Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

«Tabiatshunoslik» 
darsida ham olib boriladi. 
4-sinf darsligida «Tog‘ o ‘rmonlari va o ‘tloqlari» mavzusida: Tog‘- 
larda dam olish vaqtida va turistik poxodlarda tabiatni juda avaylab, 
ehtiyot qilish zarur, daraxtlarga zarar yetkazish, shox-novdalarni 
sindirish, gullarni yulib dastalash, qushlar bilan hayvonlarni be- 
zovta qilish mutlaqo yaramaydi. Bulami diqqat bilan kuzatib bo- 
rish, fotosuratini olish lozim. Ana shunda shu tog‘larda dam olga- 
ningiz to‘g‘risida uzoq yillarga xotira qoldirish imkoniga ega bo‘lasiz.
0 ‘rmonda gulxan yoqish mumkin emas. Chunki, gulxanlardan 
ko‘pincha o‘rmonga yong‘in chiqib, odam uchun qimmatli boigan 
o'simliklargina emas, balki hayvonlar ham nobud bo‘ladi, degan 
satrlar berilgan.
Mehnat darsida ham bolalarga ovqatlanish odobi, mehmon 
kutish odobi, kiyinish odobi, dasturxon tuzatish odobi kabi ax­
loqiy tarbiya m e’yorlari o ‘rgatib boriladi.
Ekologik tarbiya
— bu insonni tabiatga dastlabki qadam qo‘ygan 
kunidan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda 
foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning ta ­
biatga hurmat va e ’tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini 
tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog‘-rog‘lar, gulzorlar 
tashkil qilish orqali uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan 
iboratdir. Ekologik tarbiya ham integratsiyaga yaqqol misol bo‘la oladi.
Ekologik tarbiya tabiat fanida, asosan, olg‘a surilsa, ya’ni bilim, 
ko‘nikma, malaka hosil qilsa, o ‘qish, ona tili, matematika, odob- 
noma, musiqa darslarida uni mustahkamlab, toMdirib boriladi. Ma- 
salan, tabiat darsida ekologik tarbiya bir necha matnlar orqali 4-sinf 
darsligida «Suv va havoni muhofaza qilish» mavzusida bayon etilgan.
Suv va havo bo ‘lmasa, butun jonzot yashay olmasligini hamma 
biladi. H ar qanday tirik organizm tarkibida suv bo ‘ladi.
Bolalarga ekologik tarbiya o ‘qish darsida ham o ‘rgatiladi. 
4-sinf o ‘qish darsligida «Buzilmagan uya» mavzusi bor. Unda: 
bir bola bog‘da ishlayotgan bobosiga ovqat ola keta turib, yo‘lda 
o ‘rtoqlarini uchratadi. 0 ‘rtoqlari qush ovlagani ketayotganini aytib, 
uni ham bunga tortishadi. Lekin bola kechikayotgani va bobosi- 
ning qorni ochqab qolishi mumkinligi tufayli o ‘rtoqlari bilan 
ketmaydi. Bobosiga ovqat yetkazib, daraxt payvand qilishda yor-
39


damlashadi. Bobo bilan birga uyga keta turib, yo‘Ida yana o'rtoq- 
larini uchratadi. Ular qush uyasini buzaman deb, daraxt butog‘iga 
o'ralib, chum chuq bolalarini yeyishga payt poylab turgan ilondan 
qo ‘rqib, daraxtdan yiqilib qochib ketishayotgan edi. Bola bobosi 
bilan yerda yotgan chumchuqlarga yordam berib, ilonni o'ldirishadi. 
Bolalar esa bo ‘lgan voqeadan afsuslangan holda uyga qaytadilar.
Endi ekologik tarbiyani «Ona ti 1 i» darsida k o ‘rib chiqsak. 
4 -sin f ona tili darsligida «Turg'un bobom» she’ri berilgan. Bu 
she’rda ekologik tarbiya olg‘a surilgan.
Turgan bobom
Keng bepoyon vodiylarni,
Ko‘rkam yoz bezar,
Tun qo ‘ynida Turg‘un bobom,
Dalani kezar.
Qodidagi katta ketmon,
Yarqirab kunda,
Egatlarga shildiratib,
Suv quyar tunda.
0 ‘zi juda ishga chaqqon,
Taniqli suvchi.
Uni sevar har dehqon,
Har bir o ‘quvchi.
Zilol suvlar paxtazorda,
Shildirab oqar,
Gullayotgan ko‘m -ko‘k g‘o ‘za,
Bobomga boqar.
«M atem atika» fanini ham ekologik tarbiyaga misol qilib ol- 
sak b o ‘ladi. 4 -sin f darsligining «H ajm larni o ‘lchash» m avzu- 
sida 883-masala bor.
O'quvchilar bo ‘yi 40 metr, eni bo‘yidan 10 m etr qisqa may- 
donda bog‘ barpo etishdi. Bog‘ maydonining yuzini toping. Bog‘ 
atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o ‘rash mumkin?
Shu kabi 
odobnoma
darsida ham ekologik tarbiya yuzasidan 
matnlar, mashg‘ulotlarlar berilgan. 3-sinfda «Ona tabiat — go’zal- 
lik manbayi» nomli uch soatlik bo ‘lim berilgan bo‘lib, bular:
«Gullar rangni qaydan olar», «Qanotli m e’morlar», «Tabiatni 
asrash odobi» nomli mavzularidir. 0 ‘qituvchi bu mavzularni o ‘ta- 
yotganda, tabiat haqida, ekologik tarbiya haqida m a’lumot beradi.
40


Estelik tarbiya —
bu o ‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, 
tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va m ehnat munosabatlaridagi, tur- 
mushdagi go‘zallikni idrok qilish ham da tushunishga o ‘rgatish, 
ulaming badiiy didini o ‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uy- 
g‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Estetik tarbiya o ‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va ma- 
lakalarni shakllantirish ham da estetik his-tuyg‘u, qiziqish, eh- 
tiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalasini o ‘z ichiga 
oladi. Estetik tarbiya bo ‘yicha asosiy fan musiqa bo‘lib, rasm, ya’ni 
tasviriy san’at bo‘lib, jismoniy tarbiya, m ehnat, o ‘qish, ona tili 
uni to ‘ldirib, mustahkamlab boradi. Masalan, 
tasviriy san ’at
dar- 
sida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va estetik mulohaza 
bilan yondashadi.
Mehnat darsida
ham bola estetik tarbiya orqali yondashadi. 
Masalan, qizlar kashtani estetik did bilan tikishadi, dasturxon tu- 
zatayotganda yoki kiyim tikayotganda yanada orasta bo‘lishadi.
Estetik tarbiyaga misol qilib, jismoniy tarbiya darsini olsak, aso­
siy mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar bilan 
mashq qilish darsning maqsadi bo‘lsa, bu holatni estetik mulohaza 
bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘tarilib, bayroqchalami yon tomon- 
larga va keyin yuqoriga ko‘tarib, estetik qiziqish bilan bajarishadi.
Yuqoridagi misollardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
demak fanlararo integratsiya, ya’ni fanlararo uzviylik bog‘liqlik 
mavjud. Chunki, biron fanning maqsadi, ya’ni bolalarda nutq 
o ‘stirish, axloqiy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya barcha 
fanlarda o ‘z aksini topgan.

Download 4,78 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish