujayralarining shakli, tuzilishi, joylashishi va baja-
radigan vazifasi ham bir-biriga o ‘xshash.
Ularning shakli izodia-
metrik, tomonlari bir-biriga teng, hujayra oraliqlari yo‘q, hujayra-
lar yupqa po‘st bilan o ‘ralgan, hujayra
ichida quyuq sitoplazma va
o ‘rtada bitta katta yadro joylashgan; xloroplastin rangsiz. Meriste
ma hujayralari doimiy bo ‘linib turadi. Hosil bo‘lgan hujayralaming
hammasi yoki ko‘pchiligi asta-sekin doimiy to ‘qimalarga aylanib,
hosil qilish - meristematik xususiyatini saqlaydi.
0 ‘sish konusida joylashgan apikal meristemadan hosil bo ‘lgan
barcha to ‘qimalar birlamchi to ‘qimalar deb ataladi.