2-bob. ISHLAB CHIQARISH INSHOOTLARI VA UZUMNI QAYTA
ISHLASH VA VINONI TUTISH UCHUN QO‘LLANILADIGAN
TEXNOLOGIK IDISHLAR
2.1. Vino ishlab chiqarish inshootlari
Vino ishlab chiqarishning texnologik jarayoni jihozlangan moslamalar, mashina
va apparatlar bilan ta’minlangan maxsus xonalar bo‘lishini talab etadi.
Ishlab chiqarish maqsadiga qarab ishlab chiqarish zavodlari uch turga bo‘linadi.
Birinchi turga yosh vino tayyorlash bilan tugaydigan uzumni
vinoga qayta ishlash
texnologik jarayonlarga xizmat qiladigan dastlabki qayta ishlash ishlab chiqarish
zavodi. Ushbu ishlab chiqarish zavoddan vinoni bijg‘ish
tugagandan va tiniqlik
boshlandan keyin tashish boshlanadi. Yangi vinochilik mavsumi boshlanishiga 2-3
oy qolguncha barcha vino vinzavoddan tashib bo‘linadi.
Bu turdagi ishlab chiqarish zavodlarga keyingi yillarda dastlabki qayta ishlash
manzillarida qurilgan korxonalar kiradi.
Dddnchi turga-dastlabki qayta ishlash manzillaridan
turush va ishlov berish
ishlab chiqarish zavodi (vino yerto‘lasi). Vino yerto‘lalari ishlab chiqarishining
so'nggi mahsuloti realizatsiyaga tayyor vino mahsuloti hisoblanadi.
Uchinchi turga-uzumni vinoga qayta ishlovchi ulami
turush va ishlov beruvchi
ishlab chiqarish xonalariga ega ishlab chiqarish zavodlar kiradi. Bu turdagi ishlab
chiqarish zavodlar uzumni vinoga qayta ishlash va vino yerto‘lalariga ega.
Namunaviy dastlabki qayta ishlash vinzavodlari sutkasiga 50, 100,
t va undan
ortiq uzumni qayta ishlash quw atiga m o‘ljallab quriladi.