Apparat markazidan vertikal ishchi aylanuvchi silindr bo‘lib,
unga kurakcha
shaklli bosim qanotlari mahkamlangan. Ishchi aylanuvchi silindr harakatsiz
perforirlangan silindr bilan yopilgan bo‘lib, u o‘z navbatida yana ikki: yaxlit va
perforirlangan silindrlar bilan o‘rab olingan. Ushbu silindrlar
orasidan turbinaning
spiral qanotlari harakat qiladi, bunkerga joylangan uzum 450 ayl/min tezligida
aylanadigan, vertikal aylanuvchi silindrda o‘matilgan
spiral qanotlar yordami
perforirlangan silindr devorchalariga uriladi, so‘ngra silindming teshiklari va uning
pastki qismi orqali sentrifugaga yo‘naltiriladi. Uzum markazdan qochma kuchlar
ta’sirida ikkinchi perforirlangan silindr devorlarida eziladi. Sentrifugani spiral
qanotlari tomonidan bandi ushlanib, yuqoriga ko‘tariladi va tirqish orqali tashqariga
chiqadi. Bo‘tqa apparat ostida o‘matilgan
rezervuarga tushadi, keyin u yerdan
shibbalash yoki chanda bijg‘itish uchun kanal bo‘ylab pressga quyiladi. Apparatni
kuzatish va tozalash uchun unda qopqoqli tuynuklari mavjud.
Markazdan qochma maydalagich-band ajratuvchi
bilan birga Kerch kema
ta’mirlash koixonasi tomonidan ishlab chiqilgan PMN-28 rusumli bo'tqa nasosi
muvaffaqiyatli ishlash mumkin. Bo‘tqani quyish uchun yuqori quw atli nasoslar
qo‘llaniladi (13-rasm). Nasos korpusiga o'matilgan
mator yordamida harakatga
keltiriladi. Bu nasosning afzalligi uni pastda joylashganligi bo'lib, u bo‘tqani
yuqoriga uzatish, yuqorida joylashgani esa ancha yuqoriga so‘rib uzatishi mumkin.
13-rasm. Mobil konstruksiyali bo‘tqani so‘rish nasosi
Markazdan qochirma maydalagich-band ajratuvchini odatdagi egrapompani
ishlashini paralel ravishda professor Negra boshchiligida o'rganish m a’lum
natijalami berdi. Markazdan qochirma maydalagich-band ajratuvchida olingan vino
oqimida, shuningdek birinchi va ikkinchi presslashdagi sharbatda alkogol miqdori
0,2-0,4%, tanin esa ko‘p bo'ladi.
Shunga asoslanib, bu apparatni to‘xtovsiz
harakatdagi press bilan bir qatorda faqat yalpi ordinar vinolar ishlab chiqarishda
qo‘llash mumkin.
43
Shunga o‘xshash natijalar markazdan qochirma maydalagichni Qrim va
Gurjistonda sinashda olingan.
S h arb at ajratish. Uzum po'sti bilan sharbatni
imkoni boricha bir-biriga
tegmagan, ezilgandan keyin bo'tqa maydalagich yoki egropompadan to'g'ridan-
to 'g 'ri stekatelga yo'naltiriladi. Eng oddiy tuzilishli stekatellar yog'ochlar
yig'iladigan panjarali to'rtburchakli savat holida bo'lib, ulaming tubida yog'och
drenaj panjaralar bo'ladi. Ularga kelib tushadigan bo'tqa anchagina tezlikda quriydi
va umumiy sharbatdan o'rtacha 58% o 'z oqimli sharbat beradi.
Fransiya va Janubiy Amerikadagi (Chili va Argentina) yirik vino ishlab
chiqaruvchi korxonalarda sharbat oqishi uchun maxsus temir beton kameralar
o'm atiladi (14-rasm). Yuqoridan tushadigan maydalangan uzum qiya o'matilgan
yog'och
panjaraga tushadi, so'ngra undan to'xtovsiz harakatlanuvch: pressga
yo'naltiriladi. Kameraning pastki qismiga oqib tushayotgan sharbat bijg'itishga
uzatiladi.