• Nazorat savollari
  • Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/118
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,97 Mb.
    #104324
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
    Bog'liq
    Botanikadan amaliy mashg\'ulotlar. Mo\'minov M

    Ish tartibi. Elodeya poyasining uchki qismi - o‘sish konusi yosh 
    barglari bilan o ‘ralgan b o ‘ladi.
    0 ‘sish konusining alohida ko‘rib tekshirish uchun elodeya 
    poyasining uchidan 1 sm uzunlikda qaychi bilan qirqib olib, buyum 
    oynasidagi bir tomchi suvgajoylashtiriladi va to ‘g ‘rilovchi igna bi­
    lan ikkala poya bargidan tozalanadi. Yalang‘ochlangan poyaning 
    uchki konusi skalpelda kesib olinib, suv tomchisiga joylashtiriladi 
    va ustiga qoplagich oyna yopilib, mikroskopda tekshiriladi. Poya­
    ning eng uchki qismi konussimon, yumaloq bo‘lib, hech qanday 
    o‘simtalar ko‘rinmaydi. Bu qism o ‘sish konusi — meristema d e b ' 
    ataladi.


    Obyektni aniqroq k o iis h uchun xloral gidrat suvi tomchisidan 
    tiniqlashtirib metilen k o ‘kida bo‘yab ko‘rish mumkin.
    Eng tashqi - birinchi qavat hujayralar qatlami dermatogen deb 
    atalib, keyinehalik bu qavatdan epiderma to ‘qimasi hosil bo ‘ladi. 
    Dermatogen ostidagi bir necha qavat hujayralar qatlami periblema 
    deb ataladi, bu qavatdan kelajakda poya p o ‘stloq to ‘qimalari hosil 
    b o ‘ladi. Markaziy qismni tashkil etgan hujayralar qatlami pleroma 
    deb ataladi. Poyaning markaziy qismi (stel) yoki markaziy silindmi 
    tashkil etgan to ‘qima (o‘tkazuvchi, mexanik va boshqa)Iar rivojla- 
    nadi. Lekin bu qavatlar orasidagi chegaralami juda yupqa va bir 
    tekis kesmalardan tayyorlangan mikropreparatdagina aniq ko‘rish 
    mumkin. Poya o ‘sish konusining rasmi ish daftariga chizib olinadi.
    Nazorat savollari:
    1. To‘qima deb nimaga aytiladi va ular qanday xillarda boiadi?
    2. Meristema qanday xillardan iborat?
    3. 0 ‘suv konusi qanday qismlarga bo‘linadi?
    Qoplovchi to‘qimalar
    Qoplovchi to ‘qimalar o ‘simlik organlarining tashqi tomondan 
    o ‘rab turuvchi hujayralar guruhidan iborat bo ‘lib, ular mexanik 
    ishqalanish, bakteriya va zamburug‘laming zararlanishidan saqlay- 
    di, y a ’ni himoya vazifasini bajaradi. Qoplovchi to ‘qimalar kelib 
    chiqishiga ko ‘ra birlamchi va ikkilamchi b o iad i.
    Birlamchisi epiderma, ikkinchisi esa po ‘kak va po ‘stloq deyi­
    ladi. Epiderma bir-biriga zich joylashgan tirik parenxima hujayra- 
    lardan iborat bo ‘lib, o ‘simliklaming barcha yosh qismlarini qoplab 
    turadi. Epiderma hujayralaming qiyofasi notekis b o iib to ‘g ‘ri bur- 
    chakli to ‘rtburchak, besh-oltita va undan ortiq ko‘pburchak hamda 
    noto‘g ‘ri burchak (egri-bugri) shaklda zich joylashgan. Hujayra 
    tarkibida sitoplazma, yadro b o iib , p o ‘sti sellulozadan tarkib top- 
    gan, hujayrasining tashqi po ‘sti ichki po ‘stidan qalin b o iad i.


    Epidermis o‘simliklaming yashash muhitiga qarab mumsimon- 
    moysimon yod kukuni bilan qoplangan bo ‘lib, yaltiroq tashqi qavat 
    hosil qiladi. Kutikula o ‘zidan havo va suvni o ‘tkazmaydi hamda 
    o‘simlikdan suvning bug‘lanib ketishini sekinlashtiradi. Havo al- 
    mashishi va suvning bug‘lanishi alohida og‘izchalar (ustitsalar) 
    orqali ro ‘y beradi; og‘izchalar epiderma hujayralari orasiga joylash­
    gan bo ‘lib, u yumaloq va ochilib turadigan ikkita loviyasimon 
    qoplovchi hujayradan iborat; og‘izcha ostidagi havo bo‘shliqqa 
    to‘planadi, bo ‘shliq esa o ‘simlikdagi ichki to ‘qimalarning hujayra­
    lari oralig‘iga borib qo‘shiladi. Qoplovchi hujayralar po ‘sti har 
    xil, ya’ni og‘izcha teshikchalari tomon joylashgan po‘sti boshqa 
    qismlariga nisbatan qalinroq tuzilgan. Bu hujayralar tarkibida 
    xloroplastlar mavjud bo‘lishi bilan epiderma hujayralaridan farq 
    qiladi. Qamrovchi hujayralar atrofida o‘mashgan epiderma hujay­
    ralari og‘izcha yon hujayralari deyiladi. Epidermis ustida mayda 
    to‘nchalar va barglar b o iib , ular epidermis hujayralarining tashqi 
    muhitga tomon o ‘sgan o ‘simtasidir. Ular kutikula kabi suvni ortiq- 
    cha bug‘lanishdan, o ‘simlikni noqulay sharoitdan saqlaydi. Tuklar 
    har xil shaklga ega bir va bir nechta hujayrali bo ‘ladi. B a’zi tuk- 
    laming uchi pufakchasimon yumaloq bo ‘lib, zaharli moddalar, efir 
    moylari va boshqa moddalami saqlaydi.
    12- mashg'ulot.

    Download 3,97 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar

    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish