H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/359
Sana11.06.2024
Hajmi9,85 Mb.
#262679
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   359
Bog'liq
BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

Bochkalar o‘lchami
H
aj
m
i, 
1
Tashqi o'lchamlar, 
mm
Ichki o‘lchamlar, mm
Yog'och xalqa, 
mm
V
e
rt
ik
a
l
b
a
la
n
d
li
k
Diametr
S
at
h

va
u
st

o
ra
si
d
a
g

b
a
la
n
d
li
k
Diametr
Y
o
n
id
a
n
y
o
g
'o
c
h
x
a
lq
a
c
h
a
g
a
m
a
so
fa
U
zun
ligi 
v
a
c
h
u
q
u
rl
ig
i
B
iq
in
id
a
B
o
sh
j
B
iq
in
id
a
T
u
b
id
a
350
892
862
705
756
806
690
45
7x7
350
842
889
735
706
833
715
45
7x7
400
932
897
735
796
841
717
45
7x7
450
1000
918
735
864
862
718
45
7x7
520
1000
985
805
860
925
785
45
7x7
550
1038
993
805
898
933
785
45
8x8
600
1085
1013
805
945
953
790
45
8x 8
5-jadval
Butkalar. 
Katta hajmdagi bochkalar butlar deb ataladi. Ular bochkalarga 
o'xshab yoki oval shaklida maxsus but bo‘lakchalaridan uzunligi 210-235 sm, 
kengligi 10-18 sm va qalinligi 7,5 sm o‘lchamlarga ega bo'ladi. Oval butlar 
dumaloqlarga nisbatan oz maydonni egallaydi. Oval shakldagi butlar uzum 
sharbatini saqlashda cho‘kmalar hosil qilish uchun qulay hisoblanib okleykada 
katta ahamiyatga egadir.
But tubi puxtaligini oshirish maqsadida uning o‘rta qismida tubiga ko‘ndalang 
holda ikkita yog‘och bruslaridan to‘sin qilinib, ular o ‘zaro tik ustunlarga 
bog'lanadi. But tubida ishchilar kuzatishi va tozalashi uchun eshikga (lyuk) 
o‘matiladi va jo'm rak uchun teshikka parmalanadi. But o‘lchamlari xilma-xil 
bo‘lishi mumkin. X o‘jaliklarda eng ko‘p qo‘llaniladiganlari: 300, 600-700 va 1000 
dkl o'lchamlaridir.
Chanlar 5 sm va undan qalin dub bo‘lakchalaridan tayyorlanadi. Ulami 
odatdagi shakli konus bo‘lib, 300,600-700 dkl hajmlarga ega bo'ladi.
Chanlar qizil vinolami bijg'itish va quyuq sharbatni tindirish uchun 
qo'llaniladi. Bijg'itish usuliga qarab chanlar ochiq yoki yopiq qilinadi. Yopiq
27


chanlarda yuqori tubi qo‘yilib, unda bijg'itish shpunti va lyuk uchun tuynuk 
qoldirilib, ular orqali chan to‘ldiriladi. Chanlaming pastki qismida ochiluvchan tubi 
bo'lib, tubidan 10-15 sm balandlikda yog'och panjara o‘matilgan. Bunday 
moslama bijg'ishdan keyin vinoni chandan bo'shatish imkoniyatini beradi. Vinoni 
bijg'itishda chan yuqori chekkasidan taxminan 20-25 sm uzoqlikda yog‘och 
panjara o‘matilib, u uzum turpini yuqoriga k o ‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chan 
devorining pastki qismida butlardagi singari lyuk o‘matiladi jo ‘mrak uchun teshik 
parmalanadi. Chan va butlami qurishdan saqlash uchun tashqari qismi olif yoki 
maxsus lok surkaladi.
S h p u n t v a chanlar. Bochka, but va chanlar teshiklari yog'och po‘kaklari bilan 
yopiladi.
Bochka va butlaming teshiklari shpuntlar bilan ostki teshiklar chanlar ostki tubi 
bilan yopiladi. Vinoni yertoMada saqlashda yog‘och qatlamlari bo‘ylab yo'nilgan, 
uzunligi 10 sm li dub yog‘ochidan tayyorlangan po'kaklar qo‘llaniladi. Vinoli 
bochkalami tashishda shpuntli teshiklar shunday p o ‘kaklar bilan yopiladi. 
K o‘ndalang shpuntlar teshiklariga mos (5 sm atrofida) va balandligi 4-5 sm. 
Choklar ham bo‘yi (3*7 sm) va ko‘ndalangiga (3*3 sm) qo‘yiladi. Vino k o ‘pincha 
bo'ylab qo‘yilgan shpunt va choklardan sizilib o‘tadi. Ushbu g ‘ovaklikni yo'qotish 
uchun shpunt va chanlar qaynoq eritilgan parafta bilan shimdiriladi.
M ayda inventar. Vinochilik xo‘jaliklarida turli inventarlardan foydalaniladi.
Vinoni bir idishdan ikkinchi idishga o‘tkazishga yog‘ochdan yasalgan 
ariqchalar ishlatiladi. Ariqchalardan tashqari voronka, loyqa yoki cho'michlar 
qo‘llaniladi.
Vino uchun tem ir-betonli rezerv u arlar. Yirik ixtisoslashtirilgan vinochilik 
xo‘jaliklarida vino uchun sementlangan rezervuarlar ishlatiladi. 
Bunday 
rezervuarlar toshdan, g'ishtdan qurilgan bo‘lib, uning ichki va tashqi tomonlari 
sement suvog'i bilan qoplangan bo'ladi. Ammo bunday hajmlar unchalik yuqori 
pishiqlikka ega bo'lmay, tezda buzilib ketishi mumkin, shuning uchun keyingi 
paytlarda ularda faqat g'ijimlangan massani saqlash uchun foydalaniladi.
Hozirgi davrda vino uchun temir-beton rezervuarlar yaratilmoqda. Rezervuarlar 
o'lchamlari juda xilma-xil bo‘lib, ulami foydalanish maqsadiga bog'liq bo'ladi.
Vinoni saqlash uchun 1000, 1500 va 2000 dkl, ko‘p miqdorda vinolami 
kupajlash uchun esa-5000, 10000 dkl va undan ancha katta hajmdagi sistemalar 
ishlatiladi. Temir-beton rezervuarlar sement qatlami bilan suvalib qoplanadi.
Vinoni ohak va temir ta ’siridan saqlash uchun temir-beton rezervuarlar ichidan 
shisha yoki chinni plitkalar bilan qoplanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun 
boshqa usullar, jumladan sistemaning ichki qismini kimyoviy moddalar bilan 
ishlov berish bilan amalga oshirish mumkin. Bu moddalar ohak bilan qo'shilib 
erimaydigan qatlam hosil qilib, vinoni sement ta’siridan saqlaydi.
Vino kislotasi bilan ishlov berish eng keng tarqalgan va yaxshi usul 
hisoblanadi. Buning uchun rezervuarlar devorlar 3 kun farqi bilan ikki marotaba 10 
foizli vino kislotasi aralashmasi bilan qoplanadi. Har bir qatlam qoplanishi 
oralig'ida devorlar qurishi kuzatiladi. Rezervuar devorlarida shundan keyin 
aralashmaydigan nordon vino ohaki qatlami yuzaga keladi. Devoming 1 m2 yuziga 
40 g vino kislotasi sarflanadi. Vino kislotasi o'm iga sulfat kislotasini yaxshi
28


natijalarga erishish mumkin. Ushbu kislota ohak bilan birga vinoda kam 
aralashadigan nordon sulfat ohaki (gips) yuzaga keltiradi. Rezervuarlarga ishlov 
berish uchun 10 foizli sulfat kislotasi aralashmasi tayyorlanib, u bilan devorlar 
surkaladi. Rezervuaming 1 m2 yuzaga 10 g sulfat kislotasi sarflanadi.
Birinchi va ikkinchi ishlov berilgandan keyin devorlar qurigandan so‘ng toza 
suv bilan yuzaga kelgan tuz va kislota qoldiqlarini yuvish tavsiya etiladi.
V.E.Toirov nomidagi Ukraina uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot 
institutining o'tkazgan amaliy va izlanishlariga ko‘ra temir-beton rezervuarlarni 
vino yoki sulfat kislotalari bilan berish vino sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. 
Shisha plitkalar bilan qoplangan temir-beton rezervuarlar vino kislotasi va 
kimyoviy vositalar bilan ishlov berilganga nisbatan alohida afzalliklarga ega emas.
Fransiya, Germaniya, Italiya va Amerikada temir-beton rezervuarlaming ichki 
devorlarini qoplash uchun xilma-xil tarkiblar qo'llaniladi. Italiyaning Borsa 
firmasida ebon keng qo‘llanilib, u tog‘ mumi, qatron (smola) va bitum 
aralashmasidan iborat.
Boshqa qo'shimcha moddalar bilan tayyorlangan ebon plitkalari issiq holda 
betonning g‘adir-budir yuziga 8 mm qalinlikda yopishtiriladi, choklari tekislanadi. 
Ebondan boshqa temir-beton rezervuarlari ichki devorlarini qoplash uchun yana 
ko'plab tarkiblar mavjud bo'lib, ulardan ko‘p qo‘llaniladigan tuproqda kimyoviy 
yo‘l bilan kerozolit, u quruq notekis devor yuzasiga issiq holda 6 mm qalinlikda 
suyuqlanadi.
Tarkiblaming ko‘pchiligi, jumladan antikor, gashel va boshqalar patentlangan 
va firma sirlari hisoblanadi.
Keyingi paytlarda bizda va horijda temir-beton sistemalaming ichki yuzasini 
qoplash uchun turli loklar qo‘llanilib, ular sement bilan mahkam birlashib, tekis 
yuza hosil qiladi va vinoning ta’m sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Vino uchun foydalaniladigan temir-beton rezervuarlar odatda to‘g‘ri burchakli 
(4-rasm) yoki silindr (5-rasm) shaklli kameralarga ega.
Rezervuar shipiga konus yoki yuqorisi egilgan shakl beriladi. Bundan maqsad 
vino bilan rezervuar shipi o‘rtasida bo‘sh havo joyi qoldirmasdan ulam i 
yuqorigacha to ‘ldirishdir. Temir-beton rezervuarlarni pastki qismida eshik-lyuki 
bo‘ladi.
Ulaming shipida rezervuarlarni to'ldirish uchun tuynuk qoldiriladi. Rezervuar 
sathidan biroz balandlikda vinoni tushirish uchun j o ‘mrak o‘matilgan b o ‘ladi. 
Bochkalami to'ldirish yengil bo'lishi uchun rezervuarlar tepalikka o‘matiladi. 
Rezervlar sathi suyuqlik oqishi oson bo'lishi uchun ozgina qiya bo‘lishi kerak. 
Temir-beton rezervuarlar toMishini kuzatish uchun vino o'lchash shishalar 
o'matiladi.
M etall rezerv u arlar. Hozirgi davrda oziq-ovqat sanoatida, jumladan vino 
ishlab chiqarishida metall rezervuarlardan keng foydalanilmoqda.



Download 9,85 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   359




Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov

Download 9,85 Mb.
Pdf ko'rish