H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/359
Sana11.06.2024
Hajmi9,85 Mb.
#262679
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   359
Bog'liq
BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

19-rasm. Press savati plankasi
Savat diametri qanchalik katta bo'lsa, uzum shunchalik kam nisbiy bosimga ega 
bo'ladi va sharbat qiyinchilik bilan oqadi, chunki u chiqishda yuqori qalinlikdagi 
siqib olingan massadan o'tishda qiyinchilik yuzaga keladi.
Bo'tqani yaxshi g'ijimlash uchun press savat diametri 1,2-1,5 m dan oshmasligi 
kerak. Katta o'lchamdagi (diametr 2-3 m) presslarda uzum bo'tqasini to'liq 
g'ijimlab bo'lmaydi, shuning uchun qo'shimcha ravishda kichik diametrli yoki 
to'xtovsiz harakatdagi presslarda g'ijimlanadi. Barcha tizimdagi presslarda vint 
yumshoq po'latdan yasalib, to'g'riburchak yoki trapetsiya ko'rinishidagi kesma 
bo'lib, u vintni yuqori pishiqligi va yaxshi ishlashini ta’minlaydi.


Presslovchi mexanizm. Pressning bosh qisi bosimni amalga oshiruvchi asosiy 
mexanizm hisoblanadi. Bosh qismni tuzilishi juda xilma-xil bo‘Iib: ko‘pincha ikki 
tuzilishdagi presslash mexanizmlari uchraydi.
a) presslovchi mexanizm (20-rasm) pona-shpindellar yordamida gayka bilan 
birlashtirilgan ikki shatunli dastakdan iborat bo'lib, ulaming pastki oxiri 
qiyshaytirilgan bo‘ladi. Dastak bir tomonga harakat qilganda bir shatun ishlab 
gaykani aylanishini ta ’minlaydi. Dastakni boshqa tomonga harakat qilganda 
gaykani ikkinchi shatun aylantiradi, birinchi shatun esa dastlabki holatiga qaytadi. 
Dastak oldin va orqaga harakat qilib gaykani bir tomonga aylanishga majbur qiladi.
b) Presslovchi mexanizmda, shatun vazifasi xalqa (21-rasm) bajaradi. Dastakni 
oldin va orqaga harakat qilishida ponalar (shpindel) qiyshaygan pastki uchlari bilan 
galma-galdan gaykani u yoki buyoqdan egallab, uni bir tomonga harakatda 
aylanishini belgilaydi. Pressni bo‘shatishda uning aylanish harakatini belgilash 
uchun, ponalami olib, ulami qiyshiq uchlarini qarshi tomonga qo‘yish kifoya.
Vintli press, bosh qism, vint, savat va platformadan tashqari drenaj panjara
presslovchi taxtadan iborat bo'Iib, u savatga to'ldirilgan uzum ustidan bruslar bilan 
qo‘yiladi. Bosim ularga yaqin joylashgan pressning bosh qismi yordamida amalga 
oshiriladi (22-rasm).

Download 9,85 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   359




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish