xususiyatlariga xarakter, qobiliyat va tem peram ent kiradi. Psixo-
logiya fani yuqorida sanalgan ruhiy jarayonlar, ruhiy holatlar va
ruhiy xususiyatlarni o ’rgatadi. U quyidagi tarm oqlarni o ‘z ichiga
oladi:
1. Umumiy psixologiya.
2. Bolalar psixologiyasi (bu kichik yoshdagi, maktab, oVrtada
katta maktab o ‘quvchilari bilan shug‘ullanadi).
3. T a’lim psixologiyasi asarlari.
4. Pedagogika psixologiyasi.
5. Tibbiyot psixologiyasi.
6. Kosmos psixologiyasi.
7. Sud psixologiyasi.
8. Savdo psixologiyasi.
9. Harbiy psixologiya.
10. Maxsus psixologiya.
11. Sport psixologiyasi.
Y uqorida aytib o ‘tiladiganlarning barchasi hozirgi zam on
psixologiyasining bir qancha fanlar bilan cham barchas bog‘-
liqligidan dalolat beradi. U falsafa, tabiiy, ijtimoiy fanlari o ‘r-
tasida joylashgan va katta, oraliq mavqeyiga ega. «Umumiy psi
xologiya» dasturidagi «Shaxs», ya’ni «Psixologiyada shaxs tu-
shunchasi» mavzusini ko‘rib chiqamiz. Umumiy maqsadni ko‘z-
lash ya’ni ehtiyojlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, asosiy ehtiyojlar
asosida vujudga keladigan maqsadlar, intilishlar motivlar har bir
kishi shaxsini xarakterlab beradi. Ana shu ko‘zlangan maqsad
insonni faol bo‘lishga, atrofdagi muhitga muayyan munosabatini
bildirishga undaydi.
Shaxsning ko‘zlangan maqsadi ehtiyojlar, ya’ni odam biron
bir narsaga zaruriyat sezish ta ’sirida tarkib topadi. Ehtiyojlar kishi
organizmining ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, harakat qilishi, dam
olish va boshqalarga bo ‘lgan talabini bajarishi zarur. Shu talablar
bilan bog‘liq biologik va ijtimoiy ehtiyojlar bo ‘ladi. Ehtiyojlar his-
hayajon bilan mahkam bog‘langandir.