-sinf uchun integratsiyalashgan usulda




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

1 -sinf uchun integratsiyalashgan usulda
ochiq darsi ishlanmasi (matematika,
o ‘qish, atrofimizdagi olam)
1. Damning mavzusi:
«1 dan 2 gacha bodgan sonlar. 1 soni».
2. Darsning maqsadi.
0 ‘rgatuvchi maqsad.

CTquvchilarga 1 sonini yozishni o'rgatish.
— 0 ‘quvchilarga raqam va son nimaligini o ‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad.
Hayvonlarga yaxshi munosabatda bodish.
Rivojlantiruvchi maqsad.
O'quvchilarga sonlarning elementlarini yozishni o ‘rgatish.
3. Darsning jihozlanishi:
rasm, tarqatm a materiallar.
Darsning borishi
Darsni tashkil etish. Bolalarning darsga tayyorligini tekshirish. 
Uy vazifasini tekshirish.
CPqituvchi: — B olalar, uy ishi d afta rin i och in g (o ‘qi- 
tuvchi har bir daftarga qarab chiqadi, eng yaxshi daftarni bola­
lar diqqatiga k o ‘rsatadi). Endi daftarni p artan in g burchagiga 
q o ‘ying.
0 ‘tgan darsni m ustahkamlash. Og‘zaki hisob. Bolalar pan- 
noga qarang, yuqori qismida qanday shakllar joylashgan?
1 2 6


M arhamat qilib, to ‘rtburchakni ta ’riflab bering (4 ta burchagi, 
4 ta tomoni bor).
Uchburchakni ta ’riflab bering (3 ta burchagi, 3 ta tom oni bor). 
Aylana to'g'risida nima deyish mumkin? (Burchak va tomoni yo‘q). 
Oxirgisi qanday shakl, nomini ayting (ko‘pburchak). 
Uchburchak va to ‘rtburchakning nima farqi bor?
Aylananing o ‘ng tom onida qanday shakl? Chap tomonidachi? 
Ikkinchi qatorda nima joylashgan?
Ular haqida nima deyish mumkin?
Jami qancha?
Keyingi qatorda nima bor?
Ularning soni to ‘g‘risida nima deyish mumkin (3 ta yashil, 
qolgani sariq)
T o ‘rtinchi qatorda nimalar bor?
N echta tovuq, nechta g‘oz? (Necha juft)
Buvida 3 ta jo ‘ja bor edi, bittasi ketdi, nechtasi qoldi?
Oxirgi qatorda nimalar joylashgan? Nechta jo ‘ja? Nechta olma? 
Ularning soni to ‘g ‘risida nima aytish mumkin? (Bir xil).
4. Rasmlar ustida ishlash.
«Ko‘cha» rasmi.
0 ‘qituvchi: — Bolalar, bu rasmda nimalar bor ekan? (Uylar, 
mashinalar, odamlar).
— Qaysi uy balandroq? Pastroq? Sariqning chap tomonida-chi? 
Yashilning o ‘ng tom onida-chi?
— Mening qo‘limda nima? (Daftar, kitob) Nima qalinroq? (Kitob).
— Diqqat bilan atrofingizga qarang, nima sinfda bittadan? 
(Doska).
5. Kitob bilan ishlash.
Yangi mavzuni tushuntirish.
— Bolalar, rasmga qarab ayting, 1 raqami nimaga o ‘xshaydi? 
(Ninaga). Endi bir raqami haqida she’r eshiting:
Ona-Vatan yagona,
Kuramiz ham yagona,
Bittadandir har odam.
Yozishga ham o ‘ng‘ayman,
Chizg‘ichga o‘xshayman.
1 2 7


0 ‘qituvchi bir necha marta bolalar bilan qaytaradi. Tepadagi 
qatordan boshlaymiz.
— Birinchi rasmda nima yozilgan? Ikkinchisida-chi? Uchin- 
chisida-chi? Oxirgisida-chi? Bir so‘z bilan shu rasmlarni aytin- 
giz (transport).
— Avtobusning chap tomonida nima bor? Vertolyotdachi? Ver- 
tolyot bilan samolyot o ‘rtasida nima bor?
— Nechtadan samolyot? Vertolyotchi? Mototsiklchi? (Bittadan).
— Ikkinchi rasmga qarang. Transportlaming tagida nima tas- 
virlangan? Kim qo ‘g‘irchoqning chap tom onida? 0 ‘ngida-chi? 
(Quyonlar).
— N echta avtobus? N echta quyonlar?
— Pastdagi rasmda nima chizilgan?
— Ular nimalar? Bir so‘z bilan ta ’riflang (9 yowoyi hayvon).
— Yowoyi hayvonlarga qaysi hayvonlar kiradi?
— Ularni qayerda ko‘rishimiz mumkin?
6. 
Daftar bilan ishlash.
Bugun bizning darsimizga Bilmasvoy 
tashrif buyurdi. U bizdan rasmdagi hayvonlarni sanab berishni 
so‘radi. Qaysi raqamni bu rasmning tagiga yozish mumkin?
Men oldinda turaman,
Chizg'ichingga qarab boq.
Tartib sonlar ichida,
Birinchiman, hoy o ‘rtoq.
Daftaringizni ochib, qizil siyoh bilan yozilgan 1 raqamini bir 
katak tashlab yozing. Yozishni boshlaymiz:
1 1 1 1 1 1 1
Katakning o ‘rtasidan boshlab, o ‘ng tom onidagi burchakka 
yozib, to ‘g‘ri tayoqchasini pastki chiziqning o ‘rtasiga tushiramiz.
Bolalarga raqam bilan son farqi nimaligini tushuntirib berish.
— Raqam lam i yozamiz, sonlami sanaymiz. Bolalar, Bilmasvoy 
bizdan yordam so‘rab kelibdi:
Qom atini ko‘rganlar,
Qiyos yetar oqqushga.
M endan dir-dir titraydi,
Ixlosi yo‘q o ‘qishga.
Doskada ikki raqamining yozilishini o ‘qituvchi o ‘rgatadi:
2 2 2 2 2 2 2
128


Ikki raqami o ‘rtadan sal balandroq boshlanadi. Q o‘l uzmay 
yoziladi.
Yozish tushuntiriladi. 0 ‘quvchilar katak tashlab yozishadi.
7. 
Darsni yakunlash.
Bugungi darsda nima o ‘tilganini eslatib 
o ‘tish.
8. Bolalarni baholash.
9. Uy vazifasini berish.

Download 4,78 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish