ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bu holatdagi asosiy prinsip:
kichik maktab o ‘quvchilarining eng muhim vazifasi — o ‘qish,
mustahkam bilim olish, darsdagi vazifa esa o ‘qituvchi boshchili-
gidagi mehnat. Bundan tashqari dars tashkil qilishda, uni o ‘tka-
zish metodlarini tanlashda bir xil qolipdan foydalanish.
Darsga tayyorlanar ekan, o ‘qituvchi birinchi navbatda uning
maqsadini anglaydi va shu asosida darsning mazmuni tanlanadi,
asosiy savollar belgilanadi. Bunda o ‘qituvchi faqat darslik m at-
nini gapirib berish bilan cheklanmasligi kerak. 0 ‘quvchilarni
q o ‘shimcha m aterial bilan ko‘mib tashlam agan holda ularga ki-
tobda yo'q misollarni ham berib borishi kerak: turli she’rlar, ba-
diiy asarlardan parchalar, maqollar, topishmoqlar va boshqa ma-
teriallar o'quvchilarda jonli qiziqish uyg‘otadi va ta ’sirlantiradi.
H ar bir dars mazmuni belgilanayotganda predmet ichidagi va
predmetlararo aloqalar hisobga olinadi. Darsning mazmuni bel-
gilangach, o‘qituvchi qanday tasaw ur va tushunchalar unda o ‘z
rivojini topishini, o ‘quvchi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega
bodishini aniqlaydi. Darsning maqsadi va mazmuniga mos ra-
vishda o‘qituvchi ta ’lim metodlarini tanlaydi. Darsda o ‘qituvchi va
o ‘quvchining faoliyatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi
sababli, bu faoliyatlarning aniq bosqichlarini belgilab olish kerak.
Butun dars davomida sinfning faol ishlashi uchun, usul va vo-
sitalarning to ‘g‘ri almashinuvini aniqlab olish zarur.