«Jonli va jonsiz buyumlar».
Qog‘oz bilan ishlash usullari. Rasmni rangga bo‘yash. Dars bo-
shida o‘qituvchi dars mavzusi bilan bolalami tanishtiradi. Bu darsda
qaysi otlar jonli, qaysilari jonsiz predmet, deb atalishini aniqlashga
harakat qilamiz deydi. Yana qog‘ozdan u-bu narsalar yasab, jonli,
jonsiz ekanligi aniqlanishini ham eslatadi. Yangi mavzuni o ‘rganish
kuchuk va stul haqida topishmoq javobini topishdan boshlanadi.
0 ‘qituvchi:
T o‘g‘ri, barakalla, bolalar. Bugun sizlar bilan appli-
katsiya yasaymiz (nam una ko‘rsatiladi — kuchukcha, chizma,
stul oddiy qalam bilan chizilgan kuchukcha, qaychisiz kerakli
shaklga keltiriladi. Keyin jigarrang qog‘ozdan qaychi bilan stul
rasmi qirqib olinadi. Oxirida so‘nggi m anzara namoyish qilinadi:
kuchukcha stulda o ‘tiribdi).
— Yoqdimi? Unda qahramonlarimizni tasvirlaymiz kuchuk —
unga ism beramiz, stulni tasvirlaymiz (bolalar ushbu narsalarni
o ‘zlari bilgan xususiyatlarini batafsil aytadi). Stul: yog‘och, qattiq,
jigarrang, to‘rtta oyog‘i bor, yuguradi, quradi, u bilan o ‘ynash
mumkin. Jun bilan qoplangan, qulog‘i, ko‘zi chiroyli.
— Yaxshi, bolalar, hammangizni uyingizda stul bormi?
— Ha.
— Kuchukchani hamma ko‘rganmi?
— Ha.
— Unda hozir albom varag‘iga kuchukcha va stulcha chizinglar.
Bolalar chizishadi.
— Endi, ulami qirqib olamiz. Stulning oyog‘ini to‘g‘ri qirqib olish
uchun qaychini to‘g‘ri ushlang. Bolalar stul rasmini qirqib olishadi.
— Endi, kuchukchaga qarang. U ni qaychi bilan kesib olsa bo‘la-
dimi? Nima uchun? (Bolalar uni jundorligi, paxmoqligini aytishadi.)
75
— T o ‘g‘ri, unga shakl berish uchun boshqacha usuldan foy-
dalanam iz (kuchukni rasmini bostirib qirqib oladi). Kelinglar,
kuchukchamizni chiroyli qilamiz (bolalar ishlaydi).
— Endi, nim alar qilganligimizni ko‘ramiz. Stul bilan ku-
chukchani farqini aytinglarchi?
Bolalar ehtimoliy barcha variantlarni aytadi. 0 ‘qituvchi ja-
voblarda stul jonsiz, kuchukcha jonli degan javob bo‘lishiga eri-
shishi lozim. Shundan so‘ng ushbu tushunchalar tushuntiriladi.
Bolalar o ‘z misollarini keltiradi. Keyin mustahkam lash uchun
mashq bajariladi. 0 ‘qituvchi so‘zlar aytadi, bolalar bu so‘zlarni
ikki ustunga: jonli vajonsizga ajratib yozishadi.
— Yaxshi, endi sizlar nima jonli, nima jonsiz ekanini bilib oldin-
giz. Kelinglar, applikatsiyani yakunlaymiz. Unga nima yetishmayapti?
— Bo‘yash kerak.
— Qanday ranglar kerak bodadi (bolalar o ‘zlari tanlagan rang-
lar bilan bo‘yashadi).
— Ana endi yopishtirish kerak (applikatsiya tuziladi. Fonga
detallar yopishtiriladi).
— Barakalla, bolalar. Ajoyib ish qildinglar, endi o ‘z appli-
katsiyangizga qarab hikoya tuzing. Eng qiziq hikoyani sinf bur-
chagiga ilib qo‘yamiz.
Bolalar hikoya tuzishadi va ularni o ‘qishadi. Shu bilan amaliy
ishga va darsga yakun yasaladi. 0 ‘qituvchi barcha o ‘tilganlarni
umumlashtiradi. Baho qo ‘yiladi. Shu bilan dars tugaydi.
