|
bo'ladi. Sovutish va isitishni almashlab qo'llash, qo'shimcha ravishda yelimlash va Pdf ko'rish
|
bet | 300/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbebo'ladi. Sovutish va isitishni almashlab qo'llash, qo'shimcha ravishda yelimlash va
filtrlash vinolami yetilishini tezlatish uslublaridan biri bo'lib qolmoqda.
Ho'raki vinolarga ishlov berish. Ho'raki vinolaming yetilishini tezlatish va
sifatini yaxshilash maqsadida ularga ishlov berishning turli kombinatsiyalangan
usullari qo'llaniladi. Mazkur usullar orasida italyan olimi Montining usuli diqqatga
sazovordir. Bu usul qo'llanilganda vino past haroratda havo bilan to'yinadi, keyin
vino haroratini 20° gacha ko'taradi. Shundan so'ng uni sovutib ikkinchi marta havo
bilan to'yintiradi va yana 20° gacha isitib past haroratda filtrlaydi. Yosh vinolarga
ishlov berishda Monti usuli yaxshi natijalar berganligini
Geyzengeym
laboratoriyasi ham tasdiqladi.
Laboratoriya sharoitida o'tkazilgan tajribalar va ishlab chiqarishdan olingan
natijalami tekshirish ho'raki vinolarga kombinatsiyalangan ishlov berishning
quyidagi texnologik chizmasini tavsiya etishga imkon tug'diradi.
Ishlovga kelgan vino issiq almashgich apparati yordamida muzlash nuqtadan
1/2 darajaga ko'proq sovutiladi. Texnik imkoniyat bo'lganda sovutishdan oldin
to'yinish uchun vinodan kislorod yoki havo o'tkaziladi. 2 kundan keyin sovush
haroratida vinoni filtrlaydi, havosiz 25° gacha isitadi va shu haroratda 30 kun
davomida yetiltiradi.
Quvvatlangan
vinolarga
ishlov
berish.
Quwatlangan
vinolarga
kombinatsiyalangan usul bilan ishlov berish tufayli yaxshi natijalarga erishiladi:
ulaming ta’mlari yaxshilanib, barqarorlashadi. Vinoga spirt qo'shilganda vino
toshlari, oqsil va pektin moddalaming bir qismi cho'kib, solishtirma og'irlik
yengillashadi. Shuning natijasida quvvatlangan vinolardagi muallaq suzib yuruvchi
|
| |