17. IQTISODIYOTNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

105


17. IQTISODIYOTNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA
0 ‘RGANILADIGAN BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
K ichik yoshdagi o ‘quvchilarning iqtisodiy tushunchalarni 
o ‘zlashtirishida fanlararo aloqalar katta yordam beradi. Bosh- 
lang‘ich sinflardagi «Tevarak atrofim izdagi olam », «M ehnat 
ta ’limi», «Tasviriy san ’at» darslari insoniyat tom onidan foyda- 
laniladigan m ehnat vositalarini turli tom ondan tabiiy material 
sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati jihatidan ochib beradi. 
Bu bilan fanlararo aloqa iqtisodiy tafakkurni har tom onlam a 
rivojlantirishga, uning dasturiy yo‘nalganligini shakllantirishga 
imkon beradi.
K ichik maktab yoshidagi bolaning aql-idroki tabiat va ja- 
m iyatini o ‘rab turgan olamdagi ko‘p qirrali m unosabatlarning, 
iqtisodiy va egologik m unosabatlarning qaror topishi va rivojla- 
nishi uchun yaxshi zam indir. Shuni ham e ’tiborga olish kerakki, 
bolaning ongida tevarak atrofdagi olam haqidagi kishilar, hay- 
vonlar, o ‘simliklar, jonsiz tabiat to ‘g‘risidagi tasaw ur va bilimlar, 
faqat mexanik ravishda to ‘planib bormaydi, ular bolaning olam ni 
tushunishini va unga m unosabatini shakllantiradi, axloqiy si- 
fatlarga va o ‘zining tabiatga aralashuvi uchun mas’uliyatini se- 
zishga ta ’sir etadi.
Boshlang‘ich maktab shaxsning qaror topishi, unda ekologik 
madaniyatning tabiiy va ijtimoiy m uhitga bo ‘lgan ko‘p qirrali 
munosabatlarning shakllanishida muhim bosqichdir. 6 yoshdan 
10 yoshgacha bo ‘lgan davrda bola o ‘zining shaxsiy rivojlanishida 
axborotlarni o‘zlashtirib olish hajmi bo‘yicha, muhim yo‘lni bo- 
sib o ‘tadiki, bundan keyingi hech bir yoshni bu davr bilan taq- 
qoslab bo ‘lmaydi. Bunga bolaning rivojlanishidagi tabiiy shart- 
sharoitlar va pedagogning o ‘quv tarbiya jarayonida ulardan foyda- 
lanish malakasi yordam beradi.
Axborot nazariyasi mutaxassislari boshlang‘ich ta ’limning tu- 
gallash davriga kelib inson 95 % axborot oladi, bular dastlabki va 
takrorlanmas bilimlardir. O 'rta maktab va oliy o ‘quv yurtida egal- 
lanadigan bilimlar, asosan, aw al hosil qilingan bilimlardir. M a- 
salan, integral hisob — bu cheksiz kichik miqdorlarni qo ‘shishdir, 
differensial hisob integral hisobga teskari amaldan iborat va hokazo. 
0 ‘quvchi maktabda bazaviy fanlarni o ‘rganar ekan, turlicha, lekin 
m a'lum darajada bir-biri bilan bog‘langan o ‘quv fanlarini qamrab 
oladigan yagona va bo'linmas olamni idrok qilishga tayyorlanadi.
1 0 6


0 ‘quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashning asosiy mexanizmi — 
ular bevosita uddalay oladigan iqtisodiy faoliyatdir. Ijtimoiy foy- 
dali ishlab chiqarish m ehnati o ‘quvchilarda biron ishni samarali 
tashkil etish malakalarini, m ahsulot chiqarishning planlashtiri- 
lishi, uni tayyorlash uchun sarflanadigan mehnat va moddiy xa- 
rajatlarni m o ‘tadillashtirish, yuqori sifatli mahsulot chiqarishga 
erishish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish 
kerakligi haqidagi tushunchalarni hosil qiladi.
0 ‘quvchilami iqtisodiy faoliyatga jalb qilish jarayonida ularda 
iqtisodiy muammolarni tushunish tajribasi to ‘planib boradi, yangi 
formatsiyadagi tadbirkorning axloqiy sifatlari, dunyoqarash va 
iqtisodiy e ’tiqod shakllanadi. Natijada bolalar o ‘z ota-onalarini, 
ulaming muammolarini yaxshiroq tushunishadi, oilaviy o ‘zaro mu- 
nosabat yaxshilanadi, o ‘quvchida oila budjetiga jonli qiziqish uy- 
g‘onadi, shaxsiy iste’molidagi buyumlarga, elektr energiyasi, oziq- 
ovqat mahsulotlari iste’moliga nisbatan tejamkorlik paydo bo‘ladi.
Iqtisodiy ta ’lim va tarbiya o ‘quvchidan turli xildagi ilmiy fan- 
larga (tabiiyki, bular iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq bo ‘- 
lishi kerak) doir chuqur va har tom onlam a bilimlarni talab etadi, 
zero, aralash fanlarni bilmasdan turib, iqtisodiyotning o ‘qitilishi, 
hayotdan olingan qiziqarli misollar bilan to ‘ldirish hamda ular- 
ning kattalar va bolalarning kundalik hayoti bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatish qiyin. Shuning uchun pedagog doimo o ‘z bilimini turli 
jum allardan, o ‘quv-m etodik adabiyotlaridan olingan yangi bi- 
limlar bilan to ‘ldi rib borishi lozim.

Download 4,78 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



17. IQTISODIYOTNING BOSHLANG‘ICH SINFLARDA

Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish