|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee service Pdf ko'rish
|
bet | 136/157 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 4,42 Mb. | | #154851 |
Bog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
141
Demak, interferentsiya holatlarida til o’rganuvchi ikki tildagi ba’zi qoidalarini yoki
xususiyatlarini o’zaro aralashtirib yuboradi va natijada uni nutqda qo’llashda g’aliz
yoki jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yadi. Bizning nazarimizda, xorijiy tillarni
o’rganishda “interferentsiya” so’ziga o’rganuvchining birinchi til bo’yicha bilimlari
va ko’nikmalarining ikkinchi tilni o’rganishiga “salbiy ta’sir qilishi”, ulardagi o’ziga
xosliklarni “aralashtirib yuborish” yoki “adashtirib yuborish” deb ta’rif berish
mumkin.
Metodika fani til o‘rganishdagi yuzaga keluvchi interferentsiyani o‘rganishni, ularni
yuzaga keltiruvchi omillarni aniqalashni va shu orqali ingliz tilida gapirishda paydo
bo‘luvchi muammollarning oldini olishni maqsad qiladi. Shuningdek, metodika
o‘rganilayotgan til va birinchi til o‘rtasidagi ijobiy ta'sir (transpozitsiya),
o‘xshashliklardan ingliz tilini o‘rgatish jarayonini tezlatuvchi, samarali o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil qilishda qo‘llaniluvchi vosita sifatida foydalanishni
o‘rganadi. Demak, pedagog xodim interferentsion holatlarni kamaytirish uchun,
avvalo, o‘rganuvchilarning birinchi tili va ingliz tili o‘rtasidagi o‘xshash va
noo‘xshash xususiyatlarni yaxshilab o‘rganishi lozim, so‘ng o‘z auditoriyasi uchun
samarali usullarni ishlab chiqishi ker
ak bo‘ladi. Bu borada ko‘pgina olimlarning til
interferentsiyasi yuzasidan ilmiy ishlar qilishgan.
Tilshunos olimlar til interferentsiyasi yuzasidan o‘zlarining tasniflarini taklif
qilishgan bo‘lsada, hozirgacha bu xususida to‘laqonli to‘xtamga kelingani yo‘q.
V.V. Alimov tarjimashunoslik sohasida yuzaga keluvchi interferensiyalar
xususidagi izlanishlari e'tiborga molikdir. Olim ingliz, fransuz va rus tillari bo‘yicha
tarjimalarda uchraydigan interferentsiyalarni o‘rganib, ularni quyidagicha
tasniflaydi: a) tovushga oid (fonetik, fonologik, tovush hosil qilishga oid); b)
orfografik; v) grammatik (morfologik, sintaksisga oid, tinish belgilariga oid); g)
leksik; d) stilistik; ye) til ichidagi interferentsiya
3
.
A.E. Bokovnya esa tildagi interferension holatlarni jarayon sifatida tasniflaydi (
1-rasmga qarang).
3
. Алимов В.В. 1998. Явление лингвистической интерференции при изучении специального
перевода: На прим. рус., англ. и фр. яз в воен., техн. и юрид. пер. (диссертации).
|
| |