Tosh
va yirik qum donalari tuproqning zahini qochiradi, havo yaxshi o'tishini
ta’minlaydi, issiqlikni to ‘playdi, begona o ‘tlami o'sishiga to'sqinlik qiladi. Toshli
va yirik kesak tuproqli yerlarda uzum mevasidan
sifatli vino tok navlarini
yetishtirish mumkin. Bunday tuproqli yerlarda uzum tez pishadi va ko‘p shakar
to‘playdi. Daryo vodiylarining bo‘z va o ‘tloq tuproqli yerlari tok ekish uchun juda
yaroqli hisoblanadi.
Sizot suvlarining sathi va ulaming naqadar yuzada joylashishi tok ekish uchun
katta ahamiyatga ega. Sizot suvlari yuzada joylashgan yerlarda tegishli
agrotexnikani qo'llab, m o‘l hosil olish mumkin. Lekin sizot suvlarining ju d a yaqin
(0,5-1 m da) joylashishi tufayli tok ba’zan nobud bo'ladi.
Sizot suvlaming minerallashuvi ham juda muhimdir. Suv sho‘r bo‘lmagani
m a’qul. Tuzlaming umumiy miqdori 0,5-0,7% bo‘lganda, lekin xloridlar 0,02-
0,04% dan ortib ketmaganda tok nisbatan normal o‘sa va hosil bera oladi.
Tuproqning kimyoviy tarkibi ham tokka katta ta’sir ko‘rsatadi. Tok ko'pinchi
azot, fosfor, kaliyni talab qiladi. Tok azotga juda talabchan. Ayniqsa o‘suv
davrining birinchi yarmida azotga bo‘lgan talabi juda ortadi. Kaliy va fosfor
yetishmaganda azotning ortib ketishi vegetativ organlaming o'sishini tezlashtiradi,
o‘suv davrini uzaytiradi va yog'ochlik hamda mevalar pishishini kechiktiradi,
mevalaming sifati yomonlashadi.
Yerga fosfor solish natijasida
tugunchalar soni ortadi, uzum tez pishadi,
vinoning sifati yaxshilanadi. Kaliy zanglaming pishishiga va ulaming sovuqqa
chidamliligining ortishiga yordam beradi.
Tokning ba’zi navlari tuproqda kalsiyning erigan xillari ko‘p (15-20 foizdan
ortiq) bo‘lishiga chiday olmaydi; bunday tuproqli yerlarda ular kasallanadi va
yomon o‘sadi. So'nggi yillardagi tekshirishlarda tokka b a ’zi mikroelementlar: bor,
marganets, temir va boshqalar yaxshi ta’sir ko‘rsatish tasdiqlandi.
Kuchsiz kislotali va rN5-7 bo‘lgan neytral tuproqli yerlar tok uchun yaxshi
hisoblanadi. Kislotali tuproqli yerlarda tok yomon o ‘sadi. Tok sho‘rga
nisbatan
chidamli o‘simliklardir. Tuproqda 0,1% natriy xlorid va 0,4% natriy sulfat
bo‘lganda yosh tok o‘simliklari nobud bo'Iadi. Voyaga yetganlari esa tuproqning
yuqori qatlamlarida 0,17% gacha natriy xlorid, 1 foizgacha natriy sulfat va 0,4%
magniy sulfat bo‘lishiga chiday oladi.
Tuproqning namligi ham katta ahamiyatga ega. Eng katta dala nam sig‘imining
70-60% miqdoriga namlik tok uchun optimal namlik hisoblanadi. Tuproqning
namligi past bo‘lganda tok zangi yaxshi o'smaydi va kam hosil beradi, 30%
bo‘lganda esa butunlay to ‘xtaydi.
Biologik muhit-begona o ‘tlar, o'sim lik parazitlari (zarpechak, dev pechak), tok
zangining zaraikunanda va kasalliklari,
bakteriyalar, viruslar va zamburug'lar tok
o ‘simligining hayotiga salbiy ta’sir etadi. Bu organizmlar tok o'simligiga bevosita
yoki vositali-tuproq va havo orqali ta ’sir etadi, bu bilan u faqat shu yilgi emas,
balki kelgusi yillardagi hosilni ham kamaytirib yuboradi.
M etrologik sh aro itlar. Joyning balandligi va relefi. Joyning balandligi va
relefi o‘zgarishi bilan, m a’lumki, iqlim va tuproq sharoiti ham o ‘zgaradi, bu esa
tokning o‘sishi va hosil berishiga, mahsulotning sifatiga ta’sir etadi. Joyning
balandligiga qarab, tokning o‘suv davridagi faol haroratlar yig‘indisi kamayadi.
Shunga ko‘ra, uzumning xillari hamda uzumchilik-vinochilik tarmog'i o‘zgaradi.
16
Наг 100 m balandlikda sutkalik harorat qishda 0,3-0,5o va yozda 0,7-0,80 pasayadi.
Agar 0 ‘zbekistonning vodiy tekisliklardagi maksimal harorat yozda 40-43o ga
yetsa, tog‘ oldi mmtaqalarida 30o dan oshmaydi.
Harorat pasayishi bilan joyning balandiga bog‘liq holda yog‘in miqdori orta
boradi, shamol b o iib turadigan tog‘laming shamolga qaragan tomonida (g'arbiy
yonbag‘ir) har 100 m balandlikda o'rtacha yillik yog‘in miqdori o‘rta hisobda 40-
60 mm ortadi. Shamolga teskari yon bag'irlarida (sharqiy yonbag'ir)
balandlik
ortishi bilan yog‘in miqdori oz ortadi. Tog‘ oldi tog‘li tumanlarda dengiz sathidan
1600-1500 m balandlikdagi yerlarga shampan va har xil vinolar tayyorlanadigan
navlami ekish mumkin.
Tepaliklaming janubiy yon bag‘irlari anchagina issiqdir. Bu yerda o‘suv davri
erta boshlanadi, hosil zanglar erta pishadi, mevalardagi shakar miqdori shimoliy
yon bag‘irlardagiga nisbatan ko‘p bo'ladi. Janubiy yon bag‘irlar, odatda,
ancha
nishab, yuvilib ketgan va quruqroq, tuprog‘i kam unumdor bo‘ladi.
Vodiylar odatda kuchli oqindi tuproqni bo'ladi, sizot suvlari yuzaga yaqin
ko'tarilganda bunday tuproqlar ko'pincha sho'rlangan va botqoqlashgan bo'ladi.
Bu yerda tuproq va havo namligi yuqori, shamol kam, tez-tez sovuq bo'lib turadi.
Sizot suvlar yuzada joylashgan vodiylarda tok o'simligi avj olib o'sadi va m o 'l
hosil beradi. Bunday yerda tok sug'orilmasligi mumkin, lekin sizot suvlar ancha
chuqurda joylashganda sug'orish lozim bo'ladi.
Uzum mevalari yetilishida molik ahamiyatga ega bo‘lgan meteorologik
sharoitlar har yili qulay bo'lavermaydi.
Uzum sifati asosan tupni vegetatsiyaning birinchi kunlaridan to hosil
yig‘ishgacha kechgan sharoitlariga bog'liqdir. Tuproqdagi namlik zahirasi (qishki
oylarda yuzaga keltirilgan), o‘suv davridagi yog'ingarchilik miqdori,
bular uzum
miqdori va sifatiga ta’sir etadi. Ushbu omillaming ta’siri u yoki bu navui
yetishtirish mumkinligini belgilaydi. Joylarda bahorgi sovuqlarga ta’sirchan
navlami ekish tavsiya etilmaydi.
Qulay meteorologik sharoitlar-gullash davridagi, asosiy talablardan biridir.
Shuningdek, uzum sifatiga salbiy ta ’sir ko'rsatadigan meteorologik hodisalar: do'l,
uzoq davom etadigan yog'ingarchilik, qurg'oqchilik va boshqalami inobatga olish
zarur.
Uzoq va tez-tez davom etadigan yog'ingarchiliklar oqibatida havo harorati
pasayib, natijada uzum yetilmaydi va u oz qandli va nordon bo'lib qoladi.
Qurg'oqchilik mevalar o'sishi va normal rivojlanishini susaytiradi: ulaming
po'sti qalinlashadi, eti esa shirasiz bo'lib qoladi. Uzoq davom etgan qurg'oqchilik
uzum boshlarini butunlay qurishi va nobud bo'lishiga olib keladi.
Yengil sovuqdan keyin
barglari qurishi kuzatiladi, g'ujumlarga shakar kelishi
to'xtaydi va uzum pishmaydi. Yanada qattiq sovuqlarda uzum boshlari muzlaydi.
Erish paytida ular q o 'n g 'ir rangga kiradi, uzum bandlari m o'rt bo'lib, g'ujumlari
to'kilib ketadi.