Integratsiyalashgan pedagogikasi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/80
Sana22.07.2024
Hajmi4,78 Mb.
#268210
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
2023-12-18-05-35-26 d6ae6932e488a8db75855cbac7f9a96e

Tabiat — bu Vatan
Mazmuniy mavzu: 
«Tabiat — bu Vatan».
Dars boshida o ‘quvchilar tabiat va yurtga oid she’rlarni yod- 
dan o ‘qiydilar. Keyin esa bolalar bilan shoir G ‘afur G ‘ulom 
she’rini o ‘qiymiz (she’r doskaga yozilgan):
M uncha ham chiroylisan, aziz Vatanim!
Bodomday ming ko‘z bilan sevar badanim.
Sensan avval-oxir, sensan sevganim,
Jonim , yurak-qonim, hatto shu tanim,
Bir butun holicha bari seniki.
Oldindan tayyorlangan o ‘quvchi G ‘afur G ‘ulomning hayoti va 
ijodini qisqacha so‘zlab beradi. Keyin hayoti va ijodi haqidagi matn 
ustida ish olib boriladi. Raqamlami so‘zda ifodalab yozishga oid 
mashq beriladi. Shoir va adib G ‘afur G ‘ulom hozirgi zamon o ‘zbek 
bolalar adabiyotining yuksalishida m uhim o ‘rin egallaydi. Shoir 
1903-yilda tug‘ilib, 1966-yilgacha ijod qilgan. 1923-yildan ada- 
biyot maydoniga qadam qo'ygan G ‘afur G ‘ulom o ‘z ijodini bo­
lalarga atab she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh 
avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi.
Bu darsda o ‘quvchilar sonlarning yozilishini mustahkamlab, 
G ‘afur G ‘ulom hayoti va ijodini bilib olishadi. Uni o‘lkamiz haqida, 
go‘zallik haqida qanday nafis tasvirlar keltirganini anglashadi. 
Darslarda o ‘lkashunoslik materiallaridan foydalanish, ona-tabiatga 
m ehm i, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalashda ajoyib vositadir.
73


O na tilining tasviriy san’at va mehnat ta ’limi bilan 
integratsiya elementlari
Bu muammo ko‘plab metodist, pedagog va psixologlami doimo 
o ‘ziga jalb etib keladi. Bu fanlaming integratsiyasi bolada aqliy qobiliyat, 
fikrlash salohiyati, tasavvur kengligi rivojlanishida, shuningdek, 
nutqi va hissiyotini ifodalash takomillashishida muhim o ‘rin egal- 
laydi. Ona tili va tasviriy san’at asarini o‘rganish predmetiga aylanadi.
Materialni namoyish qilish paytida o ‘qituvchi bolalarni rassom 
biografiyasi va suratini yaratilish tarixi bilan tanishtiradi. Asarni 
tahlil va m uhokama qilish bilan bir paytda bolalarning e ’tibori 
suratda bo ‘lishi ta ’minlanadi. Natijada surat bilan tanishgan bo- 
lalar, unda tasvirlangan mavzuni hayotda kuzatgan haqiqiy manzara 
bilan solishtirishadi. Bu esa o ‘z navbatida mantiqiy fikrlash rivojla- 
nishiga imkon beradi. «Yorqin taassurot manbalari hisoblanuvchi 
tasviriy san’at asarlari bola hissiyotiga ta ’sir qilib, maktab o ‘quvchi- 
larining uyg‘un fikrlar bayon qilishida asosiy omil bo‘la oladi». Bu 
bolaning tafakkuri va nutqining rivojlanishida xizmat qiladi.
Surat bilan ishlash maktab o ‘quvchilarining nutqiy faoliyatini 
rag‘batlantiradi. Lug‘at boyligini kengaytiradi. Ona tili va tasviriy 
san’at fanlari integratsiyasi amalga oshirilishida bolalarning dars 
jarayonida mustaqil ijodkorlik faoliyati olib borilishini ham ko‘zda 
tutadi. Masalan, o ‘qituvchi darsda yozma mashq bajarishni top- 
shirishdan avval, o ‘quvchilarga quyidagi vazifa beradi. Daftarga 
bolaning ertalab uydan maktabgacha bosib o ‘tgan yo‘lini tasvir- 
lash topshiriladi. Bunda bolalarga har bir burilish, yo‘l o ‘nqir- 
cho‘nqiri, aylanib o ‘tish kabi ikir-chikirlargacha bayon qilish mas- 
lahat beriladi. Bu bola xotirasini faollashtiradi, qiziqish uyg‘otadi. 
Asosiysi, bola qo‘l mushaklari yozishga tayyorlanadi. Bunday va- 
zifalami ko‘plab topish mumkin. Bu o ‘qituvchi tasawuriga bog‘liq.
Xayolga keltirilgan narsani daftarga tasvirlagan paytda bolalar 
so‘z, harf yoki gapni husnixat bilan yozishni mashq qilishadi. 
Har bir yozuv darsida shunday dam olish daqiqasi mashqidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bola o ‘zi ishlagan mashq matniga 
ko‘ra, rasm chizish vazifasi ham katta ta ’limiy ahamiyatga ega. Bu 
bilan o ‘qituvchi bola diqqatini o ‘ziga tortishga ortiqcha urinmay, 
m atnni batafsil tushunilishiga erishadi. Bolalar uning mohiyatiga 
yetishadi. Oddiy o ‘qishga bola xotirasida taassurot qoldirmaydigan 
kichik elementlarga ham e ’tibor qaratiladi. 0 ‘zining matnli suratini 
tuzish jarayonida bolalar o ‘ziga xos badiiy nutqqa ega b o ‘ladi.
74


Kuchlari yetguncha, m atn ichiga kirib borishadi, so‘zlarning 
ko'chm a m a’nolari haqida tasavvurlari kengayib so‘z m a’nolari 
xilma-xilligini kuzatishadi. Ona tilini m ehnat ta ’limi fani bilan 
integrallashtirish ham juda qiziqarli hisoblanadi. Shuningdek, 
boshqa fanlar kabi bu predmet integratsiyalashuvi ham darsning 
m a’lum qismiga, asosan, dars boshlanishiga tatbiq qilinadi. 0 ‘qi- 
tuvchilar plastilindan shakl yasash, qog‘ozdan tekis shakllar 
qirqish kabilardan foydalanadi.
Ona tili bilan tasviriy san’at, mehnat integratsiyalashgan 
darsdan parcha keltiramiz
Dars mavzusi: 

Download 4,78 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish