PSIXOLOGIYA VA TA’LIM SAMARASI




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

10. PSIXOLOGIYA VA TA’LIM SAMARASI
Davr ham m a zam onlarda ham ta ’lim ning yuqori darajada 
bo ‘lishini taqozo qilgan. Barcha rivojlangan m am lakatlarda xalq 
ta ’limi tizim ining muvaffaqiyati ushbu sohada psixologik xiz- 
matni har tom onlam a to ‘g‘ri va samarali tarzda tatbiq etish bilan 
bevosita bog‘liq ekanligi e’tiborni tortmoqda.
Tegishli adabiyotlar tahlili va kuzatishlarimiz natijasi shundan 
dalolat bermoqdaki, maktabga psixologik xizmat tizimining ilmiy 
va amaliy vazifalari turli mamlakatlarda turlicha joriy etilmoqda. 
Bizning u m um ta’lim m aktablarim izda psixologik xizmat tizimi 
o ‘ziga xos usulda joriy etilgan va dastlabki eksperemental tadqi- 
qotlar olib borilyapti.
M aktabda ta ’lim olayotgan har bir bola iqtidorini, individual 
imkoniyatlarini va boshqa qator shaxsiy sifatlarini batafsil o ‘rgan- 
may, tahlil qilmay turib mazkur o ‘quvchi kelajagini pedagogik 
jih atd an to ‘g ‘ri baholab b o ‘lmaydi. 0 ‘quvchilarning faolligini 
ta ’minlashda bugungi kunda psixologik xizmat tizimi tom onidan 
bartaraf qilinishi lozim b o ‘lgan qator m uam m olar mavjud.
44


Bolalami ruhiy intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul 
qilish shunday masalalardan biridir. Keyingi paytda olti, yetti yoshga 
kirgan barcha bolalarni yoppasiga maktabga qabul qilish a n ’anaga 
aylangan. Psixologlar esa hech qachon ishni bunday tartibda hal 
etishga yo‘l qo ‘ymagan bo‘lar edilar. Sababi, har bir bola ham 
aqliy, ham jismoniy jihatdan o ‘ziga xos individual imkoniyatlarga 
ega: ba’zi bolalar olti, yetti, hatto sakkiz yoshga to ‘lsalar-da, ta ’limni 
boshqa tengdoshlari qatori o ‘zlashtirishga tayyor bo ‘lmaganlar. Biz 
esa ulami maktab rejasiga, ba’zan esa ota-onasining xohishiga qarab, 
maktabga qabul qilaveramiz. Mashg‘ulotlarga esa bolalami majburan 
olib boramiz. Natijada bola mhiy jihatdan turii kasalliklarga yo'liqishi 
mumkin. Bu esa bolaning aqliy va intellektual jihatdan tabiiy ri- 
vojlanishi ildiziga ataylab bolta urish demakdir. Bunday holatlarga 
zudlik bilan barham berish, ya’ni har bir maktab ta ’limiga ilk bor 
qadam qo‘ygan bolani maxsus va mukammal ishlab chiqilgan psi- 
xologik testdan o ‘tkazish va uning natijalari asosidagina maktabga 
qabul qilish haqida m as’uliyat bilan o ‘ylashimizga to ‘g‘ri keladi.
Boshlang‘ich ta ’limda kuni uzaytirilgan guruhlarni to ‘g‘ri tashkil 
etish muammosi ham g‘oyat muhimdir. Ko‘pgina maktablarda, 
aksariyat 1—2-sinf o ‘quvchilari darsdan so‘ng 4 yoki 5 soatlab 
maktabda, kuni uzaytirilgan gumhlarda qolib o‘qishlari kerak. Bu 
holda biz 6—7 yoshli bolani 7—8 soatlab maktabda ushlab turamiz. 
Xo‘sh, bola buni xohlaydimi? Albatta, yo‘q! Chunki, hatto biz 
kattalar ham muntazam bir joyda 7—8 soatlab qolib, o ‘qish yoki 
ishlash imkoniyatiga ega emasmiz. Axir, bolaning imkoniyatlari hali 
ko‘proq o'yinga va uxlashga moslangan. 7—8 soatlab o‘qish bir 
joyda bo‘lish jarayonida bola zerikadi, ruhiy jihatdan toliqadi, ni- 
hoyat, maktabdan beziydi, hatto unda yuksak darajada rivoj topish 
mumkin bo‘lgan o ‘quv qiziqishlari so‘nishi mumkin. Eng achinar- 
lisi, bunday hollarda u uyga borib, hatto ovqatni ham yemay uxlab 
qoladi. Shunday ekan, kuni uzaytirilgan gurnhlar tizimini shakl 
va mazmunan psixologik talablar asosida qayta ishlash vaqti keldi.
Maktabda baholash ham psixologik mezonlar asosida amalga 
oshirilishi kerak. Psixologik-pedagogik adabiyotlardan m a’lumki 
boshlang‘ich sinf o ‘quvchisi uchun eng birinchi maqsad — bu, 
yaxshi baho olish va shu baho orqali o ‘z «men»ligini ilk bor his 
etish, ota-onasi va kattalar hurmatiga sazovar bo ‘lishdir. Shuning 
uchun o ‘quvchilar yaxshi baho olishga intiladilar. Lekin ko‘p 
hollarda baholash mezonining buzilishi o ‘quvchi ruhiyatiga, ayni 
paytda, shaxs sifatidagi taraqqiyotiga salbiy ta ’sir etmay qolmaydi.
45


Shuning uchun boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarida baholashning 
psixologik mezonlari chuqurroq o ‘ylab ko‘rilishi kerak. Bola shax- 
sini to ‘g‘ri tushunish va uning harakatlarini tahlil qila olish zarur. 
«Наг bir shaxs qaytarilmas temperamentdir», degan edi fiziolog 
olim I.P. Pavlov. Qolaversa, har bir shaxsning o ‘zigagina xos 
imkoniyatlari mavjudligi va unga hamisha jiddiy e'tibor berish 
zarurligi haqida 0 ‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari Abu N o- 
sir Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy ham o ‘z 
zam onlarida alohida qayd etib o ‘tganlar. C hunonchi, o ‘qituvchi 
bola shaxsini tarbiyalash uchun, dastavval uning «Betakror ola- 
miga» kira olish va shunga mos keluvchi tarbiyaviy tadbirlar re- 
jasini tuzm og‘i va qodlam og'i lozim.
Taniqli ruhshunos olim L.S. Vigotskiy taraqqiyotidan ilga- 
rilab ketgan ta ’limgina samarali bo‘lishini qayta-qayta ta ’kidlagan 
edi. Bugun bola kattalar yordamida amalga oshirilayotgan ishni 
ertaga o ‘zi bajarishi kerak. Bunga bolani har tom onlam a rivojlan- 
tiradigan, uni fikrlashga o ‘rgatadigan, qobiliyatini asta-sekin o ‘sib 
borishiga imkoniyat yaratadigan, tafakkurning yangidan-yangi 
qirralarini ochadigan pedagogik usullar va maxsus psixologik xiz- 
mat tizimi mavjud b o ‘lgan taqdirdagina erishish mumkin.
Yuqoridagi m uammolarni hal qilish jarayonida maktab psi- 
xologlari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:
1. H a r bir o ‘q u v ch id a nam o y o n b o ‘lishi m u m k in b o ‘l- 
gan stress (hissiy z o ‘riq ish ) h o latlarig a o ‘tish in i an iq lash
(PS1XOD1AGNOSTIK ISHLAR);
2. 0 ‘quv faoliyatini tashkil etish, nazoiat qilish va boshqarish 
jarayonida o ‘quv faolligi va samaradorligiga salbiy ta'sir etish 
mumkin bo ‘lgan holatlarini oldindan ko‘ra bilish va ularni bar- 
taraf etish uchun m untazam ravishda tegishli tadbirlar o‘tkazish 
(PS1XOPROFILAKT1K ISHLAR);
3. 0 ‘quvchilarning fanlarni o ‘zlashtirm aydigan, o'zlashtira 
olmaslik sabablarini aniqlash va shu asosida ular bilan alohida 
mustaqil ishlar olib borish, ulardagi imkoniyatlarni keng miqyosda 
o'rganish va rivojlantirish orqali o ‘quvchi shaxsidagi faollikni 
o s h iris h y o d la r in i iz la sh ( R I V O J L A N T IR U V C H I VA 
PSIX O K O R R EK SIO N ISHLAR);
4. Har bir o'quvchining o ‘zigagina xos iqtidori, qiziqishlari, 
maqsadlari o ‘qish imkoniyatlari haqida shu o ‘quvchining o ‘ziga, 
sinf rahbariga va ota-onasiga o ‘z vaqtida tegishli m a’lumotlar bera 
olish (PSIX O LO G IK MASLAHAT ISHLARI);
46


5. 
Psixologik xizmat nizomiga amal qilgan holda har bir o‘quvchi 
uchun «Shaxs psixologik varaqasi»ni to ‘ldirish. Har bir sinfdagi 
o ’quvchilar guruhi, rasmiy va norasmiy kichik guruhlar, sardorlar 
va ayrim «ajralib qolgan» o ‘quvchilar bilan individual-psixologik ish- 
lar olib borish rejalarini tuzish. 0 ‘quvchilami maktabga qabul qi- 
lishda faol ishtirok etish va ulami kasbga yo‘llash bilan bog'liq tad- 
birlar ko'lamini belgilash (UM UM IY FAOLIYAT TADBIRLAR1).
Qisqasi, har bir o ‘quvchi uchun psixologik m uhofaza im- 
koniyatlarini yaratish va shu asosda o ‘quv faoliyati samarador- 
ligini ta ’minlash zarur bo‘ladi. Maktab o ‘quvchilariga xos psi­
xologik qonuniyatlarga to ‘liq rioya qilish ta ’limni tashkil etishda 
katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bolalarga bilimlari va huquq- 
lari doirasida boshlang’ich ta ’lim tizim ida olib borilayotgan dars- 
larni psixologik jihatdan tahlil qilish va tegishli tavsiyalarni ishlab 
chiqish ta ’limdagi yutuqlar omili bo‘ladi. Bu jarayonda ayniqsa, 
aqliy va nutqiy taraqqiyotida nuqsoni bo‘lgan ayrim o ‘quvchilar 
faoliyatiga alohida e ’tibomi qaratish kerak bo’ladi. 0 ‘ylaymizki, 
maktab psixologlari tom onidan yuqorida qayd etilgan m uam - 
molarning bartaraf etilishi va vazifalarning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi 0 ‘zbekistonda boshlang‘ich ta'lim tizimi istiqbollarini 
yanada yuksakroq saviyaga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Download 4,78 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish