• 3.1.Uzumdan u yoki boshqa turdagi vino olish uchun qayta ishlashda texnologik jarayonlam i qo‘llash
  • H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/359
    Sana11.06.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #262679
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   359
    Bog'liq
    BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

    Nazorat savollari
    1. Ishlab chiqarish inshootlari qanday bo‘lim va sexlardan tashkil topgan?
    2. Vinolami yetilishi uchun saqlash xonasidagi haroratning roli qanchalik?
    3. Vinoni saklash xonasida shamollatishning roli qanday ahamiyatga ega?
    4. Nima sababdan vino maxsulotlari yog‘och idishlarda saqlanadi?
    5. Vinoni temir-betonli rezervuarlarga ishlov berish haqida ma’lumot bering.
    6. Vinoni bijg‘ishi va saqlash uchun sopol ko‘zalar haqida ma’lumot bering.
    7. Nima sababdan vinochilik ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan metall 
    rezervuarlar nazorat qilinadi?
    8. Vino ishlab chiqarishda qo‘llaniIadigan har xil texnologik hajmlami 
    baholang.
    9. Bochkalami vino qo‘shishga tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
    10. Hozirgi davrda vino ishlab chiqarishda metall rezervuarlar turlari, tuzilishi 
    va ulardan foydalanish tartibi qanday?
    37


    3-bob. U Z U M D A N S H A R B A T A JR A T IB O L IS H T E X N O L O G IY A S I
    3.1.Uzumdan u yoki boshqa turdagi vino olish uchun qayta ishlashda
    texnologik jarayonlam i qo‘llash
    Uzumdan u yoki boshqa turdagi vino olish uchun qayta ishlashda texnologik 
    jarayonlami qoilash, asosan uzum boshlari tarkibiy qismlarini turlicha 
    foydalanishdan iboratdir.
    Uzumdan vino olishda dastlab uni ezish lozim. Ezilgan uzumdan oq vino olish 
    uchun odatda bandlari ajratiladi, g'ujum lar shibbalanadi, pressdan oqayotgan 
    sharbatni bochka yoki butlarga joylanadi va bijg'itish boshlanadi. Uzumning 
    ko‘pchilik qizil navlari sharbati rangsiz, shuning uchun ko'rsatilgan usulda ishlov 
    berilsa qizil uzumlardan ham oq vino tayyorlasa bo'ladi.
    Uzumning qizil (qora) navlaridan qizil vinolar olish uchun xom ashyo eziladi 
    va bandlari ajratiladi, ezilgan g‘ujumlar (bo‘tqa) chanlarga joylanadi va bijg‘itiladi. 
    B ijg‘ishda g'ujum p o ‘stidagi rang beruvchi moddalar vinoga o'tadi va unga tus 
    beradi.
    Oq va qizil vinolar olishning bunday sxemalari birdan-bir emas. Vinoga 
    beriladigan sifatlariga qarab, uzumni qayta ishlash usullari ham o'zgaradi.
    Agar, yuqori oshlovchi moddalarga ega vinoni olish istalsa, qizil va oq 
    vinolami bandlari bilan bijg'itiladi. Bu hollarda bandlar bo'tqadan ajratilmaydi. 
    Xuddi shu usulda kaxetin vinolari tayyorlanadi.
    Odatda oz ekstraktiv janubiy Fransiyada vino olishda, shuningdek oq vinolami 
    bijg‘itishda bandlaming b a’zi qismlari qo'shiladi.
    Shampan vinolarini olishni boshlang‘ich bosqichida uzum boshlari ezilmasdan 
    va bandlari ajratilmasdan pressga joylanib, ulardan sharbat olinadi. Shampan deb 
    atalmish bu usul ho'raki vino olishda qo‘llaniladi.
    Ho'raki va desert vinolari tayyorlash texnologik sxemalarining asosiy farqi 
    birinchilari to‘liq, ikkinchilari qisman uzum sharbatni bijg‘itish natijasida olinadi. 
    Desert va kuchaytirilgan vinolar tayyorlashda, shuningdek spirt qo'shiladi. Ho'raki 
    vinolari olishda spirt qo'shish taqiqlanadi.
    U zum ni q ay ta ishlashda qabul qilish. Y ig'ilgan uzum hosilini vinozavodga 
    imkoni boricha tezda yetkazish va qayta ishlash zarur. uzumni ketma-ket joylash, 
    tashish va tushirishda g'ujumlami qisman shikastlanishi ro 'y beradi. Ularda oqib 
    chiqadigan sharbat turli ayniqsa sirka bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit 
    hisoblanadi. Undan tashqari, g'ujum lam i sharbat bilan namlangan yuzasida 
    m og'orlar tez rivojlanadi, oqibatda uzum shirasini yo'qotadi va vinoga o'tadigan 
    yoqimsiz qo'lansa ta’m beradi.
    Oziq-ovqat sanoati korxonalarida amaldagi uzumni yig'ish va qayta ishlash 
    qo'llanmalari uzumni yig'ishdan to uni qayta ishlashgacha muddat 4 soatdan 
    oshmasligini talab qiladi.
    Birlamchi vinochilik korxonasiga keltirilgan uzum to'plam i texnik nazorat 
    tomonidan tahlil uchun o'rtacha namuna olgandan keyin vinzavodga kiraverishdagi 
    yirik tarozilarda, yoki bevosita bunker yonida o'm atilgan kichik tarozilarda savat 
    va qutilarda tortiladi.
    Vinochilik amaliyotida uzumni tushirish va qayta ishlashga moslamalar uzatish
    38


