17-rasm. Shnekli stekatel
T o‘xtovsiz harakatdagi pressdan farqliroq, prcss-stekateldan o'tadigan bo‘tqaga
ozgina bosim amalga oshiriladi. Hoxishga qarab bosimni chiqadigan tirqish eshigi
bilan ulangan richagga yuklab oshirish mumkin.
Yuksiz press-stekatel yordamida 60 foizgacha, yuk bilan esa 70% va undan
yuqori miqdorda o 'z oqimli sharbat olish mumkin. Ammo bu holatlarda, to'xtovsiz
harakatdagi presslardagi singari bo'tqa ortiqcha ishqalanishi oqibatida uning sifati
ancha pasayadi.
Oq vinolar ishlab chiqarishda uzum bo'tqasi egrapompa, shuningdek
stekateldan sharbat o 'z oqimi bilan ajralgandan keyin presslashga kelib tushadi.
Qizil vinolar ishlab chiqarishda maydalangan bo'tqa maydalagich yoki
egrapompadan bevosita changa bijg'ish uchun keladi, presslashga bijg'ishdan
vinoni katta qismi ajratib olingandan so'ng uzatiladi. Shunday qilib, presslash
paytida bo'tqadan sharbat yoki vino ajratiladi. Presslashdan oldin oqqan sharbat
yoki vino o 'z oqimli, presslashdagi-presslangan deb ataladi.
Ishlab chiqarishda presslash turli tuzilishidagi presslar qo'llaniladi va quyidagi
guruhlarga bo ‘ linadi:
1) davriy harakatdagi presslar;
2) to'xtovsiz harakatdagi presslar.
Davriy harakatdagi presslar. Vintli presslar. Davriy harakatdagi presslar