H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/359
Sana11.06.2024
Hajmi9,85 Mb.
#262679
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359
Bog'liq
BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

2-rasm. Botritis sinerea 
3-rasm. Botritis sinerea
(mikroskop ostida) 
(uzum boshida)
Botritis o‘mashgan po‘stloq (3-rasm) asta-sekin o‘lib, meva etidagi suvni 
bug' lanishidan himoya qilishdan to'xtaydi. Bu holat issiq va quruq havoda 
anchagina tez kechadi. Natijada mevadagi sharbat quyulib qoladi. Qulay 
sharoitlarda mevalar 50 foizga yaqin o‘z vaznini yo'qotib mayizga aylanib qolishi 
mumkin. Botritisning faqat mevalarga fizik ta’siri bilan chegaralanmaydi. Botritis 
oziqlanish va nafas olish uchun meva sharbatidan: uglevodlar, kislotalar, oshlovchi. 
azotli va mineral moddalar olishi oqibatida mevalardagi ulaming miqdori asta- 
sekin kamayadi. Shunday qilib, botritisda o'tadigan hayotiy jarayonlar natijasida 
sharbat tarkibi keskin o'zgarib, undan olinadigan vino sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Uzumda botritisni rivojlanishi va uni yaxshi ta’sir etishi uchun m a’lum harorat 
va namlik kerak bo'ladi, ularsiz zamburug' rivojlanmaydi. Ushbu sharoitlar tegishli 
iqlimni talab qiladi.
Yaxshi fazilatli zamburug'ni rivojlanishi sekin, ba’zida 2 oy davomida kechadi, 
shu sababli uzum hosili bir necha usulda, har gal uzum boshi yoki qism yetarli 
darajada rivojlangan zamburug' bilan teriladi. B a’zi yillar terim miqdori olti-sakkiz 
martagacha yetadi.
Yetilmagan yoki shikastlangan (do‘l, bargni g'ujanak bo'lishi) mevalarda 
botritis rivojlanishi boshqacha ko'rinishda kuzatiladi.
Bu holda botritis uzumda boshqacha kasallik q o 'ng'ir irish yuzaga kelib, u
20


ayniqsa namlik havoda kuchli rivojlanadi. Bunda uzum mevalari botritis va boshqa 
m og‘orlaming vegetativ organlari bilan qoplanib, uzum boshlaridek qo‘ng‘ir tolali 
parda yuzaga keladi hamda yomg‘ir ta ’sirida shiliqlanadi. Uzum hosili qisqa 
muddatda irigan, to‘q-qo‘ng;ir rangli, vino uchun umuman yaroqsiz shilliq massaga 
aylanadi. Ushbu holatda hosilni nobudgarchilikdan saqlash chorasi qo‘ng‘ir irish 
kasalligini birinchi belgilar paydo b o iish i bilan hosilni erta terib olishdir.
1.5.Uzum hosilini yig‘ish
Uzum hosilini yig‘ish bilan vinochilik mavsumi ochiladi. Uzum hosilini yig‘ish 
ishlab chiqarishdagi eng ma’suliyatli lahzalar hisoblanib, chunki hosilni terish 
muddatini to ‘g‘ri belgilash va terishda texnik tadbirlami unumli tashkil etish hosil 
sifati va undan mahsulot olish yuqori darajada bog‘liqdir.
U zum hosilini yig‘ish m uddatini aniqlash. Uzumni uzib olish va joylarga 
jo'natish bilan bog‘liq bir qancha vazifalami hal etish uchun olinadigan hosil 
miqdorini: iyunning birinchi yarmida-to‘pgul va tugunlarga, ikkinchi marta esa 
iyulda uzum boshlari va g'ujumlarga qarab aniqlash zarur.
X o‘jalikda foydalanishga qarab, har bir navning hosilini yig‘ib olish muddatini 
to‘g ‘ri belgilash zarur.
Vinochilik sanoati uchun uzum uzish muddatlari bu navlardan qanday vinolar 
tayyorlanishiga qarab belgilanadi. Yengil desert vinolar ishlab chiqarish 
m o'ljallangan uzum sentyabmig birinchi kunlarida, kuchli va og‘ir likyor vinolar 
uchun esa sentyabming 20-kunlari va oktabming birinchi yarmida uzib olinadi, 
bunda tarkibida shakar eng ko‘p b o lish i kerak. Vino tayyorlash uchun uzum uzish 
muddatlarini belgilashda, odatda kimyoviy tahlil m a’lumotlaridan foydalaniladi.
Vino tayyorlash maqsadida qayta ishlash uchun topshiriladigan uzumning 
tarkibidagi shakarga ko‘ra 0 ‘zbekiston uchun quyidagi konditsiya: 16-19% dan 22- 
26% gacha belgilangan.
M o‘ljallangan uzum muddatiga taxminan 15 kun qolganda vinoodel texnologik 
nazorat xizmati hodimlari bilan hamkorlikda uzumni pishish holati kuzatishni 
boshlaydi. Shu maqsadda tokzoming turli uchastkalaridan o‘rtacha namunalar 
olinadi va uning yetilish darajasini tekshirish o'tkaziladi. Birinchi davrda tekshirish 
2-3 kunda, hosilni yig‘ish fursati yaqinlashgan sari har kuni o‘tkaziladi. Uzumni 
yetilish darajasi holati to‘g‘risidagi taxminiy m a’lumotlar maxsus jum alda qayd 
etiladi. Uzum navi va vino turiga qarab hosilni yig'ish muddati belgilanadi.
Hosilni yig‘ish fursatini aniqlash uchun asosiy ko‘rsatkichlar ularda qand va 
nordonlikdir. Tarkibida qand, kislota va boshqa moddalaming ushbu vino turini 
(ho'raki yoki desert) olish uchun m a’qul uzum holatiga sanoat yoki texnik yetilish 
bilan erishiladi. Texnik yetilish kimyoviy tahlil m a’lumotlariga asosan belgilanadi. 
Biz ishlab chiqarish maqsadiari uchun texnik yetilishdan tashqari to'liq yoki 
fiziologik yetilishni ajrata bilishimiz kerak. T o'liq yetilish boshlanishi davrida (bir 
necha kun) qand va kislota miqdori barqarorlanadi.
H o‘raki vinolar tayyorlashda uzumda qand va nordonlik eng muvoflq b o ‘lganda 
terib, undan m o"tadil quw ath, oz kislotaga ega bo'lmagan yangi va tiniq ta’mli 
vino tayyorlash lozim.
Oz qandli, yaxshi achitilmagan turli kasallik, ayniqsa sirkaga aylanishi
21


mumkin. Bunday vinolami qulay fursat kelganda, ya’ni kelasi yil bahorgi issiq 
kunlarida qo‘shimcha bijg‘itib sifatli holatga keltirish mumkin, ammo bu vino 
tayyorlash muddatini uzaytiradi, sarf-harajat ko‘payadi va umuman ishlab 
chiqarishga qimmatlidir.
Ko‘pchilik vino ishlab chiqamvchi chunonchi, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, 
Ozarbayjon. Guijistonda uzumni to'liq yetilishini sanoat yetilishi ho‘raki vino olish 
uchun mos tushadi.
Qattiq issiq yozli hududlar (Qrimning janubiy sohili, Turkmaniston va ba’zi 
Kavkazorti tumanlarida) ho‘raki vino olish maqsadida uzumni to ‘liq yetilmasdan 
yig'ish zarur, chunki yuqori qandga ega bo‘lgan uzumdan juda kuchli vino olish 
mumkin.
Kuchli va desert vinolar tayyorlashda uzum hosili to‘liq yetilganda, ko‘pincha 
pishib o'tib ketgandan keyin ham teriladi. Ba’zi desert vinolar uchun uzum hosili 
tuplarda so‘ldirish uchun qoldiriladi. Uzumni tashqi ko‘rinishlar yetilish darajasini 
aniqlashga imkon beradi. To‘liq yetilganda g‘ujumlar yumshoq, po‘sti-yupqa va 
b a’zi oq navlarda eti, ko'rinib turadi. Po‘sti etidan yengil ajraladi. G'ujumlar 
ezilganda shirali sharbatdan barmoqlar yopishadi, qora navlarda esa rangi yuqadi. 
G‘ujum meva bandidan yengil ajraladi. Meva toji ko'pincha yog'ochlashadi va 
qo‘ng‘ir rangga kiradi. Urug‘lar atrofidagi etdan yengil ajraladi.
Uzumni yetilishini tashqi belgilar bilan faqat taxminan belgilanadi, shuningdek 
organoleptik his etish bir taraflama bo‘lib, meva tojini yog'ochlanishi belgisi ham 
ishonchli emas. Yakka eng ishonchi uzumni yetilish darajasini aniq belgilaydigan 
usul tokzordan olingan o'rtacha namunalarda qand va titrlangan nordonlikni 
aniqlashdir.
Hosilni yig‘ish tu rla ri. Hosilni yig'ishni bir vaqtda, ketma-ket, yoki tanlab
talab darajasida yetilgan uzum boshlari, uning qismlari yoki alohida g'ujumlari 
teriladi.
Bir vaqtda terish hosilni yetilish darajasi bir turli va alohida vino turi tayyorlash 
uchun qo‘yiladigan texnik shartlarga to‘g‘ri kelganda amalga oshiriladi. Odatda bir 
vaqtda hosilni terish h o ‘raki, kuchli vinolar va shampan Vino materiallar ishlab 
chiqarishda amalga oshiriladi. Uzum hosili tokzoming alohida uchastkalarida bir 
vaqtda yetilmasligi sababli, yig‘ishni uzum hosili ko‘p yetilgan uchastkalardan 
boshlanadi. Shu tartibda bir xil qandi uzumni yig‘ish imkonini beradi. Agar, 
masalan, uzumni 18 foizli darajaga yetganda terish talab etiladigan bo'lsa, shunday 
qandligiga yetgan uchastkadan uzum yig‘iladi.
Hozircha hosil shu uchastkada terilar ekan boshqa uchastkalarda uzumning 
qandi ortib boradi. Uzum hosili birinchi uchastkadan yig'ilgandan so‘ng, keyingi 
18% qandlikka yetgan uchastkalarda hosil yig'ish davom ettiriladi.
Agar tokzoming b a’zi joylari kasallik bilan zararlangan bo‘lsa, unda 
kasallangan uzum boshlari alohida teriladi va qayta ishlanadi.
Alohida yig‘ish-asosan muskat, tokay va boshqa desert vinolar uchun, 
shuningdek, yaxshi fazilatli zamburug' li uzum hosili terishda qo'llaniladi. Uzumni 
alohida terish asta-sekin kunma-kun g'ujumlami so'lishiga qarab, odatda hosil 
yig'ishda faqat so'ligan g‘ujumlar olinib, qolgan uzum tuplarda qoldirilib, keyinroq 
teriladi. Keyingi kun tadbirlar qaytarilib, hosilni yig'ish bir hafita va undan ko‘p 
davom etishi mumkin. Bunday hosilni yig'ish qimmatga tushadi, shuning uchun
22


faqat sifatli nozik vinolar tayyorlashda qo'llaniladi.
Uzumni tanlab terish faqat yaxshi ob-havo sharoitda amalga oshiriladi.
Uzum hosilini yig‘ishda m eteorologik sharoitlarning ta ’siri.
Uzum hosilini yig‘ishda ob-havo butunlay vinochilik natijalariga katta ta’sir 
etadi.
Qachonki u yoki bu sharoitlar ta’sirida yetishtirilgan past sifatli (zararkunanda 
va kasalliklar bilan shikastlangan) uzum b o isa , yaxshi ob-havo sharoitida 
vinochilik kasallangan uzum boshlarini ajratish imkonidan foydalanib qoniqarli 
sifatli vino tayyorlash mumkin. Aksincha, noqulay ob-havoda hosil yig‘ishni 
tashkil etib, yaxshi yetilgan uzumdan yomon sifatli vino olish mumkin.
Yog‘inli ob-havoda mog‘or rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yuzaga keladi va 
undan tashqari ildiz orqali k o ‘p suv o'tadi, natijada g ‘ujumlaridagi sharbat 
suyuqlashadi va uzum qandligi pasayadi. Bunday hollarda odatda hosilni yig‘ish 
qandlilik m a’qul darajaga yetishga qadar to‘xtatiladi. Yaxshi ob-havoda bu odatda 
tezda 1-2 kunda erishiladi. Ko‘pincha yomg‘ir paytida g‘ujum p o ‘sti yoriladi. Bu 
holatda irish ayniqsa tez tarqaladi.
Terim paytida issiq havo shamol bilan kuzatilsa (garmsel), shuningdek, uzum 
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda uzum boshlari so'limasdan quriydi. Bunday 
uzum boshlaridaa sifatli vine olish mumkin emas, shuning uchun ular terim paytida 
odatda ajratiladi.
Running qaysi payti hosil yig‘ish ham katta ahamiyatga ega.
Qrim, Kavkazorti va Markaziy Osiyo respublikalarida kunduz soatlarda issiq 
havoda terilgan uzum yuqori haroratga ega. Aksincha, shimoliy hududlarda vino 
ishlab chiqarish davrida ko‘pincha salqin havo qaror topadi va kechasi sovuq 
ertalab terilgan hosil vinoxonalarga sovuq holda keladi. Yuqori harorat yoki sovuq 
holda qabul qilingan uzum hosili haroratni sun’iy boshqarish zaruriyatini 
tug'diradi, bunda bo‘tqa va sharbat sovutiladi yoki qizdiriladi.Vinochi ishlarida 
qiyinchilik yuzaga keltiruvchi ortiqcha tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun vino,4 
ishlab chiqarishi vaqtida uzum hosilini terish uchun shundan soatlami hisobga olish 
tanlash kerakki, uzum qayta ishlashga olib borilganda texnologiya harorati 
talablarigajavob berishi shart.

Download 9,85 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   359




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish