|
kimyoviy tahlil natijasida aniqlanadi Pdf ko'rish
|
bet | 307/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbekimyoviy tahlil natijasida aniqlanadi.
Odatda uzum terish uning texnik pishishidan oldin boshlanadi. Shu sabab
birinchi kunda terilgan uzumdan tayyorlangan vinolar ko'proq kislotaliligi, kamroq
spirtliligi bilan keyingi terishdan tayyorlangan vinolardan farqlanib turadi. Uzum
terish jarayoni cho'zilib ketsa vinodagi bunday farqliliklar ko'payib ketadi. Bir
kunda turli xil qiyaliklarda o'sgan bir navli toklardan olingan uzumlaming tarkibi
bir-biridan farqlanib turadi. Bu esa o'z navbatida vino sifatiga ta’sir qiladi. Turli
tizimli presslarda (gidravlik yoki uzluksiz harakat qiluvchi) bir navli uzumlardan
siqib olingan sharbat tarkibi har xil bo'lgan vino beradi.
Yosh vinolaming tarkibi turli bo'lishining sababi ham ana shunda. Birinchi
marta suzishda bir xil va navli vinolami aralashtiradi. Bu operatsiya egalizatsiya
nomi bilan yuritiladi. Egalizatsiya bir xil navli vino olishdan tashqari vinolaming
ba’zi bir kamchiliklarmi bartaraf etishda, masalan, kislotaliligi ko'p, quwati past
bo'lgan birinchi terim uzumdan olingan vinolami kislotaliligi oz, o'tkirligi kuchli
bo'lgan keyingi uzum terimidan olingan vinolami aralashtirib spirtli vino olishda
ishlatiladi. Shu yo'l orqali turpdan ena ajratilgan rangi och bo'lgan qizil vinolami
quyuq qizil vinolarga aralashtirib sifadni yaxshilansa bo'ladi. Shampan vino
materiallami birinchi marta suzishi assamblyaj nomi bilan yuritiladi.
Maqsaddan kelib chiqib vinosoz turli hudud. rayonlarda o'sgan turli uzum
navlaridan, har xil yillardan olingan har xil turdagi-qizil bilan oq, shirali bilan
shirasiz vinolami aralashtiradi. Vinochilikda keng qo'llaniladigan bu operatsiya
kupaj nomi bilan yuritiladi.
Kupaj vino sifatini o'xshatishda eng yaxshi usuldir. Yuqori sifatli vino
|
| |