Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

Qiziqishlar va mayllar
Qiziqish deganda, kishining nimagadir e ’tibor berishiga, qan- 
daydir predm et va hodisalarni bilishga intilishi tushuniladi. Qan- 
daydir faoliyatga intilishi mayl deyiladi. Qiziqish va mayllar kishi­
ning emotsional hayoti bilan mahkam bog‘liqdir.
59


Qiziqishlarning mazmuni insonning biron yo‘lni tutganligi, u 
hayotda o ‘z oldiga qo ‘ygan maqsadini bildiradi. Qiziqishlar chu- 
qurligi kishining umumiy rivojlanishi va mayli bilan bog‘liqdir. 
Qiziqishlar bevosita va bilvosita ham bo ‘ladi. Bevosita qiziqish 
o ‘zidan o ‘zi biron narsa va hodisalarni bilishga qiziqadi. Bilvosita 
qiziqish esa m a’lum bir narsaga qiziqqanda, shunga bog‘liq bo ‘I- 
gan ikkinchi bir narsaga qiziqishlar tufayli majburiy bir holda 
yuzaga keladi.
Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash, ularni ho- 
zirgi jam iyat kishisiga xos b o ‘lgan m a’naviy yuksaklik darajasiga 
olib chiqish shaxsni shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Shu o ‘rinda shaxs psixologiyasi uni tarbiyalash 
pedagogikasi, axloqiy tarbiya metodikasi bilan o ‘rin almashadi. 
Ularning vazifasi — shaxsni har tom onlam a rivojlantirishi, m a’n a­
viy ongini shakllantirish, ongli intizomni, vatanparvarlik va bay- 
nalminallikni tarbiyalash vositalari va yo‘llarini aniqlashdan ibo- 
rat. Bu kelajak vazifalarni ro ‘yobga chiqarishi shaxsning takom il- 
lashuvini ta ’minlaydi.
«Pedagogika» darsligidagi «Bolalarning yosh davrlari xusu- 
siyatlari tavsifi» mavzusida quyidagilar bayon qilingan. Bolani uch 
yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan davrini maktabgacha davr, deb 
ataymiz. Bu davrda paydo bo‘Igan taassurotlar izi umrbod saq- 
lanib qoladi. Bunda bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o ‘sishi, 
olamni bilish, atrof-m uhitga o‘z munosabatini bildirish istagi ku- 
chayib borayotgan davridir. Shuning uchun ota-onalar va tar- 
biyachilar bolalarni to'g'ri o ‘sishIari, aqliy, axloqiy, estetik jih at­
dan tarbiyalashga jiddiy e ’tibor berishlari lozim.
3—4 yoshlarda bolalar, odatda, nutqning rivojlanishida katta 
muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu davrda bolaning so‘z boyligini asta- 
sekinlik bilan oshirib borish, ayni vaqtda uning sezgi va tasaw ur- 
larini kengaytirish tarbiyachilarning diqqat m arkazida b o ‘ladi. 
T o ‘rt yoshli bolada eng oddiy axloq m e’yorlari va xarakter xu- 
susiyatlari: yaxshilik, itoat qilish, vazminlik, rostgo'ylik va hoka- 
zolar ongli ravishda shakllanishi mumkin. Xususiy mulkchilik 
psixologiyasidagi ko'rinishda: «bu mening o ‘yinchog‘im», «ber- 
mayman», «tegma», «ber», «men sen bilan o ‘ynamayman» va ho- 
kazolaming oldini olish kerak. 5—6 yoshli bolaga asosiy axloqiy 
tushunchalar: yaxshi va yomonni tushuntirish mumkin. Tushun- 
tirish m ashq qilish bilan birga olib borish ham da uni rag’bat- 
lantirish va jazolash bilan mustahkamlanishi kerak.
60


T arbiyachilar to m o n id an taqlid qilish u chun n am u n alar 
yaratilgan va foydali axloq m e’yorlarini egallash sabablari ta ’min- 
langan bodishi lozim. Bu yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi qi- 
yinchiliklar — o ‘jarliklar va kattalar irodasiga besabab qarshi- 
liklar ko‘rsatishi bilan bogdangan. 0 ‘jarliklarining sababi ko‘- 
piticha bolalarning atrofidagi katta kishilar xatti-harakati, gapi 
bilan ishining bir emasligi, serjahlligi, farzandlariga kerakligicha 
e ’tibor bermaslik yoki um um an e ’tiborsizlik bilan bogdangan 
bodadi. Bu yoshdagi qaysar bola diqqatini boshqa narsaga qa- 
ratish, chalgdtish, o ’jarlik ko‘rinishlarini ataylab e ’tiborsizlik kabi 
usullari bilan yo’qotiladi. So‘z va qarash bilan tanbeh berishdan 
muvaffaqiyatli foydalaniladi.
M aktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan 
maxsus m ashg‘ulotlar asosiy psixik vazifalar: diqqat, kuzatuv- 
chanlik, xotira, tafakkur, nutq kabilarni rivojlantirish mumkin.
Bolaning maktabda o ’qishga tayyorgarligi ana shu usul bilan 
ta ’minlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola ko‘proq o ’ziga e’tibor 
berishingizni xohlaydi. Buni bolalarda sinab ko’rilganda, haqi- 
qatan ham bunday bolalar o ’zlarini ham m adan ustun q o ‘yar 
ekan. Tanbeh bersangiz, siz bilan anchagacha gaplashmay, araz- 
lab yurishadi. Xuddi shu mavzuni, ya’ni «Psixologiya» darsligi- 
dagi «Maktabgacha yoshdagi bolalar o ’sishining umumiy shart- 
sharoitlari» mavzusida ko‘rib chiqamiz. 3 yoshli bolalarga to ‘g‘ri 
tarbiya berish, ta ’sir odkazish, ularning harakatlarini maqsadga 
muvofiq yodialtirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, 
kiyinish, yuvinish, o ‘z o ‘rnini yigdshtirish ko‘nikmalarini tarkib 
toptirishiga, ayrim topshiriq va vazifalarini puxta bajarish mala- 
kasini shakllantirishga erishish mumkin.
M aktabgacha yosh davrda nam oyon bodadigan tarbiya ja- 
rayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari 
(belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilm iy-psixologik 
adabiyotlarda ko‘p marta ta ’kidlangan bodib, birinchi navbatda 
o ‘jarlik, qaysarlik, injiqlik, go‘yo kattalarning bolalar nazarida 
obro‘sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bogdiqdir. Bir 
qancha ilmiy-psixologik m anbalarda aytilishicha, bu yoshdagi 
bolalarning his-tuyg‘ulari va irodasida muhim o ‘zgarishlar sodir 
bodadi va bularning hammasi boladagi xudbinlik, o ’ziga bino 
qo’yish, urishish, qaysarlik, rashk kabilarda aks etadi. 0 ‘jarlik, 
qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning paydo bodishi — bolaning 
kattalarga qaramlikdan qutulishiga urinish va kichik maktabgacha
61


yosh davridan maktabgacha davriga o ‘tish mazkur yosh davridagi 
o'zgarishlar yaqinlashuvi «men o‘zim»ni anglashi mahsulida na- 
moyon bo'ladi.
Yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kiri- 
shuvining eng muhim xususiyatlaridan biri — ularning xohish- 
istaklarini boshqarish im koniyati mavjuddir. U larning katta- 
larni ezgu niyatiga b o ’ysundirish, ota-o n alar va tarbiyachilar 
mayliga ko'niktirish mumkinligidir. Ularning boshqa yosh davr- 
laridagi bolalardan farqi — ularga nisbatan xotirjam, barqaror- 
roq his-tuyg‘ular mavjudligi, ularning samarali holatlardan uzoq- 
roqlik nizolarga kam berilishidir. Bunday bolalarda jazavali ho- 
lat yuz berishi mumkin, lekin u vaqtinchalik bo'lib, yaqqol ha- 
rakat bilan emas, balki tasavvur tasvirlari dinamikasi bilan bog‘- 
liq holda sodir bo ’ladi, Shunday qilib, «Pedagogika» darsligining 
«Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi» hamda «Psixo- 
logiya» darsligining «M aktabgacha yoshdagi bolalar o ‘sishining 
umumiy shart-sharoitlari» mavzularida oAshashliklarni yoritib 
berdi.
Demak, maktabgacha davrdagi bolalar tafakkurini, nutqi ri- 
vojlanishi ongining o ‘sishini. har xil o ‘yinlarni namunali baja- 
rishini psixologik yo'l bilan aniqlasak, ularning tarbiyasini, inti- 
zomini tartib bilan aniqlaymiz. Shundagina kelajagimiz ravnaqi 
boMgan bolalarimiz barkamol avlod bo‘lib yetishadilar.

Download 4,78 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish