-sinf uchun moljallangan integratsiyalangan darsning yoyiq rejasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

1-sinf uchun moljallangan integratsiyalangan darsning yoyiq rejasi
(tabiatshunoslik, o‘qish, rasm, matematika)
Dars mavzusi
: «Svetofor signallari — bizning do‘stlarimiz».
Maqsad:
K o‘cha harakati qoidalari haqidagi bolalarning bi- 
limlarini kengaytirish, svetoforga qarab, ish tutish ko‘nikmasini 
m ustahkamlash.
Vazifalar:
1. Svetofor va piyodalar. Svetofor ranglari va ular piyodalar 
uchun nimalarni bildiradi?
2. K o‘cha harakatining tartibi, yo‘lni DAN xodimi tom onidan 
boshqarilayotganda, ko‘chadan o ‘tish qoidalari.
3. « 0 ‘qish kitobi» yoki «Ko‘cha harakati qoidalari» kitobidan 
o ‘qilgan parcha bo‘yicha rasm tuzish.
Jihoz
. Svetofor maketi. K o‘cha harakati qoidalari aks etgan 
rasmlar: to ‘g‘ri va no to ‘g‘rilarini tanlash uchun.
Darsning borishi.
1. 
Tashkiliy qism.
0 ‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshi- 
rish. Intizomni to ‘g‘rilash va ishlash kayfiyatini vujudga keltirish.
2. 
Uy vazifasini tekshirish.
Yangi materialni qabul qilishga tayyorlash.
3. 
0 ‘tgan mavzuni iakrorlash:
— Bugun biz yana d o ‘stimiz svetofor bilan uchrasham iz. 
Uning signallari b o ‘yicha ko‘chadan o'tishni eslab qolganingizni 
tekshirib ko‘ramiz.
— Kimni piyoda deb ataymiz?
— Piyoda qanday ko‘cha harakati qoidalarini bilishi kerak?
— Piyoda yo‘lning qaysi qismidan yurishi kerak?
— Yo‘lni qayeridan kesib o'tish mumkin?
— Bolalar, endi she’m i eshitib ko‘ring va uning mazmunini 
aytib be ring.
K o‘chaning qayeridan o‘tishni,
Qoidani eslab bil,
Avval e ’tibor bilan qaragin chapga 
Keyin esa o ‘ngga qaragin.
Qanday qilib chap yoki o‘ngni ajratamiz?
4. Svetofor maketi bilan ishlash.

Svetofoming nechta tom oni bor?
— H ar tom onida nim a ifodalangan?
— N echta rang bor va qanday?
88


5. Kitob bilan ishlash.
6. Svetofor o'rnatilgan chorrahaga bolalami olib chiqish.
Qaranglar, hozir svetoforning piyodalar o ‘tishi uchun m o‘ljal-
langan tom onida qizil chiroq. Piyodalar yo‘ldan o ‘tishdi, ma- 
shinalar to ‘xtashdi. Endi sariq chiroq yondi. U yaqinda signal o ‘z- 
garishi haqida ogohlantiryapti. Endi esa, aksincha, mashinalar 
uchun yashil chiroq yondi. Endi piyodalar to'xtashdi. Svetofor 
aniq ishlaydi. Bir chiroq boshqasi bilan almashinib turadi. Yo‘lda 
hamma unga bo‘ysunadi, shuning uchun tartib bo‘ladi.
Bolalar, endi she’r eshiting:
Xavfli yo‘ldan o ‘tishda 
Senga yordam berish uchun 
Kecha-yu kunduz yonamiz 
Yashil, sariq, qizilmiz.
Bizning uyimiz svetofor,
Biz uch aka-ukamiz 
K o‘pdan beri yonamiz,
Yo‘lda hamma bolalarga.
Eng kattamiz — qizil rang 
Agar u yonsa,
T o ‘xta! Yo‘l yo‘q.
Yo‘l bekildi.
Yo‘ldan tinch o‘tish uchun,
Bizga quloq sol.
T o‘xta! Sariq chiroqni ko‘rasan,
U o ‘rtada yonadi,
U ndan keyin yashil yonadi 
T o ‘siq yo‘q bemalol o ‘taver.
7. 
Regulirovkachi bilan tanishish.
B a’zida harakatni m ilitsioner — DAN xodim i boshqaradi. 
U regulirovkachi deyiladi. U tayoqchasi yordam ida harakatni 
tartibga solib turadi. Qorong‘ida tayoqcha yonib turadi: shunda 
kechqurun ham regulirovkachining harakatlari hay dove hilarga 
ham, piyodalarga ham yaxshi ko‘rinib turadi.
Regulirovkachi harakatni boshqarayotganda yo‘ldan o ‘tish 
qoidalari: agar regulirovkachi senga yoni bilan turib, tayoqchali
89


q o iin i oldinga ko‘tarib tursa, demak, u mashinalar uchun chapga 
va o ‘ngga yo‘l ochdi, u qo ‘lini tushirm aguncha yo‘ldan o ‘tish 
mumkin emas.
8. Didaktik о У in.
Bolalarning qodlarida qizil, sariq, yashil rangli doirali sve- 
tofor. 0 ‘qituvchi she’r o ‘qiydi, bolalar esa svetoforning kerakli 
rangini ko‘rsatishadi.
Svetoforning chiroqlari bor,
Ularga bo ‘ysuning har doim.
Ko‘chada harakat avjida,
M ashinalar yugurar, shoshar tram vaylar,
T o ‘g‘ri javobni ayting,
Qanday chiroq yonyapti? (Qizil)
Maxsus chiroq — ogohlantirish,
Harakat uchun signalni kuting.
T o‘g‘ri javobni ayting,
Qanday chiroq yonyapti? (Sariq)
01g‘a yur! Tartibni bilasan,
K o‘chada jabrlanm aysan 
T o‘g‘ri javobni ayting,
Qanday chiroq yonyapti? (Yashil)
9. Mustahkamlash.
0 ‘quvchilar svetofor maketi va doskadagi 
didaktik rasmlar bilan mashq qilishadi. 0 ‘qituvchi yana bir marta 
bolalarga ko‘chadan o ‘tganda, ehtiyot bodishlari kerakligi, ko‘- 
chadan no to ‘g‘ri o ‘tish yomon oqibatlarga olib kelishini eslatadi.
10. Ijodiy ish.
Bolalar, mana bu parchani eshitinglar.
«Bolalar aylanishga chiqishdi. Burchakka yetishdi, u yerda sveto­
for bor edi. Svetoforda qizil chiroq yonishni kutib turishibdi. M a­
shinalar esa ketm a-ket o ‘tib ketyapti, ularning oxiri ko‘rinmaydi. 
K o‘chaning o ‘rtasida m ilitsioner turibdi. Bolalarga qarab q o ‘y- 
dida, tayoqchasini ko‘tardi. M ashinalar to ‘xtashdi. Qizil chiroq 
o ‘chdi, sariq, keyin esa yashil chiroq yondi. Ko‘chadan o ‘tsa bo‘ladi.
Bolalar ko‘chadan o ‘tib, xiyobonda o ‘ynay boshlashdi. Sobir 
tayoqcha oldi va «Men militsionerman», dedi. Mashinalar, bolalar 
guvullab ko‘chadan yurib ketishdi. Chorrahada esa Sobir militsioner 
turibdi. Haydovchilar unga buysunishadi. Tayoqchani ko‘tarsa — 
mashinalar to ‘xtaydi, tayoqchani silkitsa — m ashinalar yuradi. 
Hech kirn bir-biriga qarab, yurib ketmaydi, hech kim bir-biriga 
xalaqit bermaydi. Chunki militsioner harakatni kuzatib turibdi».
90


Endi har biringiz shu hikoyadan eslab qolganlaringizning 
rasmini chizing.
Chizganlarini tahlil qilish.
11. Darsga xulosa qilish.
Shunday qilib, yo‘lni kesib o ‘tayotganda, juda ehtiyot bo ‘lish 
kerak! Svetoforga qarab, yashil chiroqni kutish kerak, avval 
chapga, keyin o ‘ngga qarab, keyin yo‘ldan o ‘tish kerak.
— Qani aytingchi, yo‘lning mashinalar yuradigan bo‘lagida 
nima qilish m umkin emas?
12. Baholash va baholarni izohlash.
13. Uyga vazifa.
Vazifani kuzatish kundaligi bo‘yicha bajarish.

Download 4,78 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinf uchun moljallangan integratsiyalangan darsning yoyiq rejasi

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish