Uzum boshi tuzilishi va uning tarkibiy qismlari




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/359
Sana11.06.2024
Hajmi9,85 Mb.
#262679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   359
Bog'liq
BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

1.3.Uzum boshi tuzilishi va uning tarkibiy qismlari
Gul tugunchalari-meva-g‘ujum bo‘lib rivojlanadi. G‘ujum meva bandidan 
uzilgandan so‘ng, uning o‘m ida naysimon tolalar bog‘lami ko‘rinadi. To‘pguli 
uzum boshiga, to'pgulning bandi uzum boshi bandiga, shoxlangan to'pgul o‘qi 
gultojga aylanadi (2,3-rasm). Uzum boshining bandi qisqa va butun bo‘ladi, Uzun 
bandli uzum boshlari kalta bandlilarga qaraganda tupidan oson uziladi. Ba’zi 
navlarda uzum boshining bandlari yog'ochlanadi, boshqalarida esa ular hamma 
vaqt o'tsimon, yashil bo'ladi.
Uzum boshining shakli va uning zichligi gultojning shoxlanishi darajasi va 
g'ujum lar soniga bog‘liq bo'ladi. uzum boshlari silindrsimon, silindr-konussimon 
shaklda, b o ‘lakchalangan hamda deformatsiyalanganda, juda zich, bo‘sh, juda 
bo'sh bo‘lishi mumkin.
Katta-kichikligiga qarab uzum boshlari katta, o'rtacha va kichik bo‘ladi.
Uzum boshining kattaligi va zichligi tokning nafaqat naviga, balki ekologik 
sharoit, agrotexnika, changlanish sharoiti, tugunchalaming to ‘kilishi va meva 
tugish darajasiga ham bog'liq. Gul va mevalar to'kilib ketsa, g ‘ujumlari kam 
b o ig a n bo‘sh uzum boshlari hosil bo‘ladi. Novdada sho‘ra qancha ko‘p bo'lsa, 
birinchi uzum boshlarining o'rtacha og‘irligi shuncha katta va o'rtacha hosil 
shunchako'p bo‘ladi.
G ‘ujum band qirrasi yordamida gultojga birikkan, uning uchi gulo'rinda 
kengayadi, bu gulo'rin g‘ujumga bevosita yopishib turadi (3-rasm Uzum). 
Mevaband va gulo'rin orqali naysimon tolali bog‘lamlar o ‘tadi; ular g ‘ujumning 
p o'sti tagida uning etiga, so'ngra urug'iga o‘tadi. tuxum hujayra urug‘lagandan 
so‘ng murtak tugunchaning o‘sishini tezlashtiradi. Meva bandi qisqa, uzun bo‘ladi. 
meva bandlar qisqa b o ia k , uzum boshi g ‘uj bo'lib ko'rinadi. G'ujum po'st, et va
10


urag'dan tashkil topgan (4-rasm, 
uzum).
Po'sti kutikula qavati va uni k o 'p suv 
bug‘lantishdan saqlaydigan mumsimon g'ubor-pruni bilan qoplangan.
Uning sirtida qo‘ng‘ir tomchi shaklidagi yasmiqchalar bo'ladi; ular og'izchalar 
o'm ida hosil bo'ladi. Po‘stning hujayralarida mevatiing naviga xos rang beravchi 
bo‘yoq moddalar bo'ladi. Tokning b a ’zi navlari (Saperavi) mevasining etida hali 
bo‘yoq moddalar bo'ladi. G ‘ujumning p o ‘sti bir qavat epidermis va meva eti 
to‘qimalari o‘tib boradigan 10-15 qavat gipoderma hujayralaridan iborat. U 
egiluvchan bo‘lib, g ‘ujum kattalashgan sari cho‘zilib boradi. Po‘st har xil qalinlikda 
va turlicha pishiq bo‘ladi, uzoq vaqt saqlanadigan va tashishga chidam navlar 
(nimrang, Toifi) mevasining po‘sti qalin bo‘ladi.
Mevasining asosiy qismini meva eti (mezokarpiy) tashkil etadi. Uning 
hujayralari yirik, yupqa devorli, qand moddasi ko‘p bo‘lgan hujayra shirasi bilan 
to'lgan yirik vakuolalari bor. Meva etining uruqqa yopishgan ichki qismi 
(endokaфiy) markaziy qism deyiladi.
Navi va parvarish qilish sharoitiga qarab g‘ujumlar yumaloq, oval, cho'ziq, 
uzunchoq va boshqa shaklli, o‘lchamiga ko‘ra yirik, o ‘rtacha va mayda bo'ladi. 
G‘ujum o ‘sishi davrida yashil rangli va og'izchali bo‘ladi. Uning p o ‘sti 
hujayralarida xlorofill bor, shuning uchun ularda fotosintez jarayoni boradi. Pishish 
davriga kelib fotosintez faoliyati keskin pasayadi. Pishgan g'ujum naviga qarab har 
xil rangli: oq, pushti, qizil, kul rang, qora va shu ranglar orasidagi o‘tkinchi ranglar 
bo‘ladi.
Uzumning har xil navi g'ujumining rangi turlicha bo'lishiga po‘st 
hujayralarining turli qavatlarida pigmentlar borligi, rangli qatlamlaming soni, bu 
qavatlaming yuza-chuqurda joylashganligi, pigmentlaming harakteri va rangi, 
plazma va hujayra shirasining bo'yalishi, har xil hujayra va ulaming qavatlarida 
turli rangda bo‘yalgan antotsian pigmentlari borligi sabab bo'ladi. B a’zan har xil 
parvarish qilish sharoitida g'ujumlaming rangi tubdan o‘zgaradi. Masalan, nimrang 
va pushti toifi navlarining mevalari Toshkentda oq rangli bo'ladi, Qrimda esa shu 
navlaming mevalari qizil rangli bo'ladi.
Uzumning ta’mi, etining konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi), sershakarligi 
yoki nordon bo‘lishiga, unda oshlovchi moddalar, shuningdek po'stloq tarkibidagi 
bo‘yoq va aromatik moddalarga bog‘liq. B a’zi navlarining mevasi o'ziga xos 
mazali va xushbo'y-muskat, izobel va boshqa navlar o‘zgacha hidli bo'ladi.
Sersuv mevali k o ‘pgina navlarining etida hujayra devorlari juda yupqa bo'lib, 
sekin bosilganda osongina yorilib shirasi tezda oqib ketadi. Mevasi seret va barg 
novlarida hujayralaming devorlari qalin, pishiq bo'ladi. Bunday mevalarda hujayra 
shirasi kam bo'ladi (ayniqsa ho'raki navlarda) va ezilganda ulardan shira kam 
ajraladi.
Ba’zi navlami urug'i meva etidan oson ajraladi, boshqalarida esa unga juda 
qattiq yopishgan bo'ladi. Uzum g'ujumlarining yuqorida aytilgan xususiyatlari 
vinochilikda va mayiz tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Uzumning o'sishi va hosilining sifatiga turli omillaming ta ’siri.
Tokning o'sishi, rivojlanishi va hosil berishi muhitga chambarchas bog'liq 
bo'ladi. Barcha tashqi muhit majmuida ichida hosilni yetilish darajasi va sifatiga 
iqlim, ekologik sharoitlar, tuproq va biotik omillar ta’siri muhim hisoblanadi. Bu 
omillar tok o'simligining bir vaqtda ta’sir etadi. Tokning har xil tur va navlari
11


muhim sharoitini bir xil talab qilmaydi va undan har xil ta ’sirlanadi.
Uzumning o‘sishi va hosilining sifatiga agrotexnik tadbirlar, uzumni kasallik va 
zararkunandalar bilan ta’sirlanishi, hosil yig'ish va muddatini aniqlash, yig‘ish 
turlari hamda hosil yig‘ishda meteorologik sharoitlari kabi omillami inobatga olish 
zarur.
Uzum hosili o ‘z vaqtida va to‘g ‘ri yig'ib olinmasa, m o‘l hosil yetishtirishga 
qaratilgan barcha tashkiliy va agrotexnika tadbirlari tizimi yo‘qqa chiqadi.
Uzum sifatiga uning yetilish daraja eng katta ta’sir etadi. Shuning uchun 
uzumchilik xo'jaliklarida yetilishni birinchi belgilari paydo bo'lgandan boshlab 
uning tarkibida qanday to‘planishi va kislotani kamayishini kuzatib boriladi. Qand 
miqdori va tirtlanadigan kislota 1 litr sharbatda gramm bilan ifodalanib ishlab 
chiqarish maqsadlariga to‘g‘ri kelishini aniqlashda asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. 
Yengil yosh, kuchli yoki desert vinoiga keladigan to ‘g ‘ri uzum tarkibiga 
qo‘yiladigan talablar turlichadir. Shuning uchun uzumni yetilish darajasi u yoki bu 
vino tayyorlashga mo'ljallangan hosilni yetilish darajasini belgilash asosiy 
ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu yeming o'zida yangiligida iste’mol qilish uchun m o‘ljallangan uzum to ia , 
bir xilda pishgan bo ‘lishi lozim. G'ujumlari mazkur navga xos bo'lgan o‘lcham va 
rangga ega bo'lishi kerak. Shu bilan bir vaqtda tarkibida shakar ko‘p b o ‘lishi lozim. 
Uzum qanchalik yetilib pishsa, uning ta’mi shuncha yaxshi bo‘ladi.
X o‘jalik uchun qimmatli belgi xususiyatlari nisbatan barqaror, irsiy jihatdan 
bir-biriga yaqin b o ig a n klonlaming vegetativ yo‘l bilan ko'paytirib hosil 
qilinganligi uzum navi deb ataladi. Klon-bitta o'sim likni vegetativ yo‘l bilan 
k o ‘paytirib olingan o ‘simliklar yig‘indisidir.
Ammo ular biror darajada irsiy jihatdan o'zgaradi. Shunday qilib, uzum navi 
irsiy jihatdan yaqin klonlar aralashmasidan iborat b o iad i.
O ‘zbekistonda uzumlaming assortimenti juda ko‘p. K o‘p asrlik xalq seleksiyasi 
natijasida yaratilgan mahalliy navlar alohida qimmatga ega. Ular 200 dan ortiq 
navni o ‘z ichiga oladi, ba’zilari hali ta’riflanmagan. Sobiq ittifoqning boshqa 
respublikalari va chet eldan keltirilgan navlar ham ko‘p o ‘stiriladi. Kavkazorti 
navlaridan-bayoni shirey, saperaviy, rkatsiteli, tavkveri, xindogni, vengriya 
navlaridan-furmint; g'arbiy yevropa navlaridan-kabeme sovinon, risling, morastel, 
sersial, aleatiko, muskatlar. 0 ‘zbekistonda ular yaxshi o‘sadi, mo‘l hosil beradi va 
ulardan yuqori sifatli vinolar tayyorlanadi.
Uzumning har bir navi o ‘ziga belgilari, bilan ajralib turadi. Masalan, muskatlar 
kuchli, o‘ziga xos xushbo'y navlar hisoblanadi. Izabella ham amerika navlariga xos 
xushbo'ylik va ta’mga ega. Pino barcha tur ko‘rinishalrida ham kichik uzum 
boshlariga ega bo iad i; Kabeme sovinon va Risling tayyorlangan vino tarkibida 
saqlanib qoluvchi o‘ziga xos xushbo‘ylik va ta’mga ega.
Uzum sifatini belgilashda navning ahamiyati vinochi va uzumchiga yaqqol 
m a’lum bo‘lib, ulami har bir navda o‘ziga xos qimmatli xususiyatlami rivojlanishi 
uchun sharoitini yaratishga intilishi tabiiy xoldir. Shundan m a’lumki, uzumchilik 
va vinochilikni rivojlantirishda uzum navini o'rganish katta ahamiyatga egadir.
Uzum sifatiga ta’sir etuvchi omillar ichida uzum yetishtirishning ekologik 
sharoitlari birinchi o'rinda turadi.
Tok qayerda ekib o‘stirilmasin, uning o‘sishi, rivojlanishi, m o‘l va sifatli hosil
12


bo‘lishi ko‘p jihatdan tashqi muhit hamda antropogen omillarga bogiiq. 
Tokchilikni rivojlantirish mintaqalar bo‘yicha joylashtirish, barcha parvarish 
ishlari, shuningdek, tok turlarini ko'm ish va osish kabi ishlar, asosan ekologik 
sharoitlarga qarab belgilanadi. Hozir ekologiyaga dunyo masalasi sifatida qarab 
kelinmoqda.
Tokchilik rivojlangan mamlakatlarda bunga jiddiy e’tibor berilayotir.
Keyingi yillarda tok va uning mahsulotlariga, shuningdek, tashqi muhit 
tozaligiga antropogen omillar-pestitsid, gerbitsid, mineral o‘g‘itlar va h.k.) rung 
salbiy ta’siri va asoratlarini kamaytirish, hatto bartaraf qilish borasida ilmiy-amaliy 
ishlar olib borilayotir. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida o‘simliklarni himoya 
qilishda zararli kimyoviy moddalar hamda mineral o ‘g‘itlarsiz yetishtirilgan 
ekologik toza, xususan uzum va uning mahsulotlariga talab katta.
Shu bois, hozirgi davrda mutaxassislaming ekologik va antropogen 
omillarining tok o‘simligiga ta’sirini atroflicha o'rganishi, ulaming tabiat va inson 
uchun zararli oqibatlari bilishlari, oldini olish va ta’sirotini yumshatish choralaiini 
ko‘rishlari zarurligi talab qilinmoqda.
Tokka ta’sir etuvchi tashqi muhit omillari kelib chiqishiga ko‘ra bir qator 
guruhlarga bo'linadi: abiotik omillar (yorug‘lik, issiqlik, havo, namlik, tuproq, 
joyning relefi), biotik omillar (boshqa o‘simliklaming ta’siri-simbioz, parazitizm 
yoki hayvonot organizmlarining o ‘simlikni zararlashi), joy tan lash, uni ekishga 
hozirlash, ekish qalinligi, o‘g ‘itlash, sug‘orish, xomtok, tok kesish, o‘stirish 
usullari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy moddalami qo‘llash va h.k.
Tokning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
asosiy omillarga yorug'lik, issiqlik, namlik, shamol, do‘l, tuproq sharoitlari kabilar 
kiradi.
Tok m o” tadil issiq va subtropik iqlim o'simligi hisoblanadi. U shimoliy yarirn 
shaming 20o dan 52o gacha bo'lgan kengliklarida xo'jalik miqyosida ekiladi.
Iqlim uzum hosili yetilishi va kimyoviy tarkibiga juda kuchli ta’sir etadi,. 
Yeming iqlim sharoitiga qarab uzum navlari tiklanib, uni yetilishini ta’minlash 
imkoniyatini ta’minlaydigan harorat yig'indisiga bo‘lgan talabi hisobga olinadi.
U yoki bu tumanni uzumchilik va vinochilikka ixtisoslashtirishda iqlim sharoiti 
asosiy ahamiyatga ega b o ‘lib, undan alohida uzum navlarini yetishtirib mahsulotni 
u yoki boshqa turi olish mumkin.
0 ‘rta Osiyo iqlimi keskin kontinental bo'libgina uchun sug‘oriladigan, 
ko‘pgina tumanlarda ko'miladigan tok ekiladi. Faol haroratlar yig‘indisi 4000- 
5000o bo‘lgan uzoq o‘suv davri (200 kunga yaqin) 0 ‘zbekistonda barcha 
muddatlarda pishib yetiladigan va xo'jalik maqsadida foydalaniladigan uzum 
navlarini o ‘stirishga imkon beradi.
Iqlim omillaridan tok uchun yorug'lik, harorat va namlik eng katta ahamiyatga 
ega.
Y orug‘lik. Tok yorug'sevar o'simlikdir. Soyada u sekin o'sadi, hosildorligi va 
mevasi tarkibidagi shakar miqdori kamayadi. Juda soyada qolsa, barglari sarg‘ayib, 
gullari, tugunchalari va mevalari to'kiladi, barg bandlari va novdalaming bo'yin 
oraliqlari uzayadi, to'qimalardagi hujayralar differensiyasi va yog'ochlikning 
pishishi uzoqqa cho'ziladi, novdalar yomon pishadi.
Yorug‘lik normal bo‘lganda mevalar yaxshi rangga kiradi, mevasi oq rangli
13


navlaming yoruqqa qaragan tomoni qahrabo, sarg'ish yoki bir oz qo‘ng‘ir- 
nimranglaming mevasi pushti tusga kiradi. Bunda meva p o ‘sti pishiq, qalin va 
qattiq bo‘ladi, natijada ulaming tashishga va saqlashga chidamliligi ortadi. Yaxshi 
yoritilganda issiqlik va namlik bilan birgalikda changlanish hamda urug‘lanish 
jarayoni normal boradi, kurtaklardagi to'pgul boshlang'ichlari yaxshi taqsimlanadi, 
uzum boshlari va novdalari pishadi, mevalar tarkibidagi shakar miqdori ortadi.
Tokzor barpo etishda jo y tanlashda, uni tegishli yon bag'irlarga joylashtirishda, 
qator olishda, zangni simbag‘ozga olishda, novdalami o‘z vaqtida bog‘lashda, 
ortiqcha novda va novdalami butash va hokazolarda yorug‘likka e’tibor beriladi.
H a ro ra t. Tok navlari har xil haroratni talab qiladi. Bu har xil navlar ekish 
chegarasini, ixtisoslashtirish va nav tarkibini, undan foydalanishni, shuningdek, 
hosil miqdorini va sifatini belgilaydi.
Yillik siklining har xil fazalarida tok o'simligi turlicha talab etadi. Ildiz 
tarqalgan qatlam 8-9o ga yaqin isiganda shira harakati boshlanadi. Sutkali o‘rtacha 
harorat lOo bo‘lganda kurtaklar bo‘rta boshlaydi va ll-1 2 o bo'lganda yozila 
boshlaydi. Shunday qilib, sutkalik o‘rtacha harorat lOo bo‘lganda tok barqaror o‘sa 
boshlaydi. Bu chegara tokning o ‘sishi uchun biologik hoi deb qabul qilinadi. 
Bunday haroratda kuzda tok o‘sishdan to'xtaydi va barglari to ‘kila boshlaydi. lOo 
dan yuqori harorat tok uchun faol harorat hisoblanadi.
Tok o'rtacha sutkalik harorat lOo ga yaqin bo'lganda gullaydi, lekin 25-30o 
optimal harorat hisoblanadi. 30o da novdalar juda tez o ‘sadi. Tuproqda namlik 
yetishmasa, 40o dan yuqori haroratda tok o'sishdan to'xtaydi va barglari kuyadi, 
mevalari jigar rang tusga kiradi, burishadi va quriy boshlaydi.
0 ‘suv davrida tokning ayrim navlari sutkalik o'rtacha faol haroratlar yig‘indisi 
har xil b o ‘lishini (lOo dan yuqori) talab qiladi. Mashhur klimatolog F.F.Davitaya 
mevasi har xil muddatlarda pishib yetiladigan tok navlari uchun o‘suv davrida 
quyidagi haroratlar yig'indisi: juda ertagi navlar uchun 2900-3300o, kechki navlar 
uchun 3300-3700o juda kechki navlar uchun 3700 dan ortiq bo'lishi zarurligini 
aniqlagan. U ta’kidlaganidek vino asosan yerto'lalarda tayyorlamnaydi, balki ushbu 
jo y va yili 0‘simlikning o ‘sish sharoiti ta’sirida, yetishtirish texnologiyasi, esa 
uzum mevalari tarkibida hanuz yashirin vino sifatlarini yuzaga kelishi asosan 
tokzorda amalga oshadi.
Keltirilgan ko'rsatgichlar taxminiydir. Haroratlar yig'indisiga bo‘lgan talab 
ekologik va agrotexnika sharoitiga bog‘liq holda ayrim navlar bo'yicha belgilanadi, 
masalan, tog‘ oldi tumanlarda 0 ‘zbekistonning bahorikor sharoitida o ‘sadigan tok 
uzumi o ‘suv davrida faol haroratlar yig‘indisi kam bo'lganda ham sug‘oriladigan 
tokzorlardagi uzumga qaraganda 15-20 kun ilgari pishadi.
N am lik. Tok yillik siklining ayrim fazalarida namni bir xil talab qilmaydi
novdalaming va barg yuzasining jadal o‘sishi davrida nam juda katta ahamiyatga 
ega. Gullash davrida tuproqda nam va havoning ortiqcha bo‘Ushi gullaming to‘kilib 
ketishiga sabab bo'ladi; nam 0‘simlik qismlarining kuchli o‘sishini tezlashtiradi, 
bunda generativ organlarning zarariga ko‘p miqdorda oziq moddalar sarflanadi. 
M evalar to‘lishini vaqtida ham tok ko‘p nam talab qiladi. Novdalar pisha boshlashi 
bilan namga bo‘lgan talab kamayib boradi. Uzum pishishi oldidan tuproqda 
namning ortiqcha bo‘lishi meva shirasining suyulib ketishiga va undagi shakaming 
kamayishiga sabab bo‘ladi, tashish va saqlash qiyin bo‘ladi. Bu holda meva p o ‘sti
14


yupqalashib, yoriladi va mevalar iriy boshlaydi. Bundan tashqari, mevalar pishishi 
davrida ham ortiqcha bo'lsa tokning barcha organlari kuchli o‘sa boshlaydi. Hosil 
va novdalar pishishini sekinlashtiradi, buning natijasida tokning sovuqqa 
chidamliligi pasayadi. Semam havo uzoq saqlansa, tokzorlarda zamburug' 
kasalliklari, asosan о 1 diuni tarqaladi. Nam yetishmaganda novda, barg, uzum 
boshlari, g ‘ujumlar o‘sishdan to‘xtaydi, hosil kamayadi, uning sifati pasayadi, 
qurg‘oqchilik davrida esa tokning bir qator fiziologik faoliyatlari buziladi. Shunday 
qilib normal rivojlanishi uchun qish va erta bahorda yerda k o ‘p nam to ‘plash, tok 
gullagandan so‘ng, meva to'kilayotganda namni oshirish, gullash va mevalaming 
yetilishida hamda novdalarning pishishi davrida namni o'rtacha saqlash loam'.
Namlik yetarli bo‘lgan issiq iqlim uzumni yetishtirish va unda shakar to'plash 
uchun juda qulaydir. Yuqori qand va oz kislotali uzumni janubiy tumanlarda o‘sgan 
tok mevalaridan yaxshi desert vinolar tayyorlanadi.
Shamol. Yengil shamol juda foydali: u tokzorlarda aeratsiyani yaxshilab, tok 
zanglarini zamburug4 kasalliklari bilan zararlanishidan saqlaydi, tokning chetdan 
changlanishiga yordam beradi, sovuq tushgan vaqtlarda sovuq havoning turib 
qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Kuchli shamol tokzorlarga zarar yetkazadi, ya’ni yer qurib qoladi. 
bag‘ozlardagi novdalar tushib ketadi, ulami sindiradi, barglami silkitadi. Issiq 
shamol-garmsel novdalami, barglami va uzum g'ujumlarini zararlaydi. Yomg‘irda 
va harorat past vaqtida shamol bo‘lsa, novdalar muzlab qoladi va ko'milmagan 
toklarda kurtaklar nobud bo'ladi. Uzum pishishi davrida kuchli shamol bo'lib 
turadigan tumanlarda ho‘raki, ayniqsa yupqa p o ‘stli (husayni, K attaqo'rg'on va 
boshqalar) navlami imkoni boricha ekmaslik lozim, chunki ular mexanik 
shikastlanishi tufayli uzumning sifati pasayadi.
Tokni shamol va sovuqdan himoya qilish maqsadida tok o'tkazish uchun 
tegishli joylar tanlanadi, shamolda himoya qiladigan o'rmon ihotazorlari va shamol 
kuchini sindiradigan tizimlar barpo etiladi.

Download 9,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   359




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzum boshi tuzilishi va uning tarkibiy qismlari

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish