Декабрь 2020 21-қисм




Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana19.10.2022
Hajmi1.88 Mb.
#27548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
21.Kimyo yunalishi 1 qism
3. Электрон почта очиш, Мавзу педагогикани ўрганиш зарурати, 3 oylik reja 2022, pedagoglarda-kreativlik-sifatlarini-rivozhlantirishning-muammolari-va-samarali-y-llari, masofaviy talim haqida, Strategic Network Planning for, Hisobot 2 oxiriA.D, bozor munosabatlari sharoitida sanoat korxonalari faoliyatining, БМИ СОЛИЕВ 19.12.2023 (2), Yangi test
Декабрь 2020 21-қисм
Тошкент
bunday ta’limning samaradorligi ham, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi ham yuqori 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 
maktabda kimyo fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ham aynan o‘rganayotgan 
tushuncha, yoki bilimni qayerda ishlatilishi mumkin ekanligi qiziqtirishini sezamiz. masalan, 
9-sinflarda organik kimyodan mavzularni tushuntirar ekanmiz, har bir sinf vakillari aynan xalq 
xo‘jaligi va turmushumizning qaysi sohasida ishlatilishini tushuntirish lozim. Keyingi darslarda 
o‘quvchilar alkanlarning kimyoviy yoki fizik xossalarini eslab qololmasliklari mumkin, biroq, 
ularning aksariyat qismi biz ishlatadigan zangori olov, tabiiy gaz tarkibida uchrashini eslab 
qoladilar. 8-sinflarda “fosfor” mavzusini o‘qitar ekanmiz, ularga shulalanadigan oq fosfor va 
undan turmushda foydalanish haqida, 7-sinflarda “Tuzlar” va “kislotalar”, 10-sinflarda “spirtlar” 
mavzularini o‘qitar ekanmiz ularning turmushda qo‘llanilishi haqida tushunchalar berib borsak 
maqsadga muvofiq bo‘lardi. xalqaro Pisa tadqiqotlarida berilgan topshiriqlar orasida uzoq yillar 
ochiq havoda turgan marmar haykallarning sifati o‘zgarganligi haqida topshiriq berilgan. buning 
asosiy sababi kimyo korxonalaridan chiqadigan zaxarli gazlar ta’sirida kislotali yomg’irlarning 
yog’ishi ekanligidir. shunga o‘xshash hayotiy muammoli topshiriqlarni darslar davomida berib 
borish o‘quvchilarni nafaqat fanga qiziqtiradi, balki ularni hayotga ham tayyorlaydi. 
Ta’lim sohasida olib borilayotgan statistik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda 
o`quvchilarda o`quv predmetlari bo`yicha faqatgina bilim, ko`nikma va malakalarga ega 
bo`lishning o`zi yetarli emasligi ma`lum bo`lmoqda. Kompetentlikka yo‘naltirilgan kimyo 
darslarini tashkil etishda asosan darslikdagi bilimlarga tayangan turli axborot vositalardan olingan 
ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
xulosa qilsak, tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini bir darsning o‘zida 
shakllantirish uchun o‘qituvchidan yuqori bilim va mashaqqatli tayyorgarlik talab etiladi. Kimyo 
darslarini samarali tashkil qilishda kompetensiyaviy yondashuv asosidagi takomillashgan o‘quv 
dasturi va taqvim-mavzuviy rejalarining qabul qilinishi, o‘qituvchining har bir darsga tayyorgarlik 
asnosida ana shu darsida kompetensiya elementlarini qo‘llay borishi ayni muddao bo‘ladi.
foydalanilgan adabiyotlar
1. umumta’lim maktablari kimyo fani darsliklari.
2. asqarov i.r. va boshq. “maktabda kimyodan amaliy mashg’ulotlar”. 
3. www.tadqiqot.uz 


18

Download 1.88 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish