Tursunboy Adashboyev
Ona tilim
Buyuk Tem ur jahon bo‘yM>,
0 ‘z dovrug‘in solgan tilim.
M ir Alisher bobom lardan,
Meros bo ‘lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim.
Shunday tildan tonar bo‘lsam,
Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.
Alla b o ‘lib jaranglagan
Ona tilim — jo n -u dilim.
Shu jum ladan, Erkin Vohidovning « 0 ‘zbegim» she’rlari joy
olgan. Shuningdek, kitob, ilm -fan, ota-ona va farzandlar haqida
maqollar mavjud. Bundan tashqari masallar, iboralar, latifalar,
«Alpomish», «Rustamxon» dostonlari, kuz manzarasi va m ehnat
mavzulari bayon etilgan.
80
«Ulug‘lardan
o ‘rganmoq — oqillik» mavzusida Im om al-
Buxoriy, al-Farg‘oniy, at-Termiziy, al-Xorazmiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Am ir T em ur, M irzo U lug‘bek,
Alisher Navoiy, Zahiriddin M uhamm ad Bobur, Ogahiy, Abdulla
Avloniy, Abdulla Qodiriy, Muso Toshm uham m ad o ‘g‘li Oybek,
Habib Abdullayevlar haqida bilim larga ega boTinadi. N utqi va
so‘z boyligi oshadi.
3-sinfning m atem atika darsligida o ‘lchov birliklari, masa-
lalar, amalni og‘zaki bajarish orqali nutq o ‘stirish jarayoni ro‘y
beradi. «1000 ichida qo‘shish va ayirish» mavzusidagi 270-misolda
yozuvni ko‘rib chiqing va hisoblash usulini tushuntiring.
300 + 500-800
3 yuzl.+5 yuzl.=8 yuzl. ’
277-masalada: 1) Agar to ‘rtburchakning bir burchagi qirqib
olinsa, hosil b o ‘lgan shaklda nechta burchak qoladi? 2) Qaysi
biri og‘ir: 1 kilogramm shakarmi yoki 1 kilogramm temirmi?
kabilar o ‘quvchilarni fikrlashga va to ‘g‘ri javobni topishga yordam
beradi.
«Tabiatshunoslik» darsligida tabiat va odam, tabiat jismlari,
foydali qazilmalarni muhofaza qilish, o ‘simlik va hayvonot olami,
uning xilma-xilligi; sog‘lig‘imizni saqlaymiz mavzularida:
«Odam kim?», «Yurak va qon, ovqat hazm qilish organlari,
nerv tizimi kabilar va ekologiya nima?» mavzulari o ‘rin olgan.
Ularda matnlar berilgan bo ‘lib, bolalar bu matnlam i o ‘qib, gapirib
berish davomida nutq o'stirish jarayoni ro‘y beradi.
Suv
Suv — tabiatda ko ‘p tarqalgan modda. Yer yuzida katta-
kichik daryolar, yirik va mayda ko‘llar, jilg‘alar juda ko‘p. Ko‘l,
daryo va jilg‘alar faqat yer yuzida bo‘lmaydi.
Yeming chuqur qa’rida ham katta ko‘llar hosil bo‘ladi. U yerdan
yer osti daryolari va jilg‘alar oqadi.
Havoda ham suv bor. Unda suv ko‘p to ‘planib, havo issiq
vaqtda yomg‘ir, sovuq vaqtda esa qor yog‘adi.
Amaliy ishlar, savol va topshiriqlar berilgan.
81
«O dobnom a» darsida ham bir qancha odob-axloqqa oid
m atnlar, she’rlar, hikoyalar, hikm atli so‘zlar berilgan. Ularni
o ‘quvchi o ‘qib, gapirish jarayonida nutqi o ‘sadi. Bularning bar-
chasi integratsiyadir. 3-sinf «Tilni ehtiyot qilish» haqidagi she’rda:
Til arslon misli yotar qafasda,
Bexabar boshini u yer nafasda.
Tildan tutilgan ne deyar, eshit,
Amal qil bu so‘zga, o ‘zingga esh et.
Balo keltiradi boshga bu tilim,
Boshimni u kesmay, qilayin bilim.
So‘zingni tiyib yur, boshing yormasin,
Tilingni tiyib yur, tishing sinmasin.
Axloqiy tarbiyaning vazifalaridan biri — ongli intizom bo ‘li-
shidir. Abdulla Avloniy: «Intizom deb qilodurg‘on ibodatlari-
mizni, ishlarimizni har birini o ’z vaqtida tartibi ila qilmoqni ay-
tilur. Agar yer yuzida intizom b o lm asa edi, insonlar bir daqiqa
yasholmas edilar», deb ta ’kidlaydi. Demak, asosan, odobnoma
darslarida axloqiy tarbiya berib, bilim, ko‘nikma, malaka hosil
qilinsa, boshqa fanlarda uni mustahkamlab, to ‘ldirib boriladi.
M ehnat darslarida ham bolalarga ovqatlanish, m ehm on kutish,
kiyinish, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya m e’yorlari
o ‘rgatib boriladi. Bu darsiga ham bola estetik tarbiya orqali yondashadi.
Estetik tarbiya o ‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va ma-
lakalami shakllantirish, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xis-
latlarni tarbiyalash masalasini o ‘z ichiga oladi. Estetik tarbiya bo‘-
yicha asosiy fan musiqa bo ‘lib, rasm, jismoniy tarbiya, mehnat,
o ‘qish, ona tili fanlari uni to ‘ldirib boradi. Masalan, tasviriy san’at
darslarida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va estetik mulo-
haza bilan yondashadi.
Estetik tarbiyaga misol qilib jism oniy tarbiya darsini olsak,
asosiy mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar
bilan mashq qilish darsning maqsadi b o ‘lsa, bu holatni baja-
rayotganda estetik mulohaza bilan, oyoq uchida asta-sekin ko‘-
tarilib, bayroqchalarni yon tomonlarga va keyin yuqori tomonga
ko‘tarib estetik qiziqish bilan bajarishadi.
Bu misollardan shuni bilish mumkinki, demak, integratsiya,
ya’ni fanlararo uzviylik, bog‘liqlik mavjud. Chunki biron fanning
maqsadi, ya’ni bolalardagi nutq o ‘stirish, axloqiy, ekologik, estetik
tarbiya barcha fanlarda o ‘z aksini topgan.
82
Tabiatga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash
|