|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov Pdf ko'rish
|
bet | 299/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbevinolar
sifatiga
ijobiy
ta’sir
qiladi.
Vinolar
borqarorlashib, ta’mi yaxshilanadi. Bu usul qo'llaganda vinolarda kuyik ta’mi
paydo bo'ladi degan ba’zi vinosozlar tomonidan bildirilgan taxminlar boshqa
sabablarga borib taqaladi ya’ni bu quvur pasterizatorda bor bo'lgan kamchilik,
pasterizatsiyalashda noto'g'ri rejimni ishlatish, xususan, isitishda havo krib qolishi
va me’yordan ortiqcha isitib yuborish bilan bog'liq.
Kaxetiyada butilkaga solingan oq va qizil vinolaming pasterizatsiyalash ijobiy
natijalar berdi. Degustatsiya qilinganda pasterizatsiyalangan vinolar tiniqligi va
mayinligi bilan ajralib turadi. O'tkir va desert vinolami ishlab chiqarish
texnologiyasida isitish katta ahamiyatga ega. Harorat, shamollatish, isitish va uning
82-rasm. Butilkali vino uchun pasterizator
219
davomiyligi
0
‘tkir va desert vinolarga ko‘p tomonlama ta’sir qiladi.
Istishning turli usullarini qo'llash vinoning yetilishiga, sifatiga yaxshilanishiga,
unda o'ziga xos xususiyatlar paydo bo'lishiga ta’sir ko'rsatadi.
14.7. Vinolarga termik ishlov berishning kombinatsiyalangan usullari
Vinolarga sovuq bilan ishlov berish uning toza bo'lishiga, ta’mi yaxshilanishiga
olib keladi. Lekin faqat sovuq bilan ishlov berilgan vinolaming tiniqligi barqaror
bo'lmaydi. Ma’lum vaqt o'tgach ular bu xususiyatini yo'qotadi. Harorat
ko'tarilganda oqsil va pektin moddalar koagulyatsiya natijasida erimaydigan
holatga o'tib, sovuq bilan ishlov berilganda qisman cho'kadi. Oshlovchi moddalar
ham bunga sabab bo'ladi.
Sovutish va isitishni almashlab vino yetilishini yaxshi natijalarga erishsa
|
| |