Dars tinch va shovqinsiz, lekin jonli o ‘tadi. Bolalar berilib ish-
lashadi. Qaychi bilan va bostirib olish usulida qod mushaklari
rivojlanadi. Eng asosiysi, bolalar jonli va jonsiz predmetlarning
farqini bilib oladi.
Shunday qilib, yuqorida ona tili bilan boshqa o ‘quv predmet-
larining ehtimoliy integratsiya variantlari ko‘rib chiqildi. Ularning
barchasida o ‘zbek tilini integratsiyalashtirishda asosiy o ‘quv predmeti
hisoblandi. Endi esa o ‘qish asosiy o‘quv predmeti bodgan hollarda
integratsiyalashtirish mohiyatini ketma-ketlikda bayon qilamiz.
Integratsiya tadim ida predmetlararo (fanlararo) aloqani amalga
oshirishning eng oliy bosqichi ekanligi bosqich bir necha bor
ta ’kidlanadi. Fanlararo aloqada fanlar o ‘rtasidagi umumiylik maz-
m un jihatdan ham, tadim-tarbiyaviy jihatdan ham hisobga olinadi.
Ularning tuzilishi va maqsadini amalga oshirishida butun o ‘quv
jarayoni qayta shakllantiriladi, ya’ni ular zam onaviy didaktik
tamoyil sifatida integratsiyaga olib boriladi. Tadim jarayoninig shu
76
taxlit qayta shakllantirilishini amalga oshirilayotgan integratsiya-
ning maqsadga yo ‘naltirilishiga ko‘ra, sam arali natijalarga olib
keladi. Bilim tizimli ko‘rinish oladi. 0 ‘zlashtirish qobiliyati maj-
muaviy tarzda umumlashadi. 0 ‘quvehilarning fanga bo ‘lgan qi-
ziqishlari ongli ravishda o ‘sib boradi.
Agar o ‘qish kursi bo‘yicha o‘quv materiallari musiqa, tasviriy
san’at bilan oqilona guruhlansa va mos ravishda o ‘rganilsa, bu
o ‘qish darsi b o ‘yicha topshiriqlar turli vaqtda o ‘zlashtirilgan bo‘lsa
ham, tizimlashtirilishiga imkon yaratiladi. Maktab o ‘quvchilari
o ‘quv materiali mazm unini yaxshi o ‘zlashtiradi.
Y uqorida nomlari keltirilgan fanlar o ‘quv dasturlarining tah-
lili ularning o ‘qish darsini integratsiya tamoyilida o ‘tkazishida sa
marali va keng joriy qilinishiga imkon yaratilishini ta ’m inlashdan
guvohlik beradi.
Boshlang‘ich sinflarda o ‘qish va tabiatshunoslik
darslari integratsiyasi
0 ‘qish va tabiatshunoslik integratsiyasi im koniyati keng.
Chunki ularning ikkisi oldida ham umumiy ta ’lim va tarbiyaviy
maqsadlar turadi. Bu darslarda o ‘quvchilar o ‘z yurti tabiati, tabiat-
dagi mavsumiy o ‘zgarishlar bilan tanishadi. Yowoyi uy hayvon-
lari, hasharotlar olami haqida bilib olishadi. 0 ‘qish va tabiat
shunoslik darsining umumiy tarbiyaviy maqsadi ham bor: o ‘quv-
chilarda tabiatga m ehr uyg‘otish, uni asrab-avaylashga o ‘rgatish.
Ayni vaqtda, umumiy ta ’lim va tarbiyaviy vazifalar mavjudligi
har bir o ‘quv fanining xususiy, o ‘ziga xos pedagogik vazifalari
b o ‘lishiga xalaqit bermaydi. Shuningdek, bunday vazifalar o ‘ziga
yarasha turli metodlar bilan ishlashni talab etadi.
Tabiatshunoslik va o ‘qish darslarida o ‘rganish obyektlari bir
xil tabiat hodisalari hisoblanadi. 0 ‘rganish jihatdan ularda yon-
dashuv farq qiladi, xolos. 0 ‘qish darslarida tabiatshunoslikka nis-
batan, bolalarda estetik, hissiy jihatdan tabiatni anglash shaklla-
nish vazifasini yechishda m as’uliyatliroq hisoblanadi. Bundan
tashqari, o ‘qish darsida o ‘quvchining tabiatga nisbatan xususiy
estetik munosabatini ifodalash uchun til vositasini bera olish ke-
rak. Umumiy mavzu va o ‘rganish obyektlari mavjudligi, o ‘qish va
tabiatshunoslik darslarida ularning turli jihat va metodga ko‘ra
yoritilishi material ustida integratsiyalashgan yondashuv asosida
ishlash maqsadga muvofiqligi haqidagi savolni ko‘ndalang q o ‘yadi.
77
Darsni shunday rejalashtirish kerakki, turli fanlardan olingan
m a’lum otlar bir-birini to ‘ldirsin, mukammallashtirsin. Shunday
qilib, bolalarni tabiat bilan tanishtirish, ularda insoniy tuyg‘ularni
tarbiyalash vazifasi hal etiladi. Tabiatshunoslikni o ‘rganish ja-
rayonida ongda hisga qarab borsak, o ‘qishni o ‘rganish jarayonida
his-tuyg‘ularimizni shakllantiramiz. Misol uchun, tabiatshunoslik
bo ‘yicha darsda bolalar qishlam aydigan qushlar bilan tanish-
moqda. Qaldirg‘och, tum a, yovvoyi o‘rdak kabilaming tashqi ko‘ri-
nishi, nega qishda qolmay uchib ketishi, janubga uchishga tayyor-
garchiligi, qanday uchishi, qay tarzda bola ochishini o'rganadilar.
Shu qushlar haqida she’rlar o‘qiydilar.
Tabiatshunoslik darsi integratsiyalashgan bo‘lsa, o ‘quvchilar
bilimini barcha uchun mumkin va qiziqarli tarzda ochadilar. Ular
zararli hasharotlarni yo‘q qiluvchi qushlar do ‘stlarimiz ekanligini
biladilar. Shuning uchun qushlarni o ‘ldirish, inini buzish, qush
bolalarini uyga olib kelish mumkin emas. Bolalaming hissiyotlariga
ulkan ta'sir ko‘rsata oluvchi badiiy asar tabiatga nisbatan mehr
uyg‘otishga o ‘z hissasini q o ‘shadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga
ko‘ra, uslubiyatchi-o‘qituvchilar integratsiyali darslar tashkil qi-
ladi. Unda birdaniga ikki fan o ‘rganiladi. 0 ‘qish va tabiatshunoslik.
Ba’zida ularga badiiy estetik turkum ga mansub fan, masalan,
tasviriy san’at ham q o ‘shim cha qilinadi.
0 ‘qish, tasviriy san’at va musiqa fanlari
integratsiyasi imkoniyatlari
Chet ellik bir qancha o ‘qituvchilar ko‘p yillik faoliyatini in-
tegratsiya m uam m olariga baxshida qilishgan. Bu m uam m o bilan
shug‘ullanuvchi o ‘qituvchilardan biri V.I. Lyamin hisoblanadi.
Uning integratsiya darslari va ularga sharhlar, m etodik tadqiqot-
lari «Boshlang‘ich maktab» ju rn alid a chop etilgan. U integ
ratsiyalashgan darslar o ‘quv fan larig a qiziqish uyg‘otuvchi
vositalardan biri maqolasida shunday yozadi: « 0 ‘qish darslari
musiqa va tasviriy san ’at bilan uyg‘un holda o ‘tilsa, samarali
fanga aylanishini am aliyot tasdiqlagan». A ynan shunday dars-
larda bolalarda badiiy tafakkur va tasaw ur rivojlanadi, estetik
hissiyotlari tarbiyalanadi.
Tabiat, adabiyot, ona tiliga mehri ortib, dunyoqarashi ken-
gayadi. Shuning uchun m en o ‘qish, ona tili va musiqa o ‘quv das-
turlari b o ‘lim va mavzularini qayta tahlil qilib chiqqach, «Sehrli
78
qish» mavzusida dars o ‘tishga qaror qildim. Dars ikki soat davom
etib, o ‘qish rus tili, musiqa fanlarini birlashtiradi. Dars m u-
vaffaqiyatli o ‘tdi. Bolalarga juda yoqdi. Bunday darslarning asosiy
xususiyati shundan iboratki, bahor, kuz, qish fasllarining ikki
davri (yil fasllarini boshlanishi va oxirgi vaqtda qiyoslangan hola-
tida) har bir o ‘quvchi uchun alohida varaqlarda tarqatiladi. Bu
matn aw al o ‘rgani]magan bo ‘ladi. Keyin esa V.I. Lyamin boshqa
darsning «Bahor kelyapti» mavzusi konspektini keltiradi (ona tili,
o ‘qish, musiqa).
Bu darsda bolalar notanish matn orqali tabiatda sodir b o ‘-
luvchi o ‘zgarishlarni ko‘rishadi. H ar bir yil fasllarini o ‘ziga xos
xususiyatlarini qayd qilishadi. 0 ‘tilgan m atnni takrorlab, yangi
dars o ‘tishadi. Bundan tashqari, o ‘quvchilar m atn nomsiz bo ‘l-
gani uchun o ‘zlari sarlavha qo ‘yadi!ar. Bu ifodali o ‘qish ustida
ishlashga ham imkon yaratib, bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Dars so‘nggida M. Mirzayevning «Bahor valsi», «Bahor keldi»
o ‘zbek xalq qo ‘shig‘i musiqiy asarini tinglab, nimani tasavvur
qilganini og‘zaki tasvirlaydilar. Keyin esa bayon yozadilar. Dars
bolalarga juda yoqdi».
0 ‘qish va musiqaning integratsiyasi ham kam ahamiyatga ega
emas. Shu masalaga oid bir necha takliflar mavjud. Bu haqda
R Fda xizmat ko ‘rsatgan o ‘qituvchi-m etodist shunday yozadi:
«Olimlarning boshlang‘ich maktablarda integratsiya g‘oyalarini
amalga oshirishda hushyorlik talab qilinadi, degan fikrlarga ko‘ra,
3-sinflarda K. Paustovskiyning «Archa g‘o ‘ddalari solingan savat»
mavzusida o ‘qish darsi, musiqada E. Grig mavzusida integratsiya
darsini o ‘tkazishga harakat qildik. Bizni keyingi vaqtlarda ada-
biyot maktabda estetik fan bo ‘lmay qo ‘ygani tashvishga soldi. Shu-
ning uchun fanlarni integratsiyalashtirgan holda ushbu jarayonni
tiklashga intildik. Agar badiiy matn ichki qalb bilan o ‘qilmasa, u
o ‘z ifori va m a’nosini yo‘qotadi. «Ona tilini dastlabki o ‘qitish»
maqolasida A. Ushinskiy quyidagilarni qayd qiladi: «Bola asami
tushunishi yetarli emas, u asarni his qilishi kerak. Nazmiy asarda
ko‘p narsa his bilan tushuniladi, uni aql bilan tushunish shart
emas».
K. Paustovskiy asarining nafosati, go‘zalligi ayon. Lining hissiy
qabul qilinishini E.Grig musiqasi kuchaytiradi. Bu darsning asosiy
maqsadi edi. Bizning nazarimizda, tajriba muvaffaqiyatli chiqdi.
0 ‘qish va tasviriy san’atni integratsiyasi haqida so‘z yuritish-
dan avval Sh.L Gonelik so‘zlarini keltirish maqsadga muvofiq:
79
«Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarida kitobga qiziqish, avvalo, rangli
suratlar evaziga uyg‘onadi, ayniqsa, birinchi sinfda. U lar yosh
o ‘quvchi-kitobxonlar uchun badiiy adabiyotning jonli va rang-
barang olami eshigini ochuvchi «sehrli kalit»dir. Xuddi shu davrda
rasmlar bola tasavvurini uyg‘otadi. M aktabda bolalar rasmga
zehnli va baholash munosabatida b o ‘ladi. 0 ‘quvchi nafaqat tas-
viriy san’at haqida maxsus bilim oladi, balki o ‘zi ham rasm va
tasvirlar chizishga harakat qiladi».
Aynan shu omillar o ‘qish va tasviriy san’at fanlari integratsiyasi
asosiga qo‘yiladi.
3-sinf ona tili darsligida nutq o ‘stirishga oid mashqlar berilgan.
22—23-m ashqlarga e ’tibor bersak, bunda so‘zlarni o ‘qing, ular-
ning talaffuziga e ’tibor bering. So‘zlardan m aqollar tuzib yozing,
ularning m azm unini tushuntiring, degan shartlar berilgan.
Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Tutuq belgisi (‘)
tovush bildirmaydi, kabi qoidalar berilgan.
0 ‘qish darsida esa nutq o ‘stirish jarayonini hikoyalar, er-
taklar, she’rlar, m atnlar orqali ko‘rishimiz mumkin. 3-sinf o ‘qish
darsligida:
|