14. BOSHLANG‘ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN
TA’LIMDAN FOYDALANISHNING METODIK
XUSUSIYATLARI 1
2
3
1. Maktab um um ta'lim kurslari integrativligining mohiyati.
2. Integratsiya — o^quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga yangi
yondashuv.
3. Boshlang’ich sinflarda integratsiyalangan ta ’limni amalga
oshirish metodikasi.
0 ‘quv predmetida bir-biri va chegaradosh fanlar, yirik g’oya-
lar, omillar, xulosalarni cheklab birlashtirish muhim. Masalan,
tarix kursining integrativligi lining arxeologiya, etnografiya,
san’atshunoslikka tegishli dalil va nazariy xulosalarni o'z ichiga
oladi.
Umumiy o ‘rta ta ’lim mazmunini shakllantirish barcha m ak
tab predm etlarini o ‘qitishni insoniylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy
jihatlarini kuchaytirishini ta ’minlashga qaratilgan. Jam iyatshu-
noslik, tarix, o ‘qish sinfdan tashqari o ‘qish, musiqa, tasviriy
san’at jamiyatimizning chuqur insonparvarlik tabiatini yorqin aks
ettirishga qaratilgan. 0 ‘quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiya-
lashda tabiiy-m atem atik fanlar sikli muhim rol o ‘ynaydi.
64
Umumiy ta ’lim mazmuni o ‘quvchilarni har tom onlam a ruhiy
rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan.
H ar bir o ‘quv predm etini o ‘rganish bolaning mavzuni anglash
jarayonini, uni eslab qolishni, ta ’sirchanlikni faollashtiruvchi, ta-
fakkumi, nutq va tasaw um i rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yara-
tishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy
bog‘liq bo‘lgan tafakkuming turlarini rivojlantirish juda muhimdir.
Tajribaga asoslangan tafakkur um um lashtirish va xulosalar
uchun tirik mushohada, dastlabki m a’lumotlarni yig‘ish vazifa-
sini bajaradi. U bolalami real voqealarni, hodisalami o ‘qishga,
ulam i qayd qilish va yig‘ishga o ‘rgatadi. Abstrakt tafakkur ajratib
olingan voqea, hodisalarlarda ulaming mohiyatini ko‘ra bilishga,
aniqlashga imkon beradi.
0 ‘quv predmeti mazmunini tuzishda pedagog amaliyoti shu
fanning asosiy kategoriya, tushunchalarining rivojlanish m an-
tiqini hisobga oladi. Shu bilan birga, o ‘qituvchi va psixologlar o‘quv-
chilar tom onidan mavzuni o ‘zlashtirishning yosh xususiyatlarini
hisobga olishadi. San’at sohasidagi umumiy o ‘rta ta ’lim mazmuni
o ‘z ichiga g‘oyaviy tom oni va to ‘kis badiiy shakli birligini hosil
qiluvchi asarlarni o ‘z ichiga oladi. Badiiy jihatdan bo‘sh, g‘oyaviy
jihatdan haqiqatga to ‘g‘ri kelmaydigan asarlar bolalarning ru-
hiyatiga ta ’sir qila olmaydi, tasaw u r va tafakkurni rivojlantir-
maydi, go‘zallik va badbasharalik to ‘g‘risida tasavvurni shakllantira
olmaydi. Bolalar bilan ishlashda san’at asarlarining chin badiiy-
ligini hisobga olish, shakl va m azm unning birligi, m a’naviyat va
haqchillik tamoyillarini amalga oshirishda muhimdir.
Bola shaxsini har tom onlam a m adaniy rivojlantirish, inso-
niyat yaratgan barcha m adaniy boyliklarni bilish bilan «Olz
xotirangni boyitsanggina madaniyatli bo‘lasan» fikriga asoslangan.
Ayniqsa, tasavvurni uyg‘otuvchi, ruhiy kechinm alarni faollash
tiruvchi, shu bilan birga fikrlarni uyg‘otuvchi asarlar juda tar-
biyaviydir. Bunday um um lashtirish bolani bilish va ruhiy rivojla-
nishning yangi pog‘onasiga k o ‘taradi. Shu asosda shakl m antiqiy
tafakkur, turli voqea-hodisalar o ‘rtasida aloqalar va bog‘liq-
liklarni ko ‘ra bilish, ularni o ‘rgana olish ko‘nikm alari m ustah-
kam lanadi ham da rivojlanadi. 0 ‘quvchi qaram a-qarshiliklarni
topa bilish, ularning rivojlanish yo‘nalishlarini to ‘g ‘ri tushunish
va ularni o ‘z vaqtida yechish y o ‘llarini topishni o ‘rganadi. Dia-
lektik tafakkur jam iyat hodisalarini uning barcha aloqa va vosita-
larida ko‘rish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq.
65
Umumiy o‘rta ta ’lim kelajakda bolalarga xohlagan fanni egallash
imkonini beruvchi bilimlar asosini yaratadi. 0 ‘quv predmeti fanlar-
ning mustahkam asosiga ega, zamonaviy ilmiy m a’lumotlarni tu-
shunishga yetaklaydi, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga olib keladi.
Bundan tashqari har bir um um ta’lim predmet o ’quvchilarga
xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga oluvchi o ‘quv materialining
politexnik tabiatini yoritib berishga yo‘naltirilgan. Barcha o ‘quv
predm etlarining politexnik m azm uni, hayot bilan bog‘liqligi
o ‘quvchilarni ishlab chiqarishda qatnashishiga asosiy eng oddiy
ish qurollari bilan ishlashga yo‘naltiradi. Bu bilan umumiy rivoj-
lanishning chuqur asoslari, kasb tanlash asoslari o ‘rgatiladi.
Fan qarama-qarshiliklarda rivojlanadi. Ular bilan muloqot qil-
ganda, o ‘quvchilar badiiy m a’lumotlar oqimini mustaqil hal qilish
va ularga to ‘g‘ri baho berishga o ‘rganishadi.
Umumiy o ‘rta ta ’lim uchun davrni yaxshi yoritib beruvchi
m a’naviy tarixiy ahamiyatga ega asarlarni tanlash kerak. Bunday
asarlar bolani davrning m a’naviy hayotiga olib kiradi. Turli nuqtayi
nazarlarda va turli tasvirlar orqali ular hayotiy voqea va hodisa-
larni, o ‘tgan zamonlarda bo‘lib o ‘tgan janglarning to ‘liq tasvirini
ko‘rsatadi. Shuning uchun umumiy o ‘rta ta ’limda o ‘zaro aloqalar
va o ‘zaro to ‘ldirishlar katta ahamiyatga ega. Bolalaming yosh xusu-
siyatlari murakkab tasvirli xulosalar chiqarishga to ‘sqinlik qilmaydi.
M ehnat ta ’limi mazmuni va mundarijasini ajratish ham o ‘z
xususiyatiga ega. Mehnatni fan bilan maktabda o ‘rganiladigan o ‘quv
predm etlari bilan uzviy bog‘lash mumkin ham da m ehnatning
o ‘quv-ijodiy xususiyati ilmiy bilimlardan foydalanish jarayoni o r
qali amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali m ehnat jarayonida o ‘quv-
chilar oldiga olingan bilimlarni amalda qodlash vazifasi yuklanadi.
N ihoyat, bolalar m ehnatining m azm uni va tashkil etishni
aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga ta-
yangan holda zamonaviy kasblar talablari asosida tuzish kerak.
Bunday m ehnat o ‘quvchilarni umumiy m ehnat va aniq kasbiy
ko ‘nikm alar bilan tanishtiradi, m ehnatni fan asosida tashkil
qilishni, bir mutaxassislikdan ikkinchisiga o ‘tishni ta ’minlaydi.
M exanizator, chilangar, dehqon, chorvador kasblari o ‘quvchilarni
zamonaviy kasblarga yo‘naltiradi, bolalarning umumiy rivojlani-
shiga, ishchi psixologiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Umumiy o ‘rta ta ’lim mazmunining umumiy va o ‘ziga xos prin-
siplari shulardan iborat. Integratsiya — o ‘quvchilarni o ‘qitish va
tarbiyalashga yangicha yondashuvni belgilab beradi.
66
0 ‘quv jarayonida integratsiyalangan ta ’limdan foydalanishga
katta ahamiyat berilyapti. Integratsiyalangan darslarning tuzilishi
o'rganishning barcha bosqichlarida o ‘rganilayotgan mavzularning
aniqligini va izchilligini, puxta o ‘rganilganligini va o ‘zaro mantiqiy
aloqalarini talab qiladi. Bunga dasturdagi o ‘quv materialining
ixcham va yig‘iq ekanligi, undan tashqari o ‘quv materialini o ‘rga-
nishning tashkil etishning b a’zi zamonaviy usullarini kiritish orqali
erishish mumkin. Masalan, 1-va 2-sinfdagi «Atrof-olam bilan tani-
shish» kursining barcha mavzulari bir-biri bilan cham barchas
bog‘liq. 3- va 4-sinfdagi «Tabiatshunoslik» darslari «Atrof-olam
bilan tanishish» kursini davom ettiradi. Uning dasturiga tabiat va
insonlar mehnatidagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatish kiritilgan.
0 ‘quvchilar tomonidan atrof-olamni o ‘rganish, o ‘qish, nutq o ‘sti-
rish, matematika, mehnat ta ’limi darslarida davom etadi. Shunday
ekan, «Atrof-olam bilan tanishish» kursi predmetlararo aloqalar
o ‘qituvchiga barcha o ‘qitilayotgan darslarda atrof-olam haqidagi
tushunchalami shakllantirish bo'yicha ish olib borishga imkon beradi.
Boshlangdch maktabdagi har bir predm et bu integratsiya
langan kurs, mazmun jihatdan ular tabiiy-matematik sikl fanlari
bilan uzviy bog‘liq, bu kichik maktab o ‘quvchilari uchun tushu-
narli b o ‘lgan atro f-m u h it haqidagi bilim larni o ‘zlashtirishni
ta ’minlaydi. Bu yoshdagi bolalarda tabiatni o ‘rganishga bo‘lgan
faqat emotsional joziba emas, bilim olish motivlari bilan bog‘liq.
0 ‘quvchilarning bu xususiyatini hisobga olib, qiziqishlarini quv-
vatlash uchun bilim olishga bo ‘lgan ehtiyojlarini yangi mazmun
bilan toddirib turish kerak. Bu o ‘quvchilarga hayotdagi o ‘zaro
aloqalarni ochib berishga hamda tabiatdagi turli-tum anliksiz in-
son yashay olmasligini tushunib yetishga yordam beradi.
Predmetlararo aloqalarni amalga oshirish — integratsiya tur-
laridan biri. Toshkentdagi 41-maktab o‘qituvchisi bolalar nutqini
o ‘stirish uchun tabiatshunoslik, o ‘qish, husnixat va matematika-
dan foydalanadi. Tabiat bilan tanishtiruvchi darslarda bu maqsad-
ning tanlanishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Bu holatda
nutq o ‘stirish erkin sharoitda, hozir o ‘qilayotgan obyektlarga bod-
gan jonli qiziqish asosida odadi. Tabiatshunoslik, o ‘qish, husnixat
va matematika nutq o ‘stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
I.G. Pestalossi ta ’kidlaganidek, «... aql notinch sezgili idrok
qilishdan aniq tushunchalarga ko‘tariladigan manbadir». Bu tushun
chalami anglash esa nutq san’ati bilan birga yuradi. Erkin tabiat
tasvirlari bolada mantiq bilan birga ta’sirchanlikni ham rivojlantiradi.
67
Наг bir darsda nutq o ‘stirish masalalari hal qilinadi, bunda
o ‘rganilayotgan materialning o ‘ziga xosligi va nutq o ‘stirish ma-
salasini tan lash n in g m aqsadga m uvofiqligi hisobga olinadi.
0 ‘quvchilar bunday darslami juda yaxshi ko‘rishadi. Ular ko‘p
yangi, kerakli tushunchalar beradi, tasaw urlarini tartibga soladi,
o ‘quvchilar boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanishlari
zarur bo ‘lgan holatlam i yaratadi. Bunday holatda bolalar o ‘rga-
nilayotgan materialni yaxshiroq o ‘zlashtiradi, bilimlar tizim holiga
keladi va o ‘quvchilar uchun juda zarur bo‘lib qoladi. Shu bilan
bog‘liq integratsiyalangan dars ishlanmasi taklif qilinadi, u
0
‘quv-
chilar uchun tushunarli va olingan bilimlarni yangi o ‘quv sha-
roitida ishlata bilish ko‘nikmasini shakllantirishda yordam beradi.
Ona tili, o ‘qish tartibini o ‘rganish bo‘yicha fanlararo
integratsiya mundarijasi
Ona tili — maktab fani bo ‘lib, uning boshqa fanlar bilan
didaktik maqsadlarga qarab har xil holatlarda ko‘rilishi rnumkin.
Ona tili hamma maktab tartiblari bilan bog‘langanligini ko‘rsatib
bermoqda, «chunki til ham m a fanlar» bo ‘yicha ifoda vositasi bo ‘-
lib, u haqiqatni hamma tarafdan tasvirlab ko‘rsatadi, tilni bilmasa
fikrlash faoliyati b o ‘lmaydi. Bu aloqaning mavjudligi aniq. Bu
aloqa «Ona tili — boshqa fanlar» zanjirida o ‘rnatiladi, nafaqat ona
tili uchun, hattoki, boshqa fanlar uchun ham. Chunki til o ‘rganish
quroli bo ‘lib u o ‘quvchilarga har qanday fanni o ‘zlashtirishda hal
qiluvchi sharoitdir. Ona tili maktab m a’lumoti fani bo‘lib keng
nuqtayi nazarga ega.
Fanlararo olimlarning «Bitta fan boshqa fandagi savollarni
aniqlovchi asbobday» degan gaplarida ko‘rsatiladi. Ona tili uchun
bunday fanlardan biri m atem atika fani bo ‘lishi rnumkin. Ona tili
va m atematika fani aloqasi yopiq va jiddiy qayd qilingan. Buni
amalga oshirish m uhim vazifa. M atem atika va ona tili fanlari
integratsiyasi juda qiyin jarayon va u amaliyotda amalga oshiril-
maydi. Amalga oshsa ham, bu kam dan-kam uchraydigan hodisa.
M atematikani ona tili fani bilan bog'laydigan mavzular: «Son»,
«Chama son», «Sanoq son».
Yana bir variant — ona tili va boshqa fanlararo m etodik reja-
dagi aloqa boshqa maktablarga hozirda tashkiliy o‘qitish usuli na-
zarda tutiladi. Ona tili darslaridagi yozma ishlar va og‘zaki nutq
uchun b a’zi misollar keltirishda, savollarga javob berish, insho
68
yozish va boshqalar. Ayniqsa, ona tilining o‘qish, tabiat, rasm,
musiqa fanlari integratsiyasi ko‘p uchraydi. Bunday darslar o ‘quv-
chilarning so‘zga, tovushga va rang dunyosiga kirib borishiga,
yozma ham da og'zaki nutq savodli tuzilishiga yordam beradi,
nutqning rivojlanishiga va boyishiga, tabiatning go‘zalligini tu-
shunib borishga yordam beradi.
Ona till va tabiat darslarining integratsiyasi
0 ‘qituvchi o‘simliklarni, hayvonlar tana a ’zolarini to ‘g‘ri ay-
tishni o ‘rganadi va kuzatuvchilar haqida gapirib berishni so‘raydi.
Bunday ish natijasida bolalar o ‘rgangan yangi so'zlar ularning
anglashida tabiat hodisalari bilan tushunib borishadi va aniq tu-
shunchaga ega bo ‘lishadi. Shularning hammasi bolalarni tabiat ha
qida hikoyalar, she’rlami mustaqil o‘qishga tayyorlab beradi. Bolalar
katta qiziqish bilan o'qishadi va bundan oldin o ‘qituvchi bilan
birga suhbatni, ko‘rgan narsasini mustalikam tushunib boradi.
K o‘rgazma uchun amaliyotdan misol keltirishimiz mumkin.
Uchinchi sinfda ona tili gaplar haqida bilimlarni takrorlash bilan
boshlanadi. O'qituvchining maqsadi gaplarning takrorlashi bo‘lib,
o ‘quvchilarga ona tabiatning go‘zalligini qadrlash haqida m a’lumot
berish. Bu darsda «Tabiat juda go‘zal! Atrofimizda jonsiz narsani
o ‘zi yo‘q, atrof nafas olayotgandek, tirik, yashayotganini tushun-
tiradi. U bo‘ronga qarab todqinlanadi, qorda muzlaydi, kechalari
xayol suradi, quyoshdan, sham ollardan, m om aqaldiroqlardan
dam oladi». Keyin daraxt haqida, u tabiatni o‘zgacha sevgani haqida,
uning tasvirida tabiat naqadar go‘zalligi haqida, uning qalbidagi
go‘zal ona tabiati haqida m a’lumot beriladi. 0 ‘z vatani tabiatini qat-
tiq sevgan insongina «Oltin kuz», «Bahor» rasmlarini yarata oladi.
Ona tili darslarida tabiatni sevish, uni asrash kerakligi haqida
bolalar bilan suhbat o ‘tkaziladi. So‘ng o ‘quvchilar mavzuni mus-
tahkamlash uchun «Bahor», «Oltin kuz» rasmlari bo‘yicha, jur-
nallardagi suratlar, tabriknomalardan foydalanib, insho yozishadi.
«Gap» mavzusini takrorlashda, majnuntol daraxti haqida suhbat
o ‘tkaziladi. Bu daraxtning barglari, ularning tuzilishi xususida
suhbat uyushtiradilar (partada bittadan majnuntol bargi bo ‘lishi
kerak), bu daraxtning go‘zalligiga, ajoyib rangiga e ’tibor qilinadi.
So‘ng tasmaga yozib olingan shamolda shivirlagan barglar tovushi
eshittiriladi. Bundan keyin o ‘quvchilar majnuntol haqida so‘roq,
undov, darak gaplar tuzishadi. Eng yaxshi gaplar doskaga va
69
daftarlarga yozib olinadi. Ulardan bir jumlani bolalar tahlil qilishadi.
Dars qiziqarli o4adi. M ajnuntol go‘zalligi inson tabiatni qanday
asrash haqida suhbat o ‘tkazish — bu darsning yakuni bo‘ladi.
Og‘zaki nutq o ‘zlashtiruvchi jarayonida, xoh o ‘qish, xoh ona
tili darsi b o ‘lsa-da, ravon nutq o ‘rgatiladi, mavzuni o ‘tayotganda,
bolalarda mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otishda insholar yordam
beradi. Bunday insholarni haftasiga bir marotaba (10—15 daqiqa)
o ‘tkazish mumkin. Insho bolalarda tabiatga mehrni tarbiyalaydi,
material o ‘zlashtirilishida maxsus xususiyatlar haqida to ‘xtalamiz.
Shunday qilib, ona tili darslarida o ‘quvchilar ona tili nutqining
barcha jihatlarini o ‘zlashtirishadi. M usiqa darslarida o ‘rgani-
luvchi m ateriallar, bu — ashula. U musiqiy asar b o ‘lib, unda
musiqa va nutq hamohangligi kuzatiladi. Ona tili darslarida ham,
m usiqa darslarida ham bolaning tovushlarni to ‘g ‘ri talaffuz qi-
lishi, nutq yoki kuylash jarayonida gavdasi va boshini to ‘g ‘ri
tutishi, to ‘g ‘ri nafas olishi, ularga zam onaviy axloqiy talablarni
anglashga yordam beradi. 0 ‘z hikoyalariga havola kiritib, yorqin
badiiy ifodalar yaratishadi (m e’yorida). Suratlar yopishtirishadi.
Bunday faoliyatdan maqsad — tabiat haqida aniq badiiy hissiy
m anzara yaratishdir.
Shuningdek, bolalarga guruhli tarzda surat bo‘yicha kichik hi-
koya tuzishni taklif qilish mumkin. Bunday hikoyada darak gap,
so‘roq va undov gaplar ishtirok etishi tabiiy. Bunday darslar katta
samara beradi. Shu ko‘rinishdagi darslarda foydalanuvchi va in
tegral yondashuvni amalga oshiruvchi metodlar sifatida quyida-
gilarni sanab o ‘tish mumkin:
— evristik suhbatlar;
— ekskursiyalar;
— nutqni o ‘stirish uchun ijodiy ishlar, ular tabiatshunoslik
xarakterida yoziladi va o ‘zbek tilida qancha ahamiyat berilsa, ta-
biatshunoslikda ham nutqqa shunday e ’tibor qaratiladi;
— og‘zaki tasvirlash, m anzara tasvirlarini ifodali o ‘qish;
— diktant va tabiatshunoslik m azm unida bayon yozish.
0 ‘quvchilar integratsiyadan ko‘pincha butun dars bosqich-
larida emas, balki uning biron bosqichida foydalanishadi. Ya’ni,
darsning muayyan qismigina integratsiyalashadi. Shu usul bilan
tabiatshunoslik xususiyatiga ega axborotlar lug‘at boyligi bilan
ishlashda keng qo‘llanishiga imkon yaratiladi. U yoki bu so‘zni
tilshunos nuqtayi nazari bilan ham , tabiatshunos nuqtayi na-
70
zaridan ham talqin qilish mumkin. 0 ‘qituvchilar tom onidan uch
o ‘quv predm eti integrallashtiriladi. Biz ko ‘rib chiqayotgan ho-
latdagi ona tili va tabiatshunoslikka tasviriy san’at qo ‘shiladi.
Pedagogik amaliyot vaqtida o ‘tkazilgan integral darsning bir qismi
bilan tanishtiramiz.
|