uchraydi. Kristallar vakuo-
lalarda ko‘proq, sitoplazma
va hujayra p o ‘stlarida esa
ozroq bo ‘ladi.
Kristallar, asosan, chiqin-
di hisoblanadi, b a’zi hol-
larda esa moddalar alma-
shinuvi jarayonida ishtirok
etadi.
0 ‘simlik hujayrasida uch
xil: sodda (kubik, prizma,
romb, trapetsiya shaklida);
murakkab (druz) va ig-
nasimon (rafid) kristallar
uchraydi.
Ish tartibi. Piyozning
sirtqi quruq po‘sti olinib, qaychida bir necha mayda bo ‘lakka
bo‘linadi va bo‘laklar glitserin eritmasi aralashtirilgan suvga soli-
nadi. Hujayralari orasidagi havoni chiqarib yuborish uchun piyoz
po‘sti qaynatiladi. Shundan keyin u buyum oynachasidagi glitserin
tomchisiga solinadi va ustini qoplagich oyna bilan berkitilib, av-
val kichik obyektivda, keyin katta obyektivda ko‘rib tekshiriladi.
Mikroskopning mikrovintini yuqoriga yoki pastga burash yo‘li bi
lan hujayrada har xil (romb, krest, trapetsiya va hokazo) shakllarda
rangsiz, yaltiroq kristallar (oksalat kislotaning kalsiy tuzlaridan
iborat kristallar) borligini ko‘rish mumkin. Agar unga xlorid kislota
tomizilsa, oksalat kislotaning kalsiy tuzlari erib ketganini ko‘ramiz
(8- rasm).