“ КолоколыкваМарионелла Алексеевна Воспитание нравственных взаимоотношений
младших школьников в инклюзивном образованииДиссертация ... д-ра пед. наук. — Санкт-
Петербург ,2016
14
bolalar uchun ijobiy tornoni ularga inos keluvchi
o ’quv dasturlarining
mavjudligidir12.
Maktablardagi real vaziyatlar qarama-qarshiligiga qaramay to’liq jalb etish
g ’oyasi ta’siri ostida bo’lgan maktab pedagoglari orasida uchraydi. To’liq jalb etish
g’oyasi bo’yicha barcha imkoniyati cheklangan bolalami oddiy sinflarda samarali
o ’qitish mumkin. Lekin umumta’lim maktablardagi real xolatshuni ko’rsatmoqdaki
aksariyat o ’qituvchilar bu g ’oyani amalga oshirishga tayyorgarlik xissi yo'q yoki
tayyor emas. Real xolat shuki, ko’pkina mamlakatlarda
imkoniyati cheklangan
bolalami o ’qitish uchun boshlang’ich pedagogik ta’lim kurslari yetarli emas va ishlab
chiqarishdan ajralmagan xolda chegaralangan ta’limni tashkil etish uchun
o’qituvchilarga imkoniyat yo’q. Bu shuni anglatadiki aksariyat o ’qituvchilar o ’z
sinflarida
keng ko’lamdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun zarur bo’lgan
munosabat bilim va ko'nikmalarga ega emas.(Avramidis2000, Emam va Farrell
2009)
Umumta’li maktablariga kiruvchi yaxlit va qisman imkoniyati cheklangan
bolalami moliyalashtirish xal qiluvchi muammodir. Moliyalashtirish muammosini xal
qilish uchun turlicha takliflar kiritilgan, lekin shu paytga qadar moliyalashtirishning
eng qoniqtiradigan modeliga kelishilgani yo’q (Terzi 2010). SHuningdek imkoniyati
cheklangan bolalarga oddiy yoki maxsus zaxiralar baxosi borasida xam muammolar
mavjud. Bir qarashda maxsus maktablar, maxsus sinflar shu bilan birga resurs
xonalarining baxosi qimmatroq bo’lmoqda, shuning uchun inklyuziv ta’lim nisbatan
arzon variant xisoblanadi. Bir necha umumta’lim maktablaridagi ko’mak beruvchi
xizmatlar jismoniy va nutq terapiyasi kabi baxosi jamlansa maxsus maktab bilan
solishtirganda unchalik farqi katta emas. Bu qisqa muddatda qimmat bo’lmagan
narxda taqdim etilsa, uzoq muddatda amalga oshirib bo’lmaydi.
Inklyuziv ta’limning muxim muammolaridan biri vositalaming maqsad sari
yo’naltirilganligida. To’liq jalb etish tarafdorlari ta’kidlaydilarki, imkoniyati
cheklangan bolalami aloxida joylashtirish noto’g’ri, chunki ta’limning asosiy
maqsadi bolalami o ’zlari yashayotgan jamiyatga to’liq jalb etishdan iborat. SHunday
qilib ular maxalliy umumta’lim maktablariga joshylashishlari kerak (Terzi 2010).
Uomok ta’kidlaganidek, pedagoglar intilishi kerak bo’lgan o ’ta muxim maqsad bu
maktabni tamomlagach bolalaming jamoaga kirishishi. Umumta’lim maktablariga
jalb etilish bu maqsadga erishish vositasi bo’lishi mumkin. Bolalaming aloxida
extiyojlarini qondirmaydigan umumta’lim maktablariga jalb etish salbiy xolatlarga
olib keladi, kattalar kabi jamiyatga to ’liq kirishish uchun imkoniyatlami kamaytiradi.
12Сигал Наталья Германовна Современное состояние и тенденции развития инклюзивного
образования за рубежом Диссертация ... д-ра пед. наук. — Санкт-Петербург.2016.
15
|