• Meyoz (reduksion) b o ‘linish.
  • Piyoz ildizi hujayrasining mitoz yo‘li bilan boMinishini kuzatish Kerakli asbob va materiallar
  • Ish tartibi.
  • Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/118
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,97 Mb.
    #104324
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
    Bog'liq
    Botanikadan amaliy mashg\'ulotlar. Mo\'minov M

    Kariokinetik (mitoz) b o ‘linish. Bu usul bilan bo‘linish 
    o ‘simliklarda keng tarqalgan bo ‘lib, u to‘rtta fazadan: profaza, 
    metafaza, anafaza va telofazadan iborat.
    Kariokinetik bo‘linish poyaning o‘suv nuqtasida va ildiz uchlari-* 
    da, barg bandining tagida ro ‘y beradi.


    Hujayralaming bu xilda bo ‘linishi bir necha marotaba takror- 
    lanadi va shu yo‘l bilan ko‘p hujayrali organizm paydo bo ‘ladi. 
    Meyoz bo‘linish natijasida xromosoma miqdori o‘zgarmaydi, y a’ni 
    hosil bo‘lgan yangi hujayra xromosomasi ona hujayra xromosoma- 
    si bilan bir xil miqdorda bo‘ladi. Bo‘linish vaqti tashqi sharoit va 
    o ‘simlik turiga qarab bir-ikki soat davom etadi, ba’zan esa besh-olti 
    soatga cho‘zilishi mumkin.
    Meyoz (reduksion) b o ‘linish. Bu usulda bir yillik o ‘simliklar 
    bir marta, ko‘p yillik o ‘simliklar hayotida har yili, gullash davrida 
    sodir bo‘lishi bilan hamda xromosomalar miqdorining 50 foizga 
    qisqarishi bilan mitoz bo‘linishdan farq qiladi.
    9- mashg'ulot.
    Piyoz ildizi hujayrasining mitoz yo‘li bilan 
    boMinishini kuzatish
    Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, piyoz ildizchasidan 
    tayyorlangan doimiy mikropreparat.
    Umuntiy tushuncha. Mitoz bir-biri bilan uzviy bog‘liq to ‘rtta 
    faza: profaza, metafaza, anafaza va telofazadan iborat.
    Profaza, y a ’ni boshlang‘ich faza mitozning birinchi fazasi 
    bo‘lib, bunda yadrodagi xromatin ipchalarining miqdori ikki baro- 
    barga ortadi va xromatin ipchalaridan xromosomalar shakllanadi.
    Metafaza mitozning ikkinchi fazasi bo‘lib, bunda xromosomalar 
    hujayraning markaziga joylashadi va har qaysi xromosoma uzuna- 
    siga teng ikkiga boMinadi. Bunda xromosomalar soni ikki barobar 
    ortadi, masalan, 6 ta o'm iga 12 ta xromosoma hosil bo‘ladi.
    Anafazada ingichka iplardan iborat urchuq (vereteno) paydo 
    bo‘ladi. So‘ngra xromosomalaming hujayra qutbiga tomon siljish 
    hodisasi yuz beradi. Xromosomaning yarmi hujayraning bir qut­
    biga, ikkinchi yarimi ikkinchi qutbiga tortilganligi uchun aniq 
    ko‘rinib turadi.


    7- rasm. MitQZ sxemasi:
    1 - interfaza; 2, 3, 4 - profaza; 5 - metofaza; 6 - anafaza; 7, 8, 9 - telofaza; 10 - sitokinez.
    Telofazada ikkiga ajralib ketgan xromosomalar mayda donacha- 
    larga bo'linib ketadi. Donadorlik asta-sekin kamayadi va butunlay 
    yo‘qolib, yadro moddasiga aylanadi, yadrochalar va yadro po‘stlari 
    yangidan paydo bo‘ladi. Bunda ikkita yangi yadro va hujayra hosil 
    bo‘ladi (7- rasm).
    Ish tartibi. Piyoz ildizining o ‘suv konusidan uzunasiga kesib 
    olingan kesmasidan meristema (hosil qiluvchi) to ‘qimasini ko‘rish 
    mumkin. Bu to ‘qima yadrosida karnokinetning bo‘linish hodisa- 
    sining hamma fazasi ro ‘y beradi. Mikroskopning kichik qilib 
    ko‘rsatadigan obyektivi orqali ko‘rilganda ildizning uchi konussi- 
    mon ildiz g ‘ilofi bilan qoplanganligini ko‘ramiz, bu g ‘ilof ildizning 
    uchki nozik qismini shikastlanishdan saqlaydi. G ‘ilof ostida meri­
    stema to ‘qimaning parenxima hujayralari bir qator b o iib zich 
    joylashadi; bu hujayralar yadrosi yirik va sitoplazmasi ancha quyuq 
    bo‘lib, ulardan b a’zilari tinch holatda, b a’zilari esa bo4inishning 
    har xil fazalarini kechirayotgan bo‘ladi. Mikroskopning katta qilib 
    ko‘rsatadigan obyektivi orqali bo‘linayotgan hujayralarining to ‘rtta 
    fazasini ko‘rish mumkin.



    Download 3,97 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar

    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish