Boshlang‘ich sinflardan boshlab matematika darslarida iqti-
sodiy tarbiya elementlarini ko‘paytirib borish lozim. Bolalarning
turli xil oila xarajatlari, oila budjeti qanday daromad manbalari
(ish haqi, nafaqa puli, stipendiya, yordam puli va h.k.)dan qop-
lanishini bilishlari uchun ularni oila budjeti asoslariga o ‘rgatish
kerak. Budjetning raqamlardagi ifodasiga misol keltirish lozim.
Bunda
oilaning ovqatlanish, kiyim-bosh, poyabzal, kommunal
xizmatlar, o ‘yin-kulgu va hokazolarga sarflanadigan xarajatlarini
raqamlarda ifodalangan misollar bilan ko‘rsatib berish zarur. Shu
bilan birga darom adlar va xarajatlarni taqqoslash ham kerak.
So‘ngra o ‘quvchining shaxsiy budjetini misol qilib ko‘rsatish lo
zim: ota-onalari unga maktabda ovqatlanishiga, o ‘yin-kulgula-
riga necha so‘m berishi va bu pullarni qanday sarflashi va h.k.
Shundan keyin o'quvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari va
ularning turlari haqida oddiy tushuncha berish kerak. Ularga
qo ‘shim cha ishlab chiqarish yoki uy xo‘jaligini
yuritishda har
qanday faoliyat xarajatlar bilan bog‘liqligini eng oddiy misollarda
tushuntirish lozim. Biror bir ishni bajarish, tovar ishlab chiqarish
yoki xizmatlar ko‘rsatish uchun boshqa resurslarni sarflash zarur.
Ular esa narxi va sifatiga ko‘ra, turlicha bo‘ladi. Shuning uchun
matematik hisoblash va taqqoslashlarga asoslanib, ulardan birini
tanlashga to ‘g‘ri keladi.
Tarkib topgan tizim mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan
xarajatlarni iqtisodiy elem entlar bo‘yicha hisob-kitob qiladi:
1)
.
Xomashyo va asosiy materiallar, shu jum ladan, sotib oli-
nadigan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
Bulaming hammasi qayta ishlash vaqtida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tarkibiga to'liq kiradi va o ‘z tannarxini mahsulotga o ‘t-
kazadi. Ya’ni tayyor mahsulotda ular ko‘rinmaydi;
2)
. Yordam chi materiallar. Ularga asbob-uskunalar, mosla-
malar va hokazolar kiradi. Ular ishlab chiqarishga xizmat ko‘r-
satish uchun, masalan, saqlash, kundalik ta ’mirlash ishlari va
jihozlarni, binolarni ekspluatatsiya qilish va boshqa asosiy vosi-
talar
uchun kerak;
3)
. Yonilg'i. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo material-
larga issiqlik ishlov berishda foydalaniladigan gaz, mazut, ko‘mir,
koks va shunga o ‘xshash energiya;
4 )
. Energiya. Bunga issiqlik stansiyalari tom onidan ishlab chi-
qariladigan issiqlik va elektr energiyalari kiradi. Elektr energiya-
sidan stanoklar, m ashinalar va jihozlarni ta ’minlash uchun foy-
1 0 8
dalaniladi, issiqlik energiyasi esa ishlab
chiqarish korxonalarining
ishlab chiqarish va m a’muriy binolaridagi issiqlik haroratini
ta ’minlaydi;
5)
. Asosiy va q o ‘shimcha ish haqi. Lavozim maoshi, tarif raz-
ryadi shaklida ishchi va xizmatchilarga to‘lanadigan todovlar aso
siy ish haqiga kiradi. Mukofotlar, yuqori sifatli ishlar uchun be-
riladigan ustamalar qo‘shimcha ish haqiga kiradi. Bunga ota-ona-
larimiz o ‘z mehnatlari uchun shunday yodlar bilan pul olish-
larini
tushuntirish lozim;
6)
. Ijtimoiy sug‘urtaga, nafaqa fondiga bandlik fondiga ajrat-
malar. Bu mablagdar pensionerlarga pensiya va yordam puli to ‘-
lovlari manbayi hisoblanadi, ya’ni ish o ‘rinlari yaratish uchun
foydalaniladi. Ularni ota-onalarimiz ishlab topishadi, ular «ha-
vodan» olinmaydi, keyin davlat uni nafaqaxo‘rlarga qaytarib be-
radi. Davlat hech narsa ishlab chiqarmaydi va ishlab topmaydi,
ishlab chiqarilgan va biz iste’mol qilinadigan
har narsa odamlar
mehnati bilan yaratilgan;
7)
. Asosiy fondlar amortizatsiyasi. Xomashyo va materiallar
to ‘laligicha yaratilan tovar tarkibiga kirgan vaqtda asosiy fondlar:
stanoklar, mashinalar, jihozlar va hokazolar tobora yangi va yangi
tovarlar yaratishda yana uzoq vaqtga qadar ishtirok etishga qodir
bodadi. Shuning uchun tovarlar ishlab chiqarishda band bod-
gan asosiy fondlarning qiymati yangi tovarning har bir birligi
qiymatiga
butunlay emas, balki, qisman kiradi.