yil o 'z faoliyatini boshladi. Sinov - tajriba maydonlari uchun Farg'ona viloyati
Qo‘qon va Marg‘ilon shahridagi
4, 5-sonli
aqli zaif bolalar, 9-sonli zaif
ko'ruvchi bolalar maxsus maktab intematlarida, 64-sonli falaj bolalar bog'cha
majmuasi, 39-sonli nutqida nuqsoni
bo'lgan bolalar bog‘chasi,
1,9-sonli
umumta’lim maktablari, Andijon viloyatidagi 5,
31 - sonli
umumta’lim
maktablari tanlandi16.
Inklyuziv
ta’lim
borasida
tajriba-sinov ishlari 2004
yil
iyun
oyidan
boshlangan.
Dastawal
m a’lumotlar
banki
yig'ildi.
Bu
ishga
ota-onalar,
o'qituvchilar va mahalla qo'mitasi a’zolari jalb etildi. Andijon viloyatidagi 31-
sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o'quvchisi L.Habibullaev (zaif eshituvchi)
2001-2002 o'quv yillarida resurs pedagog M.Valieva tomonidan umumta’lim
maktabining inklyuziv sinflarida o'qitila boshlagan. L.Habibullaev onasi vafot
etganligi sababli bobosi va buvisi qaramog'ida qolgan. Dastlab unga Xo'jaobod
tumanidagi kar-soqovlar maktab-intematiga yo'llanma berlgan,
masofa uzoqligi
sababli
31-sonli
umumta’lim
maktabiga
jalb
etilgan.
Resurs pedagog
Mamlakatxon Valievaning aytishicha,
Lutfilla Habullaevga
normal bolalar bilan
o'qish ilk bosqichda qiyin bo'lgan.
Differensial va individual yondashish
yordamida asta-sekin qiyiniliklar ortda qolib, bilim, ko'nikma va malakalari
hosil
bo'la
boshladi. Tengdoshlari tomonidan kamsitilmay,
ulaming mehr-
muruvvatiga sazovor bo'ldi.
Shahar halq ta’limi bo'limi Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyasi raisi
M.Sattorovaning
aytishicha, “Bolalami
maxsus
maktabga
joylashtirish
tortishuvlarga sabab bo'lgan, ayniqsa, ota-onalar maxsus maktablarga bolalarini
berishga qarshilik ko'rsatar edilar. Bizni xursand qilgan narsa maxsus ta’limning
noa’anaviy shakllari va ta’lim turlarining
kengayganligidir. Maxsus
ta’lim
umumta’lim
maktablari bilan
qo'shilib ketmoqda.
Imkoniyati cheklangan
bolalmi
“Sen hech kimdan kam emassan, tengdoshlaring bilan o'qishga teng
huquqlisan”-deb uqtirmoqdamiz”.
Oripova Yorqinoy Sobirovna rahbarlik qilayotgan Andijon shahar 5-sonli
umumta’lim maktabida 78 ta sinf bo'lib, 2619 nafar o'quvchi tahsil oladi. Shulardan
boshlang'ich sinfda 5 ta o'quvchi inklyuziv ta’lim oladi17.
Mukarram Ahmadullaeva
resurs pedagoglik faoliyatini yuritayotgan 1-D-sinfda
Muzaffar Olloberdiev (Oligofreniyaning debil darajasi), Omonullo Is’hoqov (mayda
qo'l muskullari falajlangan) va
Ro'zieva Shohsanam (RRS)
inklyuziv ta’lim
olmoqda. Marg'ilon shahar 9-sonli umumta’lim
maktabida tahsil olayotgan
A.Hakimovning ta’Iim-tarbiya olish jarayonini kuzatdik. A.Hakimovning harakat
tayanch a ’zolari falajlangan bo'lib, nogironlar aravachasida o'tiradi. Inklyuziv
ta’limga 4-sinfdan boshlab jalb etilgan. D astawal o'qish jarayoni bola uchun juda