, -
1
.
Har xil shaklda olma yasash.
Masalaning shard va savoli.
Meva, sabzavot va qo‘ziqorin yasash.
Tabiiy materiallardan ko'rgazma yasash.
0 ‘tilgan materiallami mustahkamlash.
Konstruktorning jihozlari bilan yasash.
Predmet uzunligini uzunlik odchovi
birligi yordamida
0
‘lchash.
Konvert yasash.
Kvadrat.
«Tangram» o‘yinidan keyin
applikatsiya yig'ish.
Predmet uzunligi bo'yicha taqqoslash.
Santimetr.
Svetofomi modellash.
1 0 2
16.
1-SINF UCHUN INTEGRATSIYALASHGAN USULDA
OCHIQ DAKS ISHLANMASI (Q‘QISH, MATEMATIKA, RASM)
Darsning mavzusi.
«Bizning sodiq do'stlarimiz — svetofor sig-
nallari».
Darsning maqsadi.
Bolalarni yo ‘l harakati qoidalari haqi-
dagi tushunchalarini kengaytirish, svetofor chiroqlari bo'yicha
ko‘chani kesib o ‘tish.
Topshiriqlar:
1. Svetofor va piyodalar. Svetofor chiroqlari piyodalar uchun
nimani anglatadi.
2. Nazorat qilish. Harakatni nazorat qilayotganda ko‘chadan
o ‘tish qoidasi.
3. 0 ‘qib chiqilgan asardan olingan taassurot bo‘yicha rasm
chizish.
Darsning jihozlanishi.
Svetofor maketi yo‘l qoidalari harakati
haqida suratlar: biri to ‘g‘ri, biri noto‘g‘ri, noto‘g‘risini tanlash.
Darsning borishi.
1.
Tashkiliy qism.
Bolalarning darsga tayyorgarligini tekshirish
va ulami darsga hozirlash.
2.
Uy vazifani tekshirish.
Yangi mavzuga hozirlik ko'rish.
3.
0 ‘tilgan mavzuni takrorlash.
—
Bugun biz siz bilan sodiq do ‘stlarimiz, ya'ni svetofor bilan
uchrashamiz. Siz svetofoming chiroqlar rangiga qarab, ko‘chani
kesib o ‘tish qonun-qoidalarini eslab qoldingizmi? Hozir sizni si-
nab ko‘ramiz:
— Kimlami piyoda, deb ataymiz?
— Piyodalar qanday yo‘l harakati qoidalarini bilishlari shart?
— K o‘chani qaysi qismidan kesib o ‘tish mumkin?
Bolalar bu she’rni eshiting va mazmunini aytib bering:
Yur yo‘lchiroq bor joydan,
Kesib o ‘tm a har joydan.
Yo‘l berk bo ‘lsa, biroz kut,
Shu o ‘gitga quloq tut.
4. Svetofor maketi bilan ishlash.
— Svetofoming necha tom oni bor?
— H ar bir tom onida nima tasvirlanadi?
— N echta rangi bor va ular qanday?
5.
Kitob bilan ishlash.
1 0 3
6.
О ‘quvchilami svetofor qo yilgan chorrahaga olib chiqish.
Ho-
zir piyodalar uchun svetoforning bir tom onida transport uchun
qizil chiroq yonadi. Piyodalar ko‘chani kesib o ‘tadilar. Mashi-
nalar to ‘xtaydi. Endi svetoforning ham m a tarafidan sariq rang
yonadi. Sariq rang hozir signal almashinishidan dalolat beradi.
Endi esa aksincha, yashil chiroq mashinalar uchun, qizil chiroq
piyodalar uchun yonadi. Endi piyodalar to ‘xtaydi. Svetofor aniq
ishlaydi. Ham m a svetoforga bo‘ysunadi, shuning uchun ko‘chada
intizom bo‘ladi.
Bolalar, bu she’m i eshiting:
K o‘zi yonib yo‘lchiroq,
Chiroqlari porlaydi.
Uning yashil ko‘zlari,
Bizni yo‘lga chorlaydi.
Yashil-yashil, yam-yashil —
Yo‘ldan o ‘tmoqqa shoshil.
Yashil-yashil, yam-yashil —
Tezroq o ‘tmoqqa shoshil.
Qizil chiroq yonganda
T o ‘xta, deydi, bolajon,
Yurish uchun hozirlan
Qizil ko‘zim o ‘chgan on.
Qizil, qizil, qizil rang,
Bizni to ‘xtatdi, qarang
Qizil, qizil, qizilrang,
Birdan to ‘xtaydi qarang.
Porlagach sariq chiroq,
Sariq ko‘zga aylanib
Turgin, deydi, bolakay,
Yurish uchun shaylanib.
Sariq, sariq, sariq ko‘z,
«Tayyor turgin» degan so‘z.
Sariq, sap-sariq chiroq
Tayyor tur, deydi o ‘rtoq.
7.
Yo‘l nazoratchisi bilan tanishish.
B a’zan y o ‘l harakatini DAN xodimi boshqaradi. U ni yoT
nazoratchisi, deb atashadi. 0 ‘zining tayoqchasi bilan yo‘l haraka
tini boshqaradi. Nazoratchining harakati piyodalar va haydovchilarga
1 0 4
yaxshi ko‘rinishi uchun kechqurun qo‘lidagi tayoqchasi yonadi.
Nazoratchi sizga yuzi yoki orqasi bilan tursa, svetoforning qizil
chirog‘i yonganday bo ‘ladi. Bunday ko‘chani kesib o ‘tish rnumkin
emas. Agar nazoratchi sizga yonboshi bilan tursa, yashil chiroq
yonadi, qo‘rqmasdan o‘tavering. Agar nazoratchi yoni bilan tursa,
tayoqchasini to ‘g‘riga qilsa, mashinaning yo‘li ochiq. Nazoratchi
tayoqchasini tushurmaguncha, yo‘ldan o ‘tish man etiladi.
8.
Didaktik о yin.
0 ‘quvchilar qo ‘lida doira shaklida svetofor
ning uch chiroqlari, o ‘qituvchi she’rini o ‘qiydi va unga tom on
rangni ko‘rsatadilar.
K o‘zi yonib yo‘l chiroq,
Chiroqlari porlaydi.
Uning qaysi ko‘zlari,
Bizni yo‘lga chorlaydi (yashil).
Qaysi chiroq yonganda
T o ‘xta, deydi, bolajon (qizil).
Birdan to ‘xtaydi qarang,
Porlagach qaysi chiroq
Turgin deydi bolakay,
Yurish uchun shaylanib (sariq).
(K. Turdiyeva s h e ’ri)
9.
Mustahkamlash.
0 ‘qituvchi yana bir bor yo‘ldan o‘tayot-
ganda e ’tiborli bo ‘lishni, e’tiborsiz yo‘ldan o ‘tish yomon oqibat-
larga olib kelishi haqida uqtirib o ‘tadi.
10.
Kesib o ‘tma har joydan.
«Yur yo‘l chiroq bor joydan» matnini o ‘qib berish.
— Endi bolalar, esingizda nima qolgan bo‘lsa, chizib bering.
11.
Tekshirish ishlari.
12.
Darsni yakunlash.
Demak, yo‘ldan o ‘tayotganda svetofor
chiroqlariga ahamiyat bergan holda o ‘tish, yashil chiroqni kutish,
chap va o ‘ng tomonga qarash, keyingina o ‘tish kerak.
— Qani kim aytadi? Yo‘lning qatnov qismida nima qilish mum-
kin emas?
13.
Baholash va muhokama qilish.
14.
Uyga vazifa.
Kundalik kuzatish. Dafltarga belgilab kelish.
|