mumkin, ularga qarash unchalik qiyin emas va eng asosiysi mahsulot isrofi kamroq
bo‘ladi. Kamchiliklariga ulaming devori vinoga havo o'tkazmavdi, oqibatda
ulardan vinoning yetilishi sekin kechadi. Shuning sababli temir beton rezervuarlar
vinoni ushlash uchun yaroqsizdir. Ularda vino yetilishini sekinlatish yoki saqlash
muddati qisqa bo‘lganda foydalanish mumkin.
Temir beton hajmlami achitishda foydalanishda ulaming yomon issiq chiqarishi
oqibatida m a’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishini qayd etish zarur. Shubhasiz, ichki
yuzasi shisha, chini va boshqa plitkalar bilan qoplangan temir beton rezervuarlar
yaxshi hisoblanadi, lekin bu rezervuarlarda plitkalami ko‘chish hollarida ulami
ta’mirlash juda qiyin. Bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan po‘lat rezervuarlar keyingi
paytlarda sezilarli darajada vinochilik ishlab chiqarishda bochka, but va chanlami
keyingi o ‘ringa surib qo‘ydi.
Temir beton hajmlaming barcha ijobiy sifatlariga ega po‘lat rezervuarlar
yog'och bochka va butlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Po‘lat
rezervuarlarni yengil toza saqlash va ifios hamda mog‘orlardan ehtiyotlash
mumkin. Ular bilan yog‘och hajmlar kuchli ta’sirlangan bo‘lib, ishlab chiqarishda
qattiq kurashishga to‘g‘ri keladi. Bosimda (12 atm) sinalgan, zich yopilgan tanklar
ko‘m ir kislotasi bosimida achitish o ‘tkazishga imkon berib, oddiy atmosfera bosimi
sharoitiga qaraganda katta afzalliklarga ega.
Nihoyat, vinoni quyishdan oldingi yetilishi va uni quyish muddati cho‘zilganda
po‘lat rezervuarlar yog'och hajmlarga yordam berishi mumkin. Vinoni germetik
yopiladigan rezervuarlarga quyish uni keyinchalik butilkalarga quyish singari
sifatini ko‘tarilishiga imkon beradi. Yog‘och hajmlarga nisbatan kamchiliklariga
temir beton rezervuarlar kabi, chunonchi po‘lat rezervuarlaming devorlari vinoga
kislorodni o'tkazmasligi sababli ular vino ushlash uchun yaroqsizdir. Shuning
uchun ular vinoni vaqtincha saqlash va quyishda ataylab kislorod ta’siridan
muhofaza qilinadi (shampan vino materiallarini).