B ochkalam i vino q o ‘shishga tayyorlash.
Sharbat yoki vino uchun
qo‘shimcha m o‘ljallangan bochka, butlar va chanlami tozalashga katta e’tibor
berish kerak. ulaming tozaligidan vino sifati bog'liq, mog'orlagan bochka vinoga
m og‘or hidi va ta’mini beradi. Achigan bochka o'zidagi infeksiyani vinoga
o ‘tkazadi. Vinoga shuningdek bochkaning
boshqa kamchiliklar, masalan, chirigan
yog‘och bo‘lakchalari, begona hid va boshqalar zararli ta’sir etadi.
Shuning uchun
bochkaning tozaligi yaxshi vino tayyorlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ishlov berilmagan yangi bochka vino uchun yaramaydi, dub bo‘lakchalarida:
oshlovchi
kislotalar, tuzlar va boshqa aralashadigan moddalar mavjud bo'lib, ular
vinoga o ‘tib alohida ta ’m (dubning) beradi, oq vinoning rangini o ‘zgartiradi va uni
oshlovchi moddalar bilan boyitadi.
Avval foydalanilgan har bir bochkani unga vino qo'shishdan oldin sinchkovlik
bilan ko'zdan kechiriladi.
Agar kamchilikli-chirigan, yorilgan boiakchalar bo'lsa,
ular almashtiriladi. Xuddi shu ishlar yaroqsiz, zanglagan
temir belboqlar bilan
o ‘tkaziladi.
Vinochi hidiga ko‘ra sog‘lom bochkani mog‘orlagan va achigandan ajrata
bilishi hamda bunday bochkalar qanday ishlovga muhtojligini aniqlashi lozim.
Yangi va eski bochkalar
ketma-ket sovuq va issiq suv, qaynoq soda aralashmasi,
kislota va nihoyat yana sovuq suv bilan (maxsus instruksiya bo'yicha)
tozalab
boriladi.
Bochkalar mayda teshiklarida doimo mog‘or va bakteriyalar sporalari bo‘lib,
ular qulay sharoitlarda rivojlanadilar.
Amaliyotda bochkalami bug* bilan ishlov berishda harorat lOOoS dan
oshmaydi, shu sababli mog‘or va bakteriyalar sporalari qulay sharoitlarda vinolami
kasallanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yuqori haroratli quruq bug‘
bilan ishlov berish orqali idishlami ko'pchilik holatlarda tozaligi kafolatlanadi.