    uchun turli: bloklar, tallar, ko‘taruvchi kranlar cho‘raichli elevatorlar, har xil 
    turdagi transportyor va shneklar qo‘llaniladi.
    Texnologik jarayon sharoitlariga to‘liq mos keladigan va eng unumlisi 
    bunkeming yuqori qirrasi tushirish maydonchasi past-balandlik darajasida, yuk 
    mashinasi kuzovida uzum keltiriladi.
    Bu holatda kichik idishlarda (tarp, savat, qutilar) keltirilgan, og‘irligi 50 kg dan 
    ortiq bo‘lmagan idishlami avtomashinadan bevosita bunkerga bo‘shatish uchun 2 
    ishchi kifoya.
    Qayta ishlash punktlaming tajribasi tal va bloklami tushirishda kranlami 
    qo‘llash alohida afzalliklar yaratmaydi va ulami punktga keltirilgan yirik idish 
    (bochka, pererez) lami tushirishda maqsadga muvofiqdir. Ammo uzumni bunday 
    idishlarda tashish maqsadga to‘g ‘ri kelmaydi va ularda g ‘ujumlami ezilishi sababli 
    foydalanishga maydalagichga tashish uchun shnek va elevatorlardan foydalanish 
    sharbat tarkibida po‘lat birikmalari ko'payishidan asrash uchun yuqori ehtiyotlikni 
    talab etadi.
    G‘arbda, yirik vino ishlab chiqaruvchilarda, jumladan Janubiy Amerikada 
    (Chili, Argentina), uzum vinoxonalarga tashishda samosval yoki ichki sathiga 
    brezent yozilgan va 5-7 tonna uzum sig'adigan maxsus pritsep va avtomashinalarda 
    tashiladi. Vinoxonaga keltirilgan uzum belkurak bilan qurollangan ishchi 
    tomonidan bevosita bunkerga tashlanadi. Shubhasiz, uzumni bunday usulda tashish 
    albatta hom ashyoni ortishda, tushirishda va yo‘lda shikastlanishiga olib keladi, 
    shuning uchun bizda qayta ishlashga uzumni mayda idishlarda tashishga qaraganda 
    yomon natijalar beradi.
    Ammo, yirik ishlab chiqarish talablarini hisobga olgan holda (soatiga 30-40 
    tonna hom ashyo qayta ishlash) uzum qayta ishlash uchun tashish tartibini 
    o'zgartirishga ko‘nikma hosil etish kerak. Albatta, kichik korxonalarda markali 
    vinolar ishlab chiqarishda undan voz kechish kerak emas.
    Ordinar vinolar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda sanitariya talablari, 
    unumli texnologiya va gigiyenani hisobga olgan holda uzumni samosvallardan 
    foydalanish to‘liq tan olish zarur.
    3.2.Uzumni m aydalash va u n d an shingilni ajratish
    Uzumni ezishning eng keng tarqalgan usuli-uni maydalagichlarda, bandlari 
    ajratuvchanlik maydalagichlarda (9-rasm) yoki egrapompalarda qayta ishlashdir. 
    Keyingisi maydalagich, band ajratuvchi va nasosdan iborat agregat bo‘lib, u 
    bandlari ajratilgan bo'tqani qayta ishlashga o‘tkazadi.
    Maydalagich bir tekislikda joylashgan ikki parallel valslardan iborat
    Uzum valslar orasidan yuqorida o‘matilgan bunkerdan bir tekis uzatiladi. 
    Hozirgi davrda asosan sayqallangan cho‘yan 20-25 sm diametri valslar ishlatiladi. 
    Asosiy vazifalardan biri maydalagichlardagi cho'yanni zanglamaydigan po‘lat yoki 
    plastmassa bilan almashtirishdir.
    Ba’zi vinochilik xo‘jaliklarida cho‘yan valslami temir xalqalar bilan 
    mahkamlangan yog'och moslamalar muvaffaqiyat bilan amalda qo‘llanilmoqda. 
    Sozlash vinti maydalagich valslarini surish va uzoqlashtirish imkonini beradi.
    39


    9-rasm . Shingil ajratu v ch i va m aydalagich
    Ushbu vint yordamida valslar shunday oraliqda o ‘matilishi kerakki, g'ujumlar 
    ezilayotgan urug'lar erkin o'tishi lozim. U rug'lam i shikastlanishi oqibatida vinoga 
    achchiqlik o'tadi.
    Maydalagichlarda valslaming aylanish tezligi turlicha va u odatda 3:4 nisbatida 
    bo'ladi. Bu g'ujum lar po'stini yaxshi parchalash imkonini beradi. Valslaming biri 
    prujina bilan boshqarilib, silindrlar orasiga tasodifan tushib qolgan qattiq jismlami 
    o'tishiga imkon beradi.
    Maydalagichlaming barcha tizimlari uzumning bandi bilan ezadi, bu holat esa 

    uzumni sharbatga qayta ishlashda o'rinsizdir. Bandlami uzum g'ujumlaridan band 
    ajratish moslamalari yordamida ajratiladi. Bu ish zarur bo'lib, vinodagi oshlovchi 
    moddalar (tanin) miqdorini kamaytiradi va band deb ataluvchi yoqimsiz ta ’mdan 
    uni saqlaydi.
    Bandlami ajratishda uzum navi, g'ujum ni yetilish darajasi va olinadigan vino 
    sifatini inobatga olish zarur. Masalan, Burgundiyada Pino va Gale navlaridan 
    bandini ajratmasdan bijg'itib juda yaxshi vinolar olinadi. B a’zi sharoitlarda 
    bandlaming m a’lum qismi ajratib olinadi. Masalan, Bordoda uzumning Verde 
    navini bijg'itishda to'rtdan uch qismini, Merlo va Malbek navlarini bijg'itishda 
    bandlaming yarmisi ajratib olinadi.
    Chili va Argentinada ommaviy qizil va oq vinolari tayyorlashda bandlari 
    ajratilmaydi.
    Oq va qizil vinolami tayyorlashdagi farqi qizil vinolar uchun bandni bo'tqa 
    to 'liq bijg'ish oxirigacha, oq vinolami tayyorlashda esa faqat 2 kun bijg'itiladi. 
    Kaxetiya, Imeretiya va Armanistonda mahalliy usulda vino tayyorlashdan tashqari, 
    shuningdek ba’zi desert vinolari tayyorlashda uzumni maydalash bilan bir vaqtda 
    bandlari ajratish qabul qilingan.
    Odatda uzum g'ujumlaridan bandlar band ajratuvchi moslama yordamida 
    ajratiladi. Muskat va tokay navlaridan bandlami ajratish bundan mustasnodir. Bu 
    navlar kech muddatlarda teriladi va odatda ulaming boshlarida so'ligan va mayizga 
    aylangan g'ujum lar k o 'p bo'lib, ulami banddan ajratish qiyindir. Bunday uzum 
    qirg'ichlardan o'tkaziladi.
    Bu qimmatli bo'lsada, band ajratuvchi moslamadan o'tkazilgan uzumga 
    qaraganda g'ujum lam i bandlardan to'liq ajratish imkonini beradi.
    Band ajratuvchi moslamani asosiy qismini 3-4 sm diametrli aylana teshikli mis 
    tunukasidan yasalgan gorizontal joylashgan silindr yoki yarim silindr bo'lib, ular 
    bir-biriga yaqin joylashgan bo'ladi. Silindr bo'ylab, uning o'qida aylanadigan val 
    o'tadi va unga vint shaklida temir belkurakchalar o'matilgan.
    40


    MDH davlatlarida band ajratuvchi alohida mashina sifatida qo'llanilmaydi, ular 
    maydalagichlar bilan ulangan b o iib , band ajratuvchi ustiga mahkamlangan b o ‘lib, 
    u bilan bir-maydalagich band ajratuvchi agregatni tashkil etadi.
    Bunkeriga uzatiladigan uzum maydalagichning aylanuvchi silindrlarida eziladi, 
    so‘ngra u v band ajratuvchiga kelib tushadi. Bandajratuvchi kurakchalari 
    g ‘ujumlardagi bandlari urib tushirib, bandlami silindr bo‘ylab yo‘naltiradi va ulami 
    tashqariga chiqarib tashlaydi. Ezilgan g'ujumlar va sharbat miss panjara teshiklari 
    orqali o'tadi va quyida joylashgan qabul qiluvchi qismga uzatiladi va undan press 
    yoki changa o'tkaziladi.
    Band ajratuvchi-maydalagich imkoni boricha oz taninga ega vinolar 
    tayyorlashda qo'llaniladi. Ularda g'ujumlami ezish bandlar ajratilgandan keyin ro 'y
    beradi, shu sababli uzumni band ajratuvchi agregatlarda qayta ishlashda 
    maydalagich-band ajratgichlarga qaragan sharbat oshlovchi moddalar bilan kam 
    to'yinadi.
    Bo'tqani chan yoki pressga o'tkazish uchun maxsus markazdan qochimia 
    nasoslaridan foydalanib, ular bo'tqani bandi yoki bandisiz ishlashga orqali m a’lum 
    masofalarga yetkazish mumkin. Bu nasoslar, shuningdek maydalagichli yoki 
    maydalagich band ajratuvchi va band ajratuvchi agregatlarga o'matiladi. 
    Maydalagich nasos 10-rasmda aks ettirilgan bo'lib, u ezilgan uzumni bandlari bilan 
    press yoki changa uzatadi.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   359




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov

    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish