Yirik horijiy ishlab chiqarishlarda soatiga 70 tonnagacha uzumni qayta
ishlovchi egropompolar qo‘llaniladi.
Egropompa katta ishlab chiqarish quw atiga ega bo‘lib, u uch ishni bajaradi:
uzumni ezish, bandlami ajratish va bo'tqani masofaga o'tkazib, ishchi kuchini
iqtisod qiladi.
11-rasm. Maydalagich va shingil ajratgich mashina (egropompa)
Egropompalaming kamchiligi undagi po'lat qismlami (valslar, shneklar va
band ajratuvchi silindri) ko'pligi bo'lib, ular o ‘z yo'lida
qayta ishlanadigan uzum
shu qismlar bilan to'qnashib og‘ir metallar, ayniqsa temirga boyiydi. Bu
kamchiliklami yo‘qotishda zanglamaydigan po‘lat va korroziyaga chidamli
qoplamalami qo'llash egrapompani vinochilikda
yanada qimmatli mashinaga
aylantiradi.
G ‘arbiy Yevropa, Amerika va Jazoirdagi yirik vino ishlab chiqarishida
takomillashgan turli tuzilishdagi va quw atdagi maydalagich va band ajratuvchilar
qatori shu maqsadlarda bizda qo'llanilayotgan egrapompadan
ishlash prinsipidan
keskin farq qiladigan yangi mashina qo'llanilmoqda. Markazdan qochma
maydalagich-band ajratuvchi deb nomlanuvchi bu apparat ilk bor 1945 yili
Jazoiming Blomer firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yuqori ishlab chiqarish
quw atiga (30 t/soat) ega va shuning uchun bu apparatlar ishlab chiqarishlarda keng
qo‘llanilmoqda.
Markazdan qochma maydaligichi kabi Kerch kemalami ta ’mirlash
korxonasi
tomonidan o'zlashtirilib IDT-20 nomi bilan ishlab chiqarilmoqda. Apparat usti
cho‘yan qopqoq bilan yopilgan silindming ichki qismi sirlangan po'latdan iborat
(12-rasm).