|
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|
bet | 12/23 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #264187 |
Bog'liq bNcRQ5Lrσ-, π - Bog’lar. σ-Bog’ - bog’lanayotgan atomlarning yadrolarini bog’lovchi
o’q bo’ylab s-, p- va gibrid AO larining o’zaro qoplanishidan hosil bo’lgan
kovalent bog’dir.
π-Bog’ – gibridlanmagan r-atom orbitallarining yon bosh bo’ylab
qoplanishidan hosil bo’layotgan kovalent bog’dir; Bunday qoplanish atom
yadrolarini bog’lovchi o’qdan tashqarida sodir bo’ladi.
• π-Bog’lar σ-bog’ bilan bog’langan atomlar o’rtasidagina vujudga keladi,
bunda qo’sh bog’lar va uch bog’lar hosil bo’ladi.
• π-Bog’ σ-bog’dan kuchsizroq, sababi, r-atom orbitallari bir-birini to’liq
qoplamaganligidadir;
• σ- va π-molekulyar orbitallarning turli tuzilishi σ- va π-bog’larning o’ziga
xos hususiyatlarini belgilaydi;
• σ-Bog’ π-bog’dan mustahkamroq, bunga sabab atom orbitallarining bog’
o’qi bo’yicha bir muncha samarali qoplanishida va σ-elektronlarning yadrolar
o’rtasida joylashishidadir;
• σ-Bog’lar bo’yicha atomlarning ichki molekulyar aylanishi imkoniyati
mavjud, chunki σ-MO shakli bunday aylanishning uzilishsiz sodir bo’lishiga
imkon beradi. (σ + π) Qo’sh bog’ bo’yicha esa π-bog’ning uzilishisiz aylanish
mumkin emas;
• Yadrolararo fazodan tashqarida bo’lgan π-MO larda joylashgan elektronlar
σ-elektronlarga nisbatan ko’proq harakatchanlikka ega. Shuning uchun
π-bog’ning qutblanuvchanligi yuqori hisoblanadi. Orbitallarning bir-birini qoplashi samarali sodir bo’lsa, kovalent bog’ hosil bo’lishida atom orbitallarining gibridlanishi ro’y beradi.
Uglerod atomining gibridlanishi uning qo’zg’algan holati bilan bog’liq, ya’ni
2-s obitaldan elektronni 2-p orbitalga o’tishi bilan sodir bo’ladi:
Uglerod atomining qo’zg’almagan (a) va qo’zg’algan (b) holati
sp-Gibridizastiya (chiziqli holat). Bitta s- va bitta p-orbital qo’shilib180 0C burchak ostida ikkita bir xil sp-orbitalni bir o’q bo’ylab hosil qiladi;
• p-Orbitallar birikmalarda ikkita π-bog’ni hosil qiladi;
• 2-Davr elementlari uchun sp-gibridizastiya quyidagi sxemaga ko’ra amalga
oshadi: 2s + 2px= 2 (2sp) • 2py- va 2pz atom orbitallari o’zgarmay qoladi.
sp-Gibridizastiya: atom orbitallarining fazoviy joylashishi
Uglerod atomining sp-gibridlangan
h olatdaga tuzilishi
Atomlari sp-gibridlangan molekulalarning
tuzilishini ularning modellari namoyon qiladi :
25 – rasm. Atomlari sp-gibridlangan molekulalarning tuzilishini ularning
modellari namoyon qiladi: astetilen va metilastetilen
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
E. Yuzlikayeva 20l5-yil 5110300 -“Kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishi bakalavriat talabasi Rustamov Suxrob Fozilovichning
|