Integratsion ta’lim: sog‘lom jamiyat sari




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

Integratsion ta’lim: sog‘lom jamiyat sari
2001 -yilning noyabr oyida Andijon viloyatining Xo'jaobod 
tumanida bir savob ishga qo‘l urildi. Tum an hokimligining ta- 
shabbusi bilan xalq ta ’limi boMimi qoshida nogiron bolalar mar- 
kazi tashkil etildi. XoLsh, bu markazni tashkil etishdan ko'zlan- 
gan maqsad nima edi?
M a’lumki, 1948-yilda qabul qilingan «Inson huquqlari umum- 
jahon deklaratsiyasi»da insonning jamiki huquqlari belgilangan. 
Ularning qobiliyati va jismoniy holatidan q at’i nazar, ta ’lim olish 
huquqiga ega ekanligi mazkur hujjatda alohida ta ’kidlab ohilgan. 
X o‘jaoboddagi nogiron bolalar markazi ham xuddi shu maq- 
sadlardan kelib chiqqan holda tashkil etildi. T um an hududida 
300 dan ziyod turli yoshdagi nogiron bolalar bor. Ularni sog‘lom 
jamiyat sari yo‘naltirish, bilim va kasb-hunar egallashlariga ko‘- 
maklashish, dili o'ksik qalblarning sog‘lom insonlar qatoridan
62


joy olishlariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan mazkur 
m arkazning bir yillik faoliyatiga nazar tashlar ekanm iz, ana 
shunday maskanlar nihoyatda zarur, degan xulosaga keldik.
Bu yerda ayni paytda 10 dan ortiq turli to ‘garaklar faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Ota-onasi yoki biron yaqin kishisi yordamida mar- 
kazga kelgan nogiron bolalar shifokor nazoratida haftada bir yoki 
ikki kun davomida hunar o'rganishmoqda. Duradgorlik, tikuvchi- 
lik, kashtachilik hunarlaridan tashqari, bolalar kompyuter bilan 
ham shug‘ullanishadi.
— Markaz faoliyatidan nafaqat nogiron bolalar, ayniqsa, ular- 
ning ota-onalari juda mamnun bo‘lishmoqda, — deydi tum an 
xalq ta’limi bo‘limi mudiri Tohiijon Tojiddinov. — Nogiron bolalar 
markazi tum an xalq ta ’limi b o ‘limi tashxis markazining doimiy 
nazoratida. Mutaxassislarimizning sa’y-harakati bilan nogiron bo- 
lalarning sog‘lom jamiyat sari intilishi, kasb-hunar egallashga bo‘l- 
gan qiziqishi kuchaymoqda. Eng asosiy maqsadimiz, nogiron bo- 
lalarning sog'lom tengdoshlari bilan integratsiyalashuvini amalga 
oshirishdan iborat.
Integratsion, inkiyuziv ta ’lim joriy etilgan mamlakatlar tajri- 
basidan m a’lumki, mazkur tizimda har ikki tom on — alohida 
yordamga muhtoj bolalar ham, sog'lom bolalar ham o'zaro man- 
faatdor bo ‘lishadi. Nuqsonli bolalar um um ta'lim maktablarida 
o ‘qir ekan, o ‘zlarini kamsitilgan holda his qilishmaydi, aksincha, 
shu jamoani toMaqonli a’zosi ekanliklarini anglashadi. Oqibatda 
o ‘z-o ‘zini hurmat qilishlari, yashashga bo‘lgan umidlari, ishonch- 
lari ortadi. Sog‘lom bolalar esa jamiyat turli tushunchalar, turli 
dunyoqarashdagi insonlardan iborat ekanligiga ko‘nikishadi, muhtoj 
do ‘stlariga yordam bera olayotganliklaridan mamnunlik tuyg‘usini 
his etishadi. Ayni paytda Andijon viloyatida 6000 dan ziyod nogiron 
va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar aniqlangan. Ular uchun 
viloyatda 14 ta maxsus ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun 18 ta bolalar bog‘chalari mavjud. Mazkur 
muassasalarda 3420 nafar bolalar ta ’lim-tarbiya olmoqda. Shu- 
ningdek, 600 dan ziyodroq nogiron bolalar uy sharoitida yakka 
tartibda parvarish qilinib, maktabga tayyorlanmoqda. Nogironlar 
ta ’limi bo‘yicha mamlakatimizda katta tajriba maktabi yaratilgan. 
Viloyatda ham mazkur ta ’lim jonkuyarlari ko'pchilikni tashkil etadi.
M a’lumki, integratsion ta ’lim mamlakatimizda hali u qadar 
takomillashgani yo‘q. Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlarda 
integratsion ta ’lim yaxlit tizimga aylanib ulgurgan. 0 ‘zbekiston
63


Respublikasining «Ta’lim to ‘g'risida»gi Q onunida belgilanga- 
nidek, nuqsonli bolalar faqatgina ota-onalari yoki biror yaqin- 
larining roziligi bilangina maxsus ta ’limga o ‘tkaziladi. Shu tufayli 
ham da dunyo tajribasida aks etgan yaxshi niyat bois, viloyatda 
2 ming nafar nuqsonli bola um um ta’lim maktablarida sogMom 
tengdoshlari bilan birga ta ’lim olishmoqda.
Viloyatda integratsion ta ’lim sohasini o ‘rganish jarayonida bu 
borada bir qator m uam m olar ham borligini kuzatdik. Integratsion 
ta ’limning tub mazmuni va maqsadini to ‘laqonli ro‘yobga chiqa- 
rish oson kechmaydi, albatta. Sohada ba’zi tashkiliy ishlami amalga 
oshirish kerak. Bulardan biri — pedagog xodimlarni alohida me- 
todika bilan qurollantirish zaruriyati. Deylik, sogdom bolalar bilan 
bir sinfda, bir partada yonma-yon o ’tirgan nogiron bola do‘stla- 
ridan muntazam yordam olib turadi. Lekin o ‘qituvchi bolaning 
intellektual darajasi yoki jismoniy nuqsonidan kelib chiqqan holda 
bilim berishga alohida tayyorgarlik ko‘rishi shart bo‘ladi. Shu bois 
respublikamizdagi barcha pedagogik yo‘nalishdagi oliy o ‘quv yurt- 
larida maxsus kurslar o ’quv dasturiga kiritilishi lozim.

Download 4,78 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Integratsion ta’lim: sog‘lom jamiyat sari

